Ergashev Farhod Arifjanovich

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Murakkab texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarning takomillashtirilgan boshqaruvi», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish  (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T66.

Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Bekmuratov Tulkun Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abduraxmanova Yulduz Muxtorxadjaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Ximavtomatika» MChJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ammofos ishlab chiqarishda barabanli-granulyasion quritish qurilmasi misolida texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni APC-takomillashtirilgan boshqarish tizimlarini tuzilmaviy-parametrik sintezlash usuli va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qidirishlarsiz o‘z-o‘zidan sozlanadigan boshqarish tizimining ob’ekt funksional tasvirlanishi, qabul qiluvchi element (namlik datchigi), ijro qiluvchi mexanizm va boshqarish qurilmasi ko‘rinishidagi modeli ishlab chiqilgan;

aprior noaniqlik sharoitlarida kirish va chiqish signallari bo‘yicha kuzatish halaqitlari mavjud bo‘lganda dinamik boshqarish ob’ektlarini strukturaviy-parametrik identifikatsiyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;

bashoratlovchi fil`trlarning axborot tavsiflari tahlili asosida texnologik boshqarish ob’ektlarini tezkor baholash va o‘lchash halaqitlarining ko‘p qadamli fil`trlash algoritmlari ishlab chiqilgan;

ob’ektning holatini maksimal asliga o‘xshashlik kriteriysi bo‘yicha baholaydigan ko‘p o‘lchamli ob’ektning holatini kal`man tipidagi modifikatsiyalangan kvazioptimal noaniq fil`tr ko‘rinishidagi baholagich ishlab chiqilgan;

ammofos ishlab chiqarishda pul`pani quritish va granulalash jarayonini APC-takomillashtirilgan boshqarish tizimi sintezlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Murakkab texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni takomillashtirilgan boshqarish ARS-sistemalarini tashkiliy-parametrik analiz va sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qat’iymas muhitda shovqin va g‘alayonlarga duchor bo‘lgan boshqarish ob’ektini baholash uchun modifikatsiyalangan sintezlangan kal`man fil`trlash algoritmi “Ammofos-Maksam” AJda joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2018 yil 15 oktyabrdagi 03-4562/A-son ma’lumotnomasi). Natijada dinamik boshqarish ob’ektning holatini haqiqatga yaqin optimal baholashga erishilgan;

ko‘p o‘lchamli texnologik ob’ektlarni boshqarish sifatining ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi samaradorlik mezonlari asosida boshqarishning turli qonunlarini amalga oshiradigan rostlagichli boshqarish tizimlarini parametrik optimallashtirish usullari “Ammofos-Maksam” AJda amaliy joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJ 2018 yil 15 oktyabrdagi 03-4562/A-son ma’lumotnomasi). Natijada rostlagichlar va o‘tish jarayonini berilgan so‘nish darajasida ta’minlovchi differensiatorni optimal sozlash parametrlarini hisoblash imkoni yaratilgan;

ammofos ishlab chiqarishning quritish va kal`siy-sulfat pul`pasini granulalash texnologik jarayonini boshqarish usullari hamda algoritmlari va rostlagichlarni optimal parametrlarini sozlashni hisoblash usuli “Ammofos-Maksam” AJda joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2018 yil 15 oktyabrdagi 03-4562/A-son ma’lumotnomasi). Natijada ammofos ishlab chiqarishda barabanli granulalash-quritishda sodir bo‘ladigan texnologik jarayonlarning ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish