SharipovaIrodaPulatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahrida yuqori onkogen xavfga ega papillomavirusli infeksiyaning epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasi», 14.00.30–Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib319.

Ilmiy rahbar: Mustafaev Xayrulla Murtazaevich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Mirtazaev Amanturdi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maksudova Dilnoza Saidkamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahrida yuqori onkogen xavfga ega papillomavirusli infeksiyaning epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasini optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekistonda filogenetik guruhlar darajasida yuqori onkogen xavfga ega papillomavirus infeksiyasining epidemiologik xususiyatlari va ayollar orasida papillomavirusning onkogen ahamiyati isbotlangan;

turli filogenetik guruhlarda ayollarning yoshi va virus konsentratsiyasiga nisbatan bog‘liqligi asoslangan;

odam papillomavirusini ayollarda erta aniqlashning klinik va epidemiologik ahamiyati asoslangan;

servikal surtmadan aniqlangan yuqori onkogen xavfga ega papillomavirus yuklamasi hamda noinvaziv aniqlangan viruslar yuklamasi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuqori onkogen xavfga ega papilloma virusli infeksiyaning epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Papillomavirus infeksiya, muammoga zamonaviy qarash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 8n/169-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma yuqori onkogen xavfga ega papillomavirusli infeksiyaning epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish va profilaktikasini amalga oshirishda ayollarda noinvaziv usulda siydikda papillomavirusni aniqlash va emlash orqali kasallikning oldini olish va uni erta tashxislash imkonini bergan;

yuqori onkogen xavfga ega papillomavirusli infeksiyaning epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar onkologiya dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bachadon bo‘yni raki kasalligini davolashga nisbatan epidemiologik tahlillar asosida uni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan emlash ishlarini amalga oshirish natijasida 5 yilda 1,5–2,0 million AQSh dollarini tejash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish