Alloqulov Abdulatif Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va uning sharhlari tahlili”, 24.00.01–Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar149.
Ilmiy rahbar: Islamov Zaxid Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.26.04.2018.IsI.Tar/F/Fil.57.01.
Rasmiy opponentlar:Nuritdinov Maxmudxo‘ja Nizomovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va unga yozilgan sharhlardagi ahli sunna va-l-jamoa ta’limotining xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Hafs Nasafiy “Aqoid” asarida imon (إيمان), usulu-d-din (أصول الدين), tavhid (توحيد), hijrat (هجرة), bog‘iy (باغي), jihod (جهاد), bid’at (بدعة) va takfir “تكفير” tushunchalariga ahli sunna va-l-jamoa ta’limoti asosida yangilangan ta’riflarni bergani aniqlangan;
“Aqoid” asaridagi mu’taziliya, mushabbiha, mujassima kabi yigirmadan ortiq oqimlarga raddiya berish metodologiyasi va tizimi dalillangan;
Abu Hafs Nasafiyning “at-Taysir fi-t-tafsir” va “Tafsiri Nasafiy” asarlarini tadqiq etish asosida uning mufassirlik xususiyatlari, Movarounnahr tafsir maktabidagi o‘rni asoslangan;
Nasafiyning “Aqoid” asariga arab, urdu, turk tillarida yozilgan zamonaviy sharhlar asosida “Hizbu-t-tahrir”, “Akromiy”, “Soxta salafiy”, “IShID” kabi ekstremistik oqimlarning soxta aqidalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va uning sharhlari tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Nasafiyning “Aqoid” asari va unga arab, urdu, turk tillarida yozilgan sharhlardagi “Hizbu-t-tahrir”, “Akromiy”, “Soxta salafiy”, “IShID” kabi ekstremistik-terroristik oqimlar soxta aqidasining isyonkor va vayron etuvchi xarakterga ega ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 6 apreldagi 2071-son buyurtmasiga binoan “Buyuk ajdodlarga munosib bo‘laylik” nomli risola va “Imom Termiziydan qirq hadis” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 10 avgustdagi 4482-son ma’lumotnomasi). Natijada Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va unga yozilgan sharhlar aqidaparast oqimlarga nisbatan moturidiylik ta’limotining qarashlarini aniqlash imkonini bergan;
Abu Hafs Nasafiy “Aqoid” asarida imon (إيمان), usulu-d-din (أصول الدين), tavhid (توحيد), hijrat (هجرة), bog‘iy (باغي), jihod (جهاد), bid’at (بدعة) va takfir “تكفير” tushunchalariga ahli sunna va-l-jamoa ta’limoti asosida yangilangan ta’riflarga oid xulosalar asosida “Islomshunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanma, “Dunyo ulamolari murojaati” nomli to‘plam tayyorlangan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 6 avgustdagi 1653-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, o‘rta asrlarda Samarqand va Buxoro madrasalarida aqida va kalom fanlaridan o‘qitilgan darsliklar va ularning bugungi kundagi ilmiy-amaliy ahamiyati ko‘rsatib berildi;
“Aqoid” asaridagi mu’taziliya, mushabbiha, mujassima kabi oqimlarga raddiya berish metodologiyasi, tizimi va sof islomiy tushunchalar, mafkuraviy tahdidlarning islom dini niqobi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, diniy va ma’naviy tarbiyaga global tarmoqlar orqali kirib kelayotgan fundamentalistik, ekstremistik oqimlar ta’siri, talaba-yoshlarning diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha xulosalar “Ziyo” studiyasining turkum ko‘rsatuvlari, diniy ekstremizm va mutaassiblikka qarshi chora-tadbirlarga bag‘ishlangan “Ogoh bo‘ling!” videoroligi orqali “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 8 avgustdagi 02-15/3391-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda turli yot g‘oyalarga qarshi ilmiy asosli mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari ko‘rsatib berilgan.