Mirzakarimova Muyassarxon Mo‘minovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotda bandlik tarkibini takomillashtirishning ilmiy-nazariy jihatlari», 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Iqt141.

Ilmiy maslahatchi:Abulqosimov Hasan Pirnazarovich, iqtisod fanlari doktori, professor

Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.05.2018.I.01.11.

Rasmiy opponentlar: Abdurahmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik;  Jo‘raev Toshbolta To‘xtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida  bandlik tarkibini takomillashtirish  yuzasidan tizimli ilmiy-nazariy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mehnat bozori egiluvchanligi,  tabiiy ishsizlik darajasini aniqlash, yangi  ish o‘rinlari yaratish uchun tarmoqlarni tanlash uslubiyatlari, mos ravishda, ish haqi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi nisbat, o‘rtacha miqdorlar va inflyasiyaning barqaror darajasi ish haqi omilini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;

respublika miqyosida bandlik dasturlarini ishlab chiqishda  zamonaviy demografik vaziyatning prognoz ko‘rsatkichlarini, uning mehnat bozori  va bandlik tarkibiga ta’sirini hisobga olish hamda demografik dividenddan samarali foydalanish mexanizmi tavsiya etilgan;

milliy iqtisodiyotda norasmiy bandlikning vujudga kelish sabablari va oqibatlari, tarkibi va ko‘lamini aniqlashning sotsiologik so‘rovlar usuli ishlab chiqilgan hamda uni legallashtirishning rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy-ma’muriy yo‘nalishlari taklif etilgan;

O‘zbekiston bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini modernizatsiyalashning bandlik sifatini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlari ishlab chiqilgan hamda samaradorligini baholashning  ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mezon qilib olish asoslab berilgan;

iqtisodiyotning siklik rivojlanish xususiyatlari, iste’molchi talabi, fan-texnika taraqqiyoti omillari hamda mehnat bozoriga kengaytirilgan talqin nuqtai nazaridan yondashuv asosida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni kasbiy  tarmoq jihatdan muvofiqlashtirishning  “biznes-davlat-oliy o‘quv yurtlari” o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik mexanizmi ishlab chiqilgan;

talab cheklangan mehnat bozoridan samarali bandlik amal qiladigan mehnat bozoriga o‘tish modeli hamda yuqori ilm talab qiladigan, yuqori qo‘shilgan qiymatlar yaratiladigan, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi bandlik ulushini oshirishga qaratilgan samarali bandlik  konsepsiyasi taklif qilingan;

milliy iqtisodiyotda bandlik tarkibiy tuzilishining ekonometrik modeli va 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan variantli prognozi ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bandlik tarkibini takomillashtirish va bandlik sifatini oshirishyuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:

bandlik tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisoblashga oid uslubiyat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan  “Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozori monitoringini tashkil qilish”ning me’yoriy hujjatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2016 yil 23 dekabrdagi 02-04/3802-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyatning amaliyotga tatbiq etilishi “Bandlik, tarmoq va hududiy rivojlanish” dasturlarini takomillashtirish orqali ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish muddatlarini qisqartirib, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini tejash imkonini bergan;

mehnat bozoridagi holatga aholi demografik portreti o‘zgarishining ta’sirini hisobga olish to‘g‘risidagi taklifdan 2018 yildagi “Bandlik” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining olingan 2016 yil 23 dekabrdagi 02-04/3802-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi yoshlarni o‘qitish, hayotda o‘z o‘rnini topishi, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga shart-sharoitlar yaratish asosida demografik dividenddan yuqori darajada foydalanish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hamda aholi turmush farovonligini oshirish imkoniyatini yaratgan;

tadqiqot ishining 2013-2017 yillar natijasi bo‘yicha norasmiy bandlikni legallashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy taklif va amaliy tavsiyalar asosida O‘zbekiston  Yoshlar ittifoqi tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz”  jamg‘armasining tashkil etilgan (O‘zbekiston  Yoshlar ittifoqining 2018 yil 22 yanvardagi 04-13/263-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi yoshlarning  biznes tashabbuslari, startap loyihalari uchun kreditlar ajratish orqali ularning iqtisodiy, shu jumladan, tadbirkorlik sohasidagi faolligini oshirish, bandlikka ko‘maklashish markazlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mahalliy kengashlarining, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy hokimliklar va mahalla qo‘mitalari ishlashga muhtoj, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, qishloq joylarda ishga joylashtirish yuzasidan olib borayotgan faoliyatlari samaradorligini oshirish uchun uslubiy asos bo‘lgan;

O‘zbekiston bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini modernizatsiyalash yo‘nalishlari hamda  ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozori monitoringini tashkil qilish”ning me’yoriy hujjatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2016 yil 23 dekabrdagi 02-04/3802-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda ishlab chiqilgan natijalarni joriy etish asosida (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan 2017 yil 5 dekabrdagi 02/6004-son ma’lumotnomasi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 799-sonli  hamda  2017 yil 28 oktyabrdagi “Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib, ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 877-sonli qarorlari qabul qilingan;

“Biznes-davlat-oliy o‘quv yurtlari” ijtimoiy sheriklik mexanizmini shakllantirish yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududiy rivojlanish” dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 26 fevraldagi 11/JU-26-1427-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan A2-FQ-0-17304 A2-042 raqamli “Ijtimoiy hamkorlik iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida” mavzusi doirasida  2012-2014 yillarda bajarilgan ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatiga  joriy etilgan (Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondidan olingan  2014 yil 22 oktyabrdagi 18/1-538-son ma’lumotnomasi). Asosiy lavozimlar malaka talablarini hisobga olish borasidagi taklif asosida (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan 2017 yil 5 dekabrdagi 02/6004-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 795-sonli qarori qabul qilingan;

ishlab chiqilgan  samarali bandlik konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Mehnat  vazirligining 2016 yil 23 dekabrdagi 02-04/3802-son ma’lumotnomasi). Ushbu konsepsiyaning joriy etilishi ishchi kuchi, bandlik, iqtisodiy o‘sish, turmush sifatiga erishishga qaratilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tarkibiy o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan harakat dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish orqali respublika hududlaridagi ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini bergan;

bandlik tarkibini takomillashtirishning ekonometrik modeli,  2018–2021 yillarga mo‘ljallangan variantli prognozi hamda o‘rta muddatli istiqbol ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2016 yil 23 dekabrdagi 02-04/3802-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognozda keltirilgan fan-texnika taraqqiyoti, ta’lim tizimi, yuqori texnologiyali, yuqori qo‘shilgan qiymatlar yaratiladigan  tarmoqlarning rivojlantirilishi kabi omillar  milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish konsepsiyasi, strategiya va taktikasi hamda  harakat dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish