Ibrohimova Guli Abdilvaxob qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Janubi-G‘arbiy Qizilqum mintaqasida tarqalgan Salsola L. turkumi ayrim turlarining strukturaviy moslashish xususiyatlari”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V1242
Ilmiy rahbar: Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Toshpo‘lot Fayzulloevich, biologiya fanlari doktori, professor; Berdibaeva Dilfuza Bazarbaevna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Salsola L. turkumi turlari ontogenezining davr va bosqichlarida vegetativ organlarining diagnostik belgilarini o‘rganish asosida strukturaviy moslashish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
S. paulsenii va S. leptoclada turlari ontogenezida virginil davrning qisqaligi va generativ davrning uzoqligi reproduktiv rivojlanish strategiyasi hisoblanib, qurg‘oqchil sharoitga yuqori darajada moslashganligi ochib berilgan;
S. sclerantha va S. leptoclada turlari bargining tupbargsimon shakllanganligi ularning primitivligi, S. paulsenii va S. incanescens turlarida esa bargining tupbargsizligi va urug‘pallabargning kotiledonar tipliligi ularning evolyusiya jarayonida prodvinutiyligi izohlangan;
S. paulsenii va S. incanescens turlari urug‘pallabarg va barg mezofillarida krans hujayraning shakllanganligi – C4-tipli, S. aperta, S. sclerantha va S. leptoclada turlarida esa urug‘pallabarg mezofillida krans hujayraning shakllanmaganligi – C3-tipli va barg mezofillida krans hujayraning shakllanganligi – C4-tipli fotosintez jarayonining amalga oshishi ochib berilgan;
ontogenezining mevalash fazasida S. aperta va S. incanescens – monopodial tipli mezobaziton shoxlanganligi, S. paulsenii va S. sclerantha – simpodial tipli baziton shoxlanganligi, S. leptoclada turida esa gemisimpodial tipli mezobaziton shoxlanganligi aniqlangan;
o‘rganilgan turlar o‘q organlarining anomal-polikambial yo‘g‘onlashganligi S. paulsenii poyasining krans-sklerenxim-bog‘lamsimon tipliligi, S. aperta, S. incanescens, S. sclerantha va S. leptoclada turlarida esa sklerenxim-bog‘lamsimon tipliligi, S. paulsenii, S. aperta, S. incanescens turlari ildizining spiral-bog‘lamsimon tipliligi, S. sclerantha va S. leptoclada turlarida esa halqali-bog‘lamsimon tipliligi aniqlangan;
assimilyasiyalovchi va o‘q organlarining strukturaviy moslashgan belgilari asosida S. paulsenii va S. incanescens turlarida kseromorf belgilar, S. sclerantha va S. leptoclada turlarida esa ksero-galomorf belgilar hamda S. aperta turida galomorf belgilarning ustunlik qilishi izohlangan;
Salsola turlari vegetativ organlarining hujayralarida kalsiy oksalat druzlari va kristallarning mavjudligi sho‘rlangan tuproqdagi og‘ir metallarning zaharlilik darajasini kamaytirishi hisobiga tuproqning fitomeliorativ tarkibini yaxshilashda istiqbolli turlar sifatida foydalanishga tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubi-G‘arbiy Qizilqum mintaqasida tarqalgan Salsola L. turkumi ayrim turlarining strukturaviy moslashish xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Salsola turlarining Janubi-G‘arbiy Qizilqum mintaqasida tarqalishi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘iga joylashtirilgan (Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘ining 2024 yil 20-avgustdagi №013 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘ida (GBIF) Janubi-G‘arbiy Qizilqum mintaqasidagi Salsola turlarini geografiya va filogenez bo‘yicha global tahlil qilish imkonini bergan;
Janubi-G‘arbiy Qizilqum mintaqasida S. paulsenii, S. aperta, S. incanescens, S. sclerantha va S. leptoclada turlaridan yig‘ilgan 150 dan ortiq gerbariy namunalari Markaziy Osiyo o‘simliklar dunyosi bo‘yicha eng yirik kolleksiyalardan biri O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob ob’ekti fondiga topshirildi. Tadqiqot hududidan yig‘ilgan Salsola turlarining yangi gerbariy namunalari hamda shu kunga qadar O‘zbekiston Milliy gerbariy fondida saqlanayotgan gerbariy namunalari asosida Qizilqum okrugida o‘suvchi Salsola turlarning morfologik tasnifi keltirilib, ularning tarqalish xaritalari yaratildi va O‘zbekiston Florasi yangi nashrida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 17-sentyabrdagi № 4/1255-2081-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududidan yig‘ilgan gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob ob’ekt fondini boyitgan, O‘zbekiston florasining yangi nashri va O‘zbekiston florasining elektron maʼlumotlar bazasining axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.