Donaev Xusniddin Abdiolimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qora-ola va golshtin zotli sigirlarning mahsuldorlik, texnologik, pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirish», 06.02.01–Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx313.

Ilmiy rahbar: Ashirov Murodilla Eshonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.

Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Qaxromonov Boymaxmad Abdiazizovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qora-ola va golshtin zotli sigirlarning mahsuldorlik, texnologik, pushtdorlik xususiyatlarini servis-davri muddatlari, tirik vazni, yil fasllari va elin shakllariga bog‘liq holda takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor qora-ola va golshtin zotli sigirlarning fermer xo‘jaliklari sharoitida sut mahsuldorligi turli omillarga bog‘liqlikda o‘rganilib, maqbul muddatlarda aniqlangan;

cigirlar sut mahsuldorligining servis-davri muddatlariga, tirik vazni va elin shakllariga bog‘liqligi aniqlangan;

sigirlarning mahsuldorlik, texnologik, pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirishda servis-davrining maqbul muddatlari aniqlangan;

amaliy seleksiya ishlarida sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirishda turli omillardan foydalanishning samaradorligi aniqlangan;

golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligi bo‘yicha yuqori irsiy salohiyatga ega seleksiya podasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qora-ola va golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorlik, texnologik va pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

qora-ola zotli sigirlar uchun aniqlangan maqbul servis-davri muddatlari va yuqori mahsuldor sigirlar podasi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Abdulla” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 02/027-272-son ma’lumotnomasi). Natijada III va undan yuqori laktatsiyaga ega qora-ola zotli sigirlarda maqbul servis-davri 46-90 kunni tashkil etgan va sut mahsuldorligi 499-881 kg ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;

golshtin zotli sigirlarning sermahsul seleksion podasi Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Xontemir” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 02/027-272-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida golshtin zotli har bosh sigirning iqtisodiy samaradorligi I laktatsiya davrida 2 225 762 so‘m va III laktatsiya davrida esa 3 335 451 so‘mni tashkil etgan;

Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Xontemir” naslchilik fermer xo‘jaligida xorijdan keltirilgan golshtin zotli sigirlardan sut mahsuldorligi va yog‘liligi yuqori bo‘lgan «nasl o‘zagi» va “buqa etishtiruvchi” guruh sigirlarining seleksion podasi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 02/027-272-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sut miqdoriga va tirik vaznga hamda sutdagi yog‘ 4,0 foiz va undan yuqoriga  erishganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish