Yangibaeva Nodira Saparbaevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.“Shukur Xolmirzaev asarlarining ijodiy biografiyasini o‘rganish muammolari” (shaxsiy arxividagi qo‘lyozma va nashr variantlar asosida)
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.Fil.55.02
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
   Ilmiy rahbar: Kuchkarova Marxabo Xudayberganovna, filologiya fanlari doktori (DSc),       dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Gulchehra Shokirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Bahodir Karimov Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shukur Xolmirzaev asarlarining shaxsiy arxividagi qo‘lyozma va nashr variantlari asosida adib asarlarining ijodiy biografiyasini o‘rganish, hikoyalarining dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan obektiv va subektiv omillar, asarga nom tanlash,original badiiy echim topish, hayotiy haqiqatlarning badiiy haqiqatga aylanish jarayonini biografik aspektda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:o‘zbek adabiyotshunosligida shaxsiy arxivlar asosida amalga oshirilgan ishlar, xususan, ijodkor laboratoriyasi masalasini o‘rgangan olimlar ishiga tavsif hamda Shukur Xolmirzaevning qizi Sayyora Xolmirzaevaning qo‘lida saqlanayotgan qo‘lyozmalar, qoralamalar, shaxsiy hujjatlarga qisqa tasnif  berilib asoslangan;    
Shukur Xolmirzaevning ba’zi kichik asarlarining qo‘lyozmalari o‘rganilib, yozuvchining asar sarlavhasi ustida ishlash tamoyili (“Mangu yo‘ldosh”ning besh sarlavhali varianti), asarga nom tanlashdek muhim jarayon, yozuvchining sarlavha qo‘yish mahorati dalillangan;
yozuvchining bir hikoya ustidagi ijodiy zahmati, badiiy niyatning tug‘ilishi, hayotiy voqealar va real kishilar (adibning otasi, onasi, ziyoli kishilar) qismati badiiy sujet va obrazga aylanishi, badiiy asarning takomilini ochib berish uchun shaxsiy arxivdagi qo‘lyozmalar va jurnal, kitob nashrlar qiyoslanib, adibning ijodiy laboratoriya sirlari aniqlangan;
asar sujetida badiiy echimning muhim estetik yuk olishi va shunga ko‘ra adibning “Jarga uchgan odam”, “Qadimda bo‘lgan ekan”, “Bitikli tosh” kabi hikoyalarining qo‘lyozmalari va nashr variantlardagi o‘zgarishga uchragan echimlari qiyoslanib, echimning eng ma’qul so‘nggi varianti to‘g‘ri topilgani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijodkor laboratoriyasi va unga xos ijodiy jarayon, badiiy asar biografiyasi, ijodkor shaxs va uning ko‘rgan-kechirganlari badiiy haqiqatga aylanishi va bu boradagi yozuvchining ijodiy zahmatlari tarixini o‘rganish yuzasidan olingan natijalar asosida:
Shukur Xolmirzaevning shaxsiy arxividagi ba’zi asarlarning qo‘lyozmalari bilan nashr variantlari o‘rtasidagi farqlar; badiiy asar takomili, badiiy niyat, ijodiy g‘oya, zamondoshlar xotirasi, kundalik satrlar, ijodkor laboratoriyasini yoritishga oid ilmiy natijalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-FI-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq  etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 3-yanvardagi 1/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchining ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlari qoraqalpoq tilidagi shunday yo‘nalishdagi ishlarga nazariy asos boʻlib xizmat qilishi dalillangan;
Shukur Xolmirzaevning bolalar va o‘smirlar, yoshlar obrazlari mavjud bo‘lgan qator hikoyalari, xususan, “Olis yulduzlar ostida”, “O‘zbek xarakteri” kabi asarlarida uchraydigan surxonlik bolalar obrazining ijodkor tarjimayi holi va bolaligi bilan bog‘liqligi va qahramonlarning prototiplari kabi masalalarga oid ilmiy tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2022-yillarda bajarilgan IL-402104474-raqamli “Bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 2-martdagi 04/1-536-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar adabiyotiga asoslangan multimediali elektron platformasi va uning mobil ilovasi bolalar va o‘smirlar, yoshlar obrazlari tahliliga oid materiallar hamda tahlillar bilan boyitilishiga erishilgan;
Shukur Xolmirzaev asarlarining ijodiy biografiyasi, badiiy ijod takomili, yozuvchining shaxsiy arxiviga oid ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit” ko‘rsatuvida foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-maydagi 407-son ma’lumotnomasi). Natijada adib ijodi haqidagi ilmiy qarashlar teletomoshabinlarda yosh olimlarning dunyoqarashi, bilim darajasi haqidagi tasavvurni kengaytirgan va teleko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limining ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarida yosh ijodkorlarga Shukur Xolmirzaev asarlarining yaratilishi misolida ijodiy jarayon bosqichlari, ijod psixologiyasi, matntahriri, adib asarlarining qo‘lyozma va nashr variantlari qiyoslanib, ijodiy jarayonga ichki va tashqi ta’sirlar, yozuvchining individual badiiy mahorati, badiiy asar biografiyasi haqida ma’ruzalar qilishda tadqiqot natijalaridan unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining 2024-yil20-iyundagi №33/24-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkor laboratoriyasiga doir tadqiqot xulosalari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qilingan ma’ruzalarning izchilligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish