Mambetova Gulnaz Jaksimuratovnaning

filsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlari gidronimlari», 10.00.03–Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil269.

Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.

Rasmiy opponentlar: Qarlibaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori; Bekbergenov Qidirbay Ayjarikovich, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlari gidronimlarini lingvistik yo‘nalishda tadqiq qilish va sistemalashtirish, gidronimik modellar semantikasi va tipologiyasini aniqlash, suv havzalari nomlarining etimologik asoslarini yoritish va milliy gidronimlar tizimining atalish motivlariga xos etnomadaniy xususiyatlarni ochib berishdan iboratdir.

III.Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:

qoraqalpoq tilidagi gidronimik apellyativlarning turli fonetik va semantik variantlari boshqa qardosh tillarda faol qo‘llanilishini ko‘rsatish asnosida turkiy tillarning onomastik tizimi tarixiy-genetik jihatdan mushtarak negizga borib taqalishi dalillangan;

Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida boshqa hududlarda, shu jumladan, qardosh turkiy tillarda ham uchramaydigan mahalliy gidronimik terminlar mavjudligini aniqlash orqali gidronimlarning lokal xususiyat kasb etishi isbotlangan;

shimoliy tumanlardagi suv ob’ekti nomlarining arxaik qatlami Orolbo‘yi hududida yashagan qadimgi urug‘-qabilalar tilining lug‘aviy birliklari negizida shakllanganligi asoslangan;

gidronimlarni leksik-semantik guruhlarga bo‘lib tasniflash orqali qoraqalpoq xalqining suv ob’ektlarini nomlashdagi o‘ziga xos etnolingvistik mezonlari va so‘z tanlash mahorati ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlari gidronimlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

dissertatsiya ishining Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlari gidronimlarining leksik-semantik tarkibi, yasalish xususiyatlari va etimologik tahliliga oid ilmiy-nazariy umumlashmalaridan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, xususan, toponimik atamalarning morfologik xususiyatlari, sodda, qo‘shma va  tarkibli onomastik birliklarning shakllanish jarayonini tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2018 yil 15 oktyabrdagi 202/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-tadqiqot natijalarining joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy tumanlari gidronimlarining adabiy tilga xos orfografik va grammatik mezonlar asosida yozilishi ta’minlangan;

shimoliy Qoraqalpog‘iston gidronimlarining etimologik asoslari, ma’no xususiyatlari va suv ob’ektlari nomlarida xalq turmush tarzi, urf-odatlari va etnomadaniyati aks etishiga doir materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Әdebiyat bostani», «Gәo‘har sөzler» ko‘rsatuvlari hamda «Әdebiyat hәm dәo‘ir», «Jaslar ushin», «Miyras» radioeshittirishlari orqali keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 25 maydagi 01-02/229-son ma’lumotnomasi). Suv havzalari nomlarining shakllanishi bilan bog‘liq lingvomadaniy ma’lumotlar va onomastik materiallarning keng ommalashtirilishi natijasida ko‘rsatuv va eshittirishlarning ma’rifiy ahamiyatini oshirishga erishilgan;

gidronimik tizimning tabiiy-geografik mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tabiiy-geografik ob’ektlar, xususan, sobiq sho‘rolar davridagi mafkura bilan bog‘liq gidronimlarni tarixiy toponimlar bilan almashtirish, yangi bunyod etilgan suv ob’ektlariga nom berish, mavjud gidronimlar tizimini tartibga solish va ularning yozilishida imloviy xatolarni bartaraf etish yo‘nalishidagi faoliyatiga oid hujjatlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 iyundagi 02/02-3-52-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlari gidronimlarini ma’noviy va imloviy jihatdan tartibga solishga erishilgan.

gidronimlarning nominatsion-motivatsion, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga oid xulosa va amaliy tavsiyalar Respublika toponimik komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tabiiy-geografik ob’ektlar, xususan, suv ob’ektlari nomini o‘zgartirish, yangilariga nom berish, mavjud gidronimlarni tartibga solish, tarixiy nomlarni tiklash va toponimlarning yozilishidagi imloviy xatolarni bartaraf etishda tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hokimligining 2018 yil 5 sentyabrdagi 01.03/466-son ma’lumotnomasi). Natijada joy nomlariga oid ish qog‘ozlarini yuritish amaliyotiga adabiy til normalari joriy qilingan, toponimik siyosatni yuritishda an’anaviy qadriyatlarni tiklash mezoni ta’minlangan va gidronimlarni imlo qoidalari asosida to‘g‘ri yozishga erishilgan;

gidronimlarning tarixiy asoslari va etimologiyasiga oid tahliliy xulosalardan Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq Milliy muzeyida shoir ijodiyotida o‘z ifodasini topgan shimoliy Qoraqalpog‘iston gidronimlarining badiiy talqini bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar berishda samarali foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligi 2018 yil 26 sentyabrdagi 4/04/1749-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir Berdaq she’riyati ixlosmandlariga gidronimik atamalarning badiiy matndagi semantik vazifalari va ularning shakllanishida xalq tilining tutgan o‘rni haqida keng ko‘lamli ma’lumot berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish