Mavlonov Aslon Akramovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston gidrogeologik tizimlarini rivojlanishining metodologo-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/GM15.

Ilmiy maslahatchi: Sherfedinov Lenzi Zeker`yaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti DK.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Myagkov Sergey Vladimirovich, texnika fanlari doktori;  Podol`niy Oleg Vladimirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida tektogenezni hisobga olgan holda mobilizm asosida gidrogeologik tizimlari rivojlanishining metodologo-uslubiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston hududida tektogenezni hisobga olgan holda mobilizm nuqtai nazaridan regional gidrogeologik tizimlari rivojlanishining metodologo-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;

ilk bor O‘zbekiston hududidagi gidrogeologik tizimlarning quyi yarusi eliziya holatda bo‘lganida, yuqori yarusida hozirgi suv almashinish jarayonining xususiyatlari aniqlangan;

texnogen omillar ta’siri yuqori bo‘lgan hududlardagi er osti suvlarining regional va lokal monitoringini yuritish mezonlari ishlab chiqilgan;

ilk bor Respublikaning regional darajadagi gidrogeologik tizimlari uchun er osti suvlarining boshqariladigan zahiralarini hosil bo‘lishi aniqlangan va ularni baholash usullari takomillashtirilgan;

Qizilqum regionidagi er osti suv massivlari va havzalarining hosil bo‘lishi va rivojlanish rejimi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonning gidrogeologik tizimlari rivojlanishining metodologo-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

gidrogeologik tizimlari rivojlanishining metodologo-uslubiy asoslari «G‘arbiy O‘zbekiston GGE» DK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 15 avgustdagi 04/16-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada turli suvli gorizontlarda suv almashinishi hamda Shimoli-Sharqiy Qizilqum er osti suvlari konining shakllanish mexanizmini to‘g‘ri, ishonchli aniqlash va er osti suvlari zahiralarini 41,4 ming m3/sut miqdorida qayta baholash imkonini bergan;

gidrogeologik tizimlarning quyi yarusi eliziya (yopiq) holatda bo‘lganida, yuqori yarusida hozirgi suv almashinishining o‘ziga xosliklari «G‘arbiy O‘zbekiston GGE» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 15 avgustdagi 04/16-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Kitob-Shahrisabz va O‘ngqirg‘oq er osti suvlari konlarining gidrodinamik va gidrokimyoviy rejimining o‘zgarish qonuniyatlarini qayta baholash hamda ularni monitoring qilish tizimini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;

regional darajadagi sug‘oriladigan hududlarda boshqariladigan er osti suv zahiralarining hosil bo‘lish jarayonlari va takomillashtirilgan baholash usullari «Farg‘ona GGE» DK amaliyotiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 15 avgustdagi 04/16-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysidagi er osti suv konlari zahiralaridan maqsadli foydalanish imkonini bergan;

texnogen omillar ta’siri yuqori bo‘lgan hududlardagi er osti suvlarining regional va lokal monitoringini yuritish mezonlari «Orol bo‘yi GGE» DKda amaliyotga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 15 avgustdagi 04/16-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy suv olish inshootida yilning turli davrlarida ularni to‘ldirish imkonini bergan;

Qizilqum regioni havzalaridagi grunt va qatlamlararo suvlarining hosil bo‘lish rejimi «G‘arbiy O‘zbekiston GGE» DK amaliyotiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 15 avgustdagi 04/16-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy va Buxoro viloyatlari havzalaridagi grunt va qatlamlararo suvlaridan samarali foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish