Ubaydullaev Islomjon Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda mulkdorlar geoiqtisodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fa186.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Hurram Farmonovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Umrzoqov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda mulkdorlarning geoiqtisodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish usullarini ijimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geoiqtisodiyotning vujudga keltiruvchi attraktor (jalb qiluvchi) sabablari va uning dinamiklik, tuzilmaviylik, “sabab-oqibat” kabi rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan;
geoiqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalaridagi muammolar (konseptual va protseduraga ko‘ra muammolar) hamda geoiqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari aniqlangan va ularning aloqadorligi ishlab chiqilgan;
respublika hududlarida geoiqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishining sinergetik darajalari baholangan va uni milliy mentalitetga mutanosib ravishda rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan;
milliy brendlarni innovatsion tarzda shakllantirish va rivojlantirish mulkdorlar geoiqtisodiy tafakkurini yuksaltirish vositasi ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda mulkdorlar geoiqtisodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlariga doir tavsiyalar asosida:
geoiqtisodiyotning yuzaga kelish sabablari va uning dinamiklik, tuzilmaviylik, “sabab-oqibat” kabi rivojlanish xususiyatlari va dialektik rivojlanish jarayonlarini umumlashtirish asosida geoiqtisodiy tafakkurning yuksalish tendensiyasini modellashtirish borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Yoshlar qanoti” tomonidan tashkil etilgan “Diplom bilan biznesga”, “Yosh liberallar” klubining “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhi faoliyatida, “Start up invest”, “Start up export” hamda “Start up innovation” loyihalari doirasidagi tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2017 yil 12 dekabrdagi 01-27/1411-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar Partiya dasturlarini mazmunan boyitishda hamda fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlarini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shgan;
geoiqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishining tendensiyalaridagi konseptual va protseduraga oid muammolarni aniqlashga doir takliflardan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazining 2016 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasining 9-bandiga muvofiq o‘tkazilgan “Oilaviy biznesni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda bank tizimining o‘rni hamda hududlarda aholi va ishbilarmonlik muhiti vakillarining bank tizimiga bo‘lgan ishonchi haqida jamoatchilik fikri” mavzusidagi maqsadli so‘rovni va “O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik bormi?”mavzusidagi sotsiologik so‘rov savolnomalarini ishlab chiqish, ularni o‘tkazish va tahlil qilishda foydalanilgan. (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazining 2017 yil 7 noyabrdagi 01-16/391-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi mulkdorlar geoiqtisodiy tafakkurini shakllantirish borasidagi muammolarni aniqlash va bu borada uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llarini metrik usullar asosida o‘rganishga xizmat qilgan;
yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlik ruhida tarbiyalash, respublika hududlarida geoiqtisodiy tafakkurning rivojlanish darajalarini baholash hamda uni milliy mentalitetga mutanosib ravishda rivojlantirishning dialektik xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil II yarim yiliga mo‘ljallangan ish rejasining 18-bandiga asosan 2017 yil 5 iyul` kungi 01-03/9-son 3-ilovasiga muvofiq “Yosh tadbirkorlarni xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish hamda tadbirkorlikka oid xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish” dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 21-bandiga asosan esa “Made in Uzbekistan” shiori ostida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” tanlovini tashkil etish bandlarini amalga oshirishda (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 13 fevraldagi 04-13/853-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Bu esa mamlakatimiz yoshlarining iqtisodiy ongi va madaniyatini yuksalishiga samarali ta’sir qilgan;
milliy brendlarni innovatsion tarzda shakllantirish va rivojlantirish mulkdorlar geoiqtisodiy tafakkurini yuksaltirish vositasi ekanligini asoslashga doir taklif-tavsiyalardan 2015–2017 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bajarilgan A-2-32 raqamli “Milliy brendlarni shakllantirish asosida O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 89-03-1237-son ma’lumotnomasi). Bu loyiha va o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan takomillashishiga xizmat qilgan.