Solieva Gulbaxor Axmadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda kitob savdosining rivojlanishi va uning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish omillari”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.4.PhD/Iqt411.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Ziyod Niyazovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Baxtiyor Farxodovich,iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kitob savdosining rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nashriyot matbaa ijodiy uylari marketing bo‘limi samaradorligini oshirishga qaratilgan kitoblarni tarqatish va aholini kitobga qiziqishini yanada oshirish uchun ochiq ommaviy taqdimotni kuchaytirish hamda kitob bozorlarida bo‘lajak kitobxonlarni guruh (segment)larga ajratish taklif qilingan;
nashriyot ishi va kitob savdosining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda media-texnologiyalaridan va internet reklama vositalaridan foydalanish, sotishda sotuvchilar hamda xaridorlarni moddiy rag‘batlantirish usullari takomillashtirilgan;
kitobxonlikni rivojlantirish va kitoblar nashrini ko‘paytirish maqsadida nashr qilingan kitoblarni hududlarga tarqatish bo‘yicha ulgurji savdoni rivojlantirish, do‘konlarda xizmat ko‘rsatish madaniyatini malakaviy kadrlarni tayyorlash evaziga oshirish taklifi asoslangan.
kitob savdosi va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi”ni nodavlat-notijort tashkiloti sifatida tashkil etish va uning maqsadi, vazifalari hamda boshqaruvi tarkibi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kitob savdosining rivojlanishi va uning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nashriyot matbaa ijodiy uylari marketing bo‘limi samaradorligini oshirishga qaratilgan kitoblarni tarqatish va aholini kitobga qiziqishini yanada oshirish uchun ochiq ommaviy taqdimotni kuchaytirish hamda bo‘lajak kitobxonlarni guruh (segment)larga ajratish yo‘llari amaliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2018 yil 24 apreldagi 05-1506-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylarining kitob mahsulotlarini sotish borasidagi faoliyati rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning rentabelligini 2014 yilga nisbatan 2015 yilda o‘rtacha 1,6%ga oshirishga erishgan;
nashriyot ishi va kitob savdosining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda media-texnologiyalaridan va internet reklama vositalaridan foydalanish hamda sotishda moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirilgan usullari amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2018 yil 24 apreldagi 05-1506-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish va kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarorining 3-bandini tayyorlashda foydalanilgan;
kitobxonlikni rivojlantirish va kitoblar nashrini ko‘paytirish maqsadida nashr qilingan kitoblarni hududlarga tarqatish bo‘yicha ulgurji savdoni rivojlantirish, do‘konlarda xizmat ko‘rsatish madaniyatini malakaviy kadrlarni tayyorlash evaziga oshirish taklifi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2018 yil 24 apreldagi 05-1506-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi Toshkent va Namangan viloyatlaridagi “Sharq Ziyokori” kitob do‘konlari savdo maydonlaridan foydalanish koeffisientining 1,3 martaga ko‘payishi va xizmat ko‘rsatish madaniyatining oshirilishini ta’minlagan;
kitob savdosi va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi”ni nodavlat-notijort tashkiloti sifatida tashkil etish va uning maqsadi, vazifalari hamda boshqaruvi tarkibi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2018 yil 24 apreldagi 05-1506-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar natijasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida yangi “O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi” tashkil etildi va 2018 yil may oyidan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.