Axmedova Aziza Xusen qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XXI asr neologizmlarining zamonaviy rus tilida derivatsion salohiyati” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil2693
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Umurova Go‘zal Hotamovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Shomaxmudova Aziza Furkatovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xasanov Eldar Rinatovich
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi  Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neoleksemalarning derivatsion salohiyatini va neologizmlarning shakllanish jarayonida foydalaniladigan ularning mahsuldor  modellarini va ularning zamonaviy media matnlarida moslashish usullarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olamning lingvistik konseptualizatsiyasi doirasidagi nafaqat nominatsiyalar xarakterini, balki ularni shakllantirishning derivativ usullari repertuarini ham sezilarli darajada o‘zgartirgan zamonaviy so‘z yasalish tizimining hozirgi holati  aniqlangan;
o‘zlashtirilgan va slavyan negizlariga, shuningdek,  affikslarga ega hosila modellari rus tili tarkibini boyitish manbai sifatidagi ommaviy axborot vositalari materiallari asosida tahlil qilingan;
maxsus so‘z yasovchi elementlarga ega ingliz tilidan o‘zlashtirilgan neoleksemalarning moslashishi veb-manbalari materiallari vositasida ko‘rib chiqilgan;
kompozisiya, aralash neonominatsiya va okkazionalizmlar media matnlarning semantik va stilistik ekspressivligi nuqtai nazaridan o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi davr neologizmlarining derivatsion jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida quyidagilar joriy etilgan:
nafaqat nominatsiyalar xarakterini, balki olamning lingvistik konseptualizatsiyasi tufayli ularni shakllantirishning derivativ usullari repertuarini ham sezilarli darajada o‘zgartirgan zamonaviy so‘z yasalish tizimlarini o‘rganish bo‘yicha tavsiyalardan 561624-EPR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP “O‘zbekistonda oliy talim tizimi zharayonlarini modernizatsiyalash va halkarolashtirish” amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-maydagi 104/0-sonli malumotnomasi). Natijada rus tilida yangi so‘zlar yasalishining eng dolzarb usullari aniqlangan;
o‘zlashtirilgan va slavyan o‘zaklari hamda affikslariga ega bo‘lgan derivatsion modellarni rus tili tarkibini boyitish manbai sifatidagi ommaviy axborot vositalari materiallari asosida tahlil qilish bo‘yicha bildirilgan takliflardan 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR ASTON UNIVERSITY DeNEL “Evropa tillarini o‘qitishni rivojlantirish: aralash magistratura dasturlarini ishlab chiqish orqali tillarni o‘qitishni modernizatsiya qilish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-maydagi 1075/02-sonli malumotnomasi). Natijada, onlayn materiallar asosida o‘zlashtirilgan va slavyan negizlari hamda affikslariga ega  bo‘lgan derivativ modellar tadqiq etilgan;
maxsus so‘z yasovchi elementlari bo‘lgan ingliz tilidan o‘zlashtirilgan  neoleksemalarni moslashtirish shartlarining veb-manbalari materiallari vositasida  amalga oshirilgan tahlil natijalaridan I-204-4-5 “ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resourslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-maydagi 1076/02-sonli malumotnomasi).  Natijada so‘zlarni o‘zlashtirishning  tashqi va ichki omillari yoritib berilgan;
ommaviy axborot vositalari matnlarining semantik-stilistik ekspressivligi nuqtai nazaridan so‘z shakllanishi, aralash neonominatsiyalar va okkazionalizmni tadqiq etish bo‘yicha  bildirilgan takliflardan “Assalom, Samarqand!” va “Ma’rifat shu’lasi” teleradio ko‘rsatuvlarining fevral oyidagi ssenariylarini tuzishda foydalanilgan  (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-maydagi 01-07/131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada neologizmlarning amaliy materiallari onlayn manbalar asosida tahlil qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish