Ibadullaeva Amina Sag‘inbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida chetdan keltirilgan golshtin zotli sigirlarning mahsuldorlik, pushtdorlik xususiyatlari va ularni yaxshilash usullari», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx316.
Ilmiy rahbar: Ashirov Murodilla Eshonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Qaxramon Jo‘raboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Jumadullaev Burxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston sharoitida Pol`shadan keltirilgan golshtin zotli sigirlarning asosiy xo‘jalik foydali belgilariga va mahsuldorlik xususiyatlariga oziqlantirish omilining va sersut qilishning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlim sharoitida Pol`shadan keltirilgan sigirlarning dastlabki uch laktatsiyasidagi sut mahsuldorligiga I laktatsiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilishning ta’siri aniqlangan;
sigirlar laktatsiyasining kechish xususiyatlari, ekster`er, elin, ozuqani sut bilan qoplash ko‘rsatkichlarining sersut qilish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
chetdan keltirilgan sigirlarning ayrim biologik xususiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos iqlim sharoitida baholangan;
golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligi bir necha laktatsiyalarda turli omillarga bog‘liq holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligini va boshqa muhim xususiyatlarini turli omillarga bog‘liqlikda takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish bo‘yicha «Qoraqalpog‘iston sharoitida chetdan keltirilgan golshtin zotli sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/026-267-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlim sharoitida chorvachilik-naslchilik fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligini I laktatsiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish va sigirlarni avans tariqasida oziqlantirish, faol yayratish, elinini uqalash hamda sigirlarga maqbul asrash sharoitlarini yaratish texnologiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi «Amudaryo sohili» naslchilik fermer xo‘jaligining qoramolchilik podasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/026-267-son ma’lumotnomasi). Natijada II guruhdagi I laktatsiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilingan sigirlarning sut miqdori I laktatsiyada 482,6 kilogramm va sut yog‘i chiqimi 9,6 kilogrammga teng bo‘lishiga erishilgan;
sigirlarni birinchi tug‘ish yoshida, sutdan chiqqandan tuqqangacha va turli servis-davri muddatlarida hamda tirik vazniga bog‘liqlikda takomillashtirish texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi «O‘rnak nasl chorva» naslchilik fermer xo‘jaligining podasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/026-267-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 4 foizli sut miqdori 240,3 kg, II laktatsiyada bu ko‘rsatkichlar tegishli tarzda 537,3, 10,9 va 253,1 kg, III laktatsiyada 1128 kg, 32,7 kg va 817,7 kg oshgan, olingan sof foyda I laktatsiyada 298632,8 so‘mni tashkil etgan.