Kamolova Kimyoxon G‘ulomjonovnaning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuksak ma’naviyat va imonni qaror toptirish mezonlarini takomillashtirish», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal44.
Ilmiy rahbar: Karimov Ibrohim Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Primova Fotima Abduraximovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda yuksak ma’naviyatli va imonli shaxs mezonlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imonning ilmiy-falsafiy tushuncha sifatida shaxs dunyoqarashi yuksalishi va fuqarolik jamiyati shakllanishining zaruriy sharti ekanligi asoslangan;
shaxsda ma’naviy fazilatlarni yuksaltirishning ilmiy yo‘nalishlari (noosfera, global evolsionizm, reduksionizm), asoslari (milliy qadriyatlar, yangicha dunyoqarash, din), uslublari (individual yondashish, jamoaviy ta’sir qilish, tarbiyaviy ibrat vaziyatini yaratish) – yangi taraqqiyot (milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish) bosqichi nuqtai nazaridan ochib berilgan;
imon – bu, nafaqat diniy tushuncha va qadriyat, balki inson (jamiyatlashgan individ) ongining nodir hodisasi ekanligi to‘g‘risidagi konsepsiyasi asoslanib, uning yuksak ma’naviyat bilan dialektik aloqadorligining falsafiy mohiyati ochib berilgan;
yuksak ma’naviyat va imon ijtimoiy qadriyat sifatida olinib, ularning milliy, mintaqaviy va global xususiyatlari falsafiy kategoriyalar asosida yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuksak ma’naviyat va imonni qaror toptirish mezonlarini takomillashtirish, barkamol avlodni voyaga etkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
ma’naviyat va imonning ilmiy-falsafiy tushuncha sifatida shaxs dunyoqarashi yuksalishi va fuqarolik jamiyati shakllanishining zaruriy sharti ekanligi borasidagi fikrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 yanvardagi 3-sonli (2016 yilda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining 44-bandi (Yoshlar dunyo qarashini milliy qadriyatlarimizga yot unsurlardan himoyalash maqsadida ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni tanqidiy o‘rganib borish) hamda 2016 yil 14 yanvardagi 9-sonli (O‘zbekiston Respublikasi aholisini zamonaviy axborot texnologiyalari hamda internet tarmog‘i orqali ko‘rsatilayotgan axborot va mafkuraviy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining 38-bandi (Aholi, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan ogohlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot loyihasini amalga oshirish) bayonlari bilan tasdiqlan chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 yanvardagi 07-07/44-1-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimiz yoshlarining yuksak ma’naviyat va imon butunligi borasidagi bilim darajasi, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash samarasini oshirish, mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlash imkonini bergan;
O‘zbekistonda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish omillari, ma’naviyat mezonlarini qaror toptirishning ilmiy-amaliy (ijtimoiy-falsafiy, axloqiy, ilmiy, diniy-ma’rifiy) yo‘nalishlari borasidagi takliflardan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2017 yilga mo‘ljallangan I. «Tashkiliy sohada olib boriladigan ishlar» bo‘limining 3-(«Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘lim hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining funksional vazifalarini ishlab chiqish va joriy qilish»), 18-(«Ota-onalarning pedagogik madaniyati va mas’uliyatini oshirish maqsadida «O‘z bolangni o‘zing asra» shiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda «Milliy tarbiya guruhini tashkil etish va uni onlayn savol-javoblar tarzida faollashtirish») bandlari ijrosini ta’minlashda, shuningdek, BMF-F1-003 raqamli «Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlarning asarlarini ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi” mavzusidagi grant loyihasi, 1-071 raqamli shartnoma asosida «Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish» mavzusidagi loyiha hamda I-2016-1-33 raqamli «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va chop etish mavzusidagi innovatsion loyiha ijrosi yuzasidan «Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlarning ilmiy-falsafiy merosi», «Dunyoning mafkuraviy manzarasi», «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» nomli kitob va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2018 yil 15 maydagi 02/07-626-18-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yanada yuksalishiga, milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch-e’tiqodini mustahkamlanishiga, milliy urf-odat, an’ana va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
yuksak ma’naviyat va imon ijtimoiy qadriyat sifatida olinib, ularning milliy, mintaqaviy va global xususiyatlari falsafiy kategoriyalar asosida yoritilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarni tashkil etish shakllari va ularning mazmunini boyitish yo‘nalishlaridagi uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 281-son buyrug‘iga asosan tayyorlangan «Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini va g‘oyaviy bardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar»ni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 89-03-1379-son ma’lumotnomasi). Bu talaba-yoshlarning qalbi, ruhiyati, ma’naviy olamini «ommaviy madaniyat» ta’siridan himoyalash, yuksak ma’naviyatli, imoni butun, barkamol avlodni voyaga etkazish va bu boradagi ilmiy-nazariy qo‘llanmalarni nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan.