Djurabaeva Zamira Axmedovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida ekologiya terminlari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.RhD/Fil384.

Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ibroxim Juraevich, filologiya fanlari doktori, professor; Madvaliev Abduvahob Pataxovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ekologiya faniga oid terminlarni to‘plash, ularning leksik-semantik guruhlari, paradigmatik munosabatlari va tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlash, xalqaro ekotermin va terminoelementlarning qatlamdagi o‘rnini belgilash, ekologik terminlarni tartibga solish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek tilshunosligida ekolingvistikaning asosiy yo‘nalishlari va keyingi taraqqiyot yo‘llari asoslangan;

ekologik terminlarning o‘zbek tilidagi leksik-semantik paradigmalari aniqlangan;

ekologik terminlar o‘rtasidagi sinonimik, giper-giponimik, partonimik, graduonimik va antonimik munosabatlar ochib berilgan;

 ekologik terminlarning tuzilishiga ko‘ra turlari aniqlangan, ularning funksional-uslubiy xususiyatlariga baho berilgan;  

ekologik terminlar sistemasida xalqaro terminlar va terminoelementlarning tutgan o‘rni asoslab berilgan;

o‘zbek tilida turli shakllarda qo‘llanilayotgan ekologik terminlarni tartibga solish, ulardan to‘g‘ri foydalanish  bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 O‘zbek tilidagi ekologik terminlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ekologik piramida, ekobog‘, ekobozor, ekomahsulot, cho‘llanish, sahrolanish, yonlama eroziya kabi so‘z va terminlardan; er mag‘zi – mantiya, er qobig‘i – pedosfera, tuproq generatsiyasi  – tuproqning  paydo bo‘lishi, gumid – sernam, arid – qurg‘oqchil, oq parpi – Talas parpisi, qoqi o‘t – momoqaymoq, Farg‘ona lolasi – javg‘aza lola, Greys lolasi – qizil lola, chiroyshakl berish – formovka kabi terminlarning izohlari va dissertatsiyaning ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi va Ekoharakat deputatlar guruhi  faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasinining Spikeri o‘rinbosarining 2018 yil 14 avgustdagi 02/4-255-son xati va unga ilova qilingan ma’lumotnomasi). Natijada Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi va Ekoharakat deputatlar guruhi  tomonidan tashkil etilgan «Onajonim tabiat», «O‘zbekistonning o‘simliklar va hayvonot olami», «Suv – bebeho ne’mat», «Tabiatni asrash hammamizning burchimiz»  kabi suhbat, ma’ruza va disputlarning jonli va ta’sirchan chiqishi ta’minlangan, aholining ekologik ongi, ekologik bilimlari va ekologik madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar  samaradorligi oshgan;

zarhallangan kiyikpanja, uchqat, bolquray, sug‘ur o‘t, omonqora, marmarak, tulkiquyruq, tuyaqorin, qo‘ng‘irbosh, eshakmiya, shirinmiya, devpechak, qizil kandir, chakanda, zog‘oza, toron, sachratqi, shotara, bobuna, itburun, bo‘znoch, ermon kabi o‘simlik nomlari izohi hamda ularning muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan dendroflora, oranjereya, parvarishxona,  o‘simliklar genetik fondi, seleksiya, iqlimlashtirish, fitogarmon, emlangan o‘simlik singari terminlarning funksional-uslubiy, semantik xususiyatlari bo‘yicha bildirilgan xulosalardan A-7-21 raqamli «Farg‘ona vodiysi shimoliy qismi o‘simliklar qoplamini transformatsion baholash» mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 avgustdagi 89.03.2852-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning terminlar izohi qismining ilmiy qiymati oshgan va fanlararo integratsiyasi ta’minlangan;

dissertatsiyada keltirilgan ekologik tanglik, ekologik vaziyat, ekologik taxmon, ekoburchak, ekomahsulot, ozon qatlami kabi terminlar izohi va tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali orqali efirga uzatilgan «Mezon» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2018 yil 3 avgustdagi 02-16/386-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining ekologik ongi, ekologik bilimi va ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish