Abdashimov Zafar Baxtiyarovichning

falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nevrologik bemorlarda ishlatiladigan yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari va anal`getiklarning farmakoepidemiologiyasi», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib357.

Ilmiy rahbar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomli Moskva davlat tibbiy-stomatologiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: reflektor og‘riq sindromi bilan kechuvchi osteoxondroz bilan kasallangan bemorlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning ratsional qo‘llanilishini va NYaQV tanlashning optimal yo‘llarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

reflektor og‘riq sindromli umurtqa pog‘onasi osteoxondrozida dori vositalaridan foydalanganda A, V va S-tekshiruv guruhlarida klinik-farmokologik auditi o‘tkazilib, kasallikni davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalarining solishtirma og‘irligi va standart davolash tizimining izdan chiqqanligi isbotlangan;

reflektor sindromli umurtqa pog‘onasi osteoxondrozini davolashda noselektiv SOG ingibitorlari va GKSning birgalikda ishlatilishi gastroduodenal soha tizimining izdan chiqishi hamda nogironlikning kelib chiqish foizi oshishi isbotlangan;

reflektor sindromli umurtqa pog‘onasi osteoxondrozini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari A, V, S sinflar bo‘yicha noto‘g‘ri taqsimlanganligi, asosiy xarajat noselektiv SOG ingibitorlari (A sinf) vositalariga ko‘p sarflaganligi, selektiv SOG-2 ingibitorlari esa kam foydalanilgan guruh hisoblanishi asoslangan;

umurtqa pog‘onasi osteoxondroz bilan kasallangan bemorlarda klinik samarasi bir xilda bo‘lgan selektiv SOG-2 ingibitorlarini noselektiv SOG ingibitorlariga nisbatan yaxshi o‘zlashtirilishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Nevrologik bemorlarda ishlatiladigan yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalar va anal`getiklarni farmakoepidemiologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

“Suyak-mushak og‘riqlarida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va anal`getiklarning farmakoepidemiologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 8n-r/236-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suyak-mushak og‘riqlarini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalar strukturasini tanlash, davolashning farmkoepidemiologik xususiyatlari va kasallikning tashxislash va davolash tizimining izdan chiqishi oqibatida yo‘qotiladigan sarf-xarajatlarni va nogironlikning farmakologik audtini aniqlash imkonini bergan;

“Suyak-mushak og‘riqlarida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni tanlash xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 8n-r/237-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya nevrologik amaliyotda ko‘p qo‘llaniluvchi NYaQV va anal`getiklarni hamda ularning terapevtik samarasini aniqlashga imkon bergan;

statsionar sharoitda umurtqa pog‘onasi osteoxondrozini davolashda qo‘llaniluvchi dori vositalarining klinik-farmakologik auditi va ular strukturasini takomillashtirish choralari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi nevrologiya bo‘limi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi nevrologiya bo‘limi, 2-respublika klinik shifoxonasi amaliyotiga (Sog‘liq saqlash vazirligining 2018 yil 18 oktyabrdagi 8n-d/215-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi nevrologik bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, samarali va xavfsiz zamonaviy dori vositalarini qo‘llash asosida ushbu nozologiyani farmakoterapiyasi sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish