Hamroeva Yulduz Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf avj olishi va rivojlanishi istiqbolini belgilash”, 14.00.05– Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2402.
Ilmiy rahbar: Saidova Muxabbat Muxidinovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.K. Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda yurak - qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini erta prognozlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli sklerodermiya bilan og‘rigan bemorlarda kardiovaskulyar patologiya xavf darajalarini erta baholashda xavf omillari va SCORE shkalasining prognostik ahamiyati ustunligi isbotlangan;
tizimli sklerodermiya bilan og‘rigan bemorlarda umumiy uyqu arteriyasi remodellanish jarayonlarining, ya’ni intima media kompleksi qalinlashishining prognostik ahamiyati aniqlangan;
ishlab chiqilgan diagnostik va prognostik mezonlarga asoslanib yaratilgan elektron mobil dasturlarni qo‘llash natijasida tizimli sklerodermiyani erta tashxislash, dispanser nazoratiga olish, kompleks tekshirish va bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini prognozlash imkoniyati asoslangan;
tizimli sklerodermiya bilan bemorlarda yurak- qon tomir kasalliklari xavf omillari, diagnostik va prognostik mezonlarini hisobga olgan holda individuallashtirilgan kasallikka erta tashhis qo‘yishga va yurak-qon tomir xavfini erta aniqlashga qaratilgan algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Tizimli sklerodermiya bilan bemorlarda kardiovaskulyar xavfni prognozlash usuli» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/9-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiya bilan og‘rigan bemorlarda kardiovaskulyar patologiya xavf darajalarini erta baholashda xavf omillari va SCORE shkalasining prognostik ahamiyati ustunligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya bilan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklariga olib keluvchi xavf omillarini va kardiovaskulyar xavfni erta aniqlash natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklari prognoz qilingan va kardiovaskulyar kasalliklar va ularning asorati oldini olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar kasalliklar kelib chiqishiga olib keluvchi xavf omillarini erta aniqlash va SCORE shkalasidan foydalanib, kardiovaskulyar xavf darajasini aniqlash orqali yurak-qon tomir kasalliklari oldi olingan. Kasalxonada tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemor kardiovaskulyar zararlanish bilan birga davolanganda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori vositalari har bir bemorga byudjet mablag‘lari hisobidan 508200 so‘mni va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 650400 so‘mni tashkil etishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, kardiovaskulyar zararlanishni prognozlash natijasida ushbu mablag‘ni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillarini erta aniqlash, rivojlanishi mumkin bo‘lgan kardiovaskulyar kasalliklarni oldini olish hisobidan har bir nafar bemordan 1158600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiya bilan og‘rigan bemorlarda umumiy uyqu arteriyasi remodellanish jarayonlarining, ya’ni intima media kompleksi qalinlashishining prognostik ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda yirik qon tomirlarda aterosklerotik zararlanishning hosil bo‘lishi natijasida kardiovaskulyar patologiya va unga olib keluvchi asoratlar (infarkt, insul`t, to‘satdan koronar o‘lim) rivojlanishini oldini olish maqsadida umumiy uyqu arteriyasi dopplerografiya usulida muddatidan oldin intima media kompleksini qalinlashish holatining aniqlanishi yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishi va natijada nogironlik va o‘lim holatlari rivojlanishining oldi olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya kasalligi kardiovaskulyar zararlanish bilan birga kelganda kasalxonada davolanish kunlari 13-14 kunni tashkil etsa, komorbid holatni erta aniqlash va davolash choralari o‘z vaqtida tavsiya etish shifoxonada davolanish muddatini qisqartirtirib, 9-10 kunni tashkil etgan va bu shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 159200 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 39800 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tizimli sklerodermiya kasalligi kardiovaskulyar zararlanish bilan kechganda kasallik klinik kechishi og‘irligini erta tashxislash va davolashni kompleks olib borish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 79600 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 159200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan diagnostik va prognostik mezonlarga asoslanib yaratilgan elektron mobil dasturlarni qo‘llash natijasida tizimli sklerodermiyani erta tashxislash, dispanser nazoratiga olish, kompleks tekshirish va bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini prognozlash imkoniyati asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash profilaktik muassasalarida, birlamchi bo‘g‘inlarda tizimli sklerodermiya kasalliklarini erta aniqlash, tashhis qo‘yish va kardiovaskulyar xavfni prognozlash tizimli sklerodermiyali bemorlarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan yaqin 10 yilda o‘lim xavfini aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya kasalligining ko‘p simptomli ekanligi va bunday bemorlarda visseral zararlanishlarning kechikib, ko‘pincha asoratlar paydo bo‘lgandan so‘ng belgi berishini e’tiborga olgan holda kasallikni erta tashhislash va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan mobil dasturlardan foydalanilganda ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi boshqa tekshiruv usullarini qo‘llash zarurati yo‘qligi hisobiga sarf xarajatlarni 28,8% kamaytirish imkonini bergan va samaradorlikni 83,7% ga oshirgan. Shuningdek tizimli sklerodermiya kasalligiga erta va aniq tashhis qo‘yish imkoni vujudga kelgan. Xulosa: tizimli sklerodermiya kasalligini erta tashhislash va kardiovaskulyar xavfni prognozlashda ushbu mobil dasturlarni qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 142000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 188000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiya bilan bemorlarda yurak- qon tomir kasalliklari xavf omillari, diagnostik va prognostik mezonlarini hisobga olgan holda individuallashtirilgan kasallikka erta tashhis qo‘yishga va yurak-qon tomir xavfini erta aniqlashga qaratilgan algoritm ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya kasalligi bemorlarga ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etib, funksional muammolarni yuzaga keltirishi va bemorning o‘z tashqi ko‘rinishidan norozilik holatini keltirib chiqarishi, shuningdek, hayot sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin. Jismoniy nuqsonlardan tashqari bunday bemorlarning 18-65% da ruhiy tushkunlik va depressiyaning yuqori darajalari kuzatilishi o‘rganilgan. Taklif etilgan mobil dasturlar, algoritmlar va kompleks yondashuvlardan faydalanilgan holda tizimli sklerodermiya bilan bemorlarda kardiovaskulyar xavfni erta tashhislash va davolash sifati yaxshilangan, noxush natijalarni prognoz qilish hamda kasallikning kechishi va asoratlarini oldini olish va yashash sifatini yaxshilashga muvaffaq bo‘lingan. Shu bilan birgalikda bemorlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nogironlik holati va o‘lim darajasini pasaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy yangilik joriy qilunganga qadar, tizimli sklerodermiyada kardiovaskulyar xavfni erta aniqlash, bemorga tashxis qo‘yish, davolash va yurak faoliyatini  imkon qadar tiklashga qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha har bir bemor uchun 3960000 so‘m sarflangan bo‘lsa, ilmiy yangilik  tadbiq etilgach, bu xarajatlar 2607600 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar asosida erta bosqichlarda aniqlangan kardiovaskulyar xavf bo‘lgan bemorga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish chora tadbirlari bo‘yicha bir bemor uchun bir davolanish kursida o‘rtacha 1352400 so‘m tejaldi. Ammo tizimli sklerodermiya tizimli autoimmun kasallik bo‘lganligi sababli, bu bemorlarimiz har 6 oyda davolanishlariga to‘g‘ri keladi va shundan kelib chiqib,  har bir bemor uchun yiliga 2704800 so‘m tejab qolinishiga muvaffaq bo‘lindi. Xulosa: tizimli sklerodermiya kasalligida kardiovaskulyar kasalliklarni oldini olish 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan o‘rtacha bir yilda  2704800 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish