Usmanova  Xulkar Asadullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p funksiyali avtomatlashtirilgan o‘ta yuqori chastotali paxta materiallari nam o‘lchagichining metrologik ta’minotini tekshirish va ishlab chiqish», 05.03.01–Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T753.

Ilmiy rahbar: Ismatullaev Patxulla  Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Abduqaxxor Abdulxaievich, texnika fanlari doktori, professor; O‘ljaev Erkin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta materiallari uchun sezgirligi oshirilgan o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagichining metrologik tavsiflarini hisobga olgan holda o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagichining metrologik ta’minotini tekshirish va ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonining paxta materiallari bilan o‘zaro ta’siri funksiyasi nam materialning uch (suv, quruq modda va havo) qatlamli modeli asosida sintez qilingan;

paxta materiallari o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagichining metrologik  tavsiflari (o‘lchash diapazoni, o‘lchash xatoligi, namuna massasi va h.k.) asosida informativ va noinformativ o‘lchov parametrlarining ta’sirlarini hisobga olgan holda aniqlangan;

paxta materiallari o‘ta yuqori chastotali  nam o‘lchagichini qiyoslash  sxemasi hamda o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagichining nominal graduirovkali bog‘lanishini tezkor qiyoslash sxemasining elementlari ishlab chiqilgan;

o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagichlarining metrologik ta’minotini optimallashtirishning prinsipi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta materiallari namligini o‘lchovchi mikroprotsessorli o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagich  strukturasini takomillashtirish va metrologik ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

takomillashtirilgan o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagich Yangiyo‘l shahridagi “Qorasuv paxtatozalash” AJga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 28 iyunidagi 02-18/3901-son ma’lumotnomasi). Natijada  nam o‘lchagich aniqligi oshishi imkonini bergan (xususan, maksimal nisbiy xatolik 5-7%dan oshmadi);

o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagich qiyoslash sxemasining elementlari «Qorasuv paxtatozalash» AJga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 28 iyunidagi 02-18/3901-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida namlikni o‘lchash tizimini takomillashtirish imkoni  yaratilgan;

metrologik ta’minoti optimallashtirilgan o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagich «Qorasuv paxtatozalash» AJga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 28 iyunidagi 02-18/3901-son ma’lumotnomasi). Natijada namlik bo‘yicha olinayotgan axborotlarning ishonchliligi, paxta materiallarini qayta ishlash jarayonida elektr energiyani tejash, kontaktsiz o‘lchash natijasida namuna sifatining pasaymasligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish