To‘ychieva Gulxumor Ummatalievnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom davri she’riyatida aruz tizimi va uning evolyusion taraqqiyoti”, 24.00.04–Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi ixtisosligi (filologiya).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Fil144

Ilmiy maslahatchiIbragimov Nematula, akademik, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.26.04.2018.Isl.Tar/F/Fil.57.01

Rasmiy opponentlar: Hasanov Saidbek, filologiya fanlari doktori, professor, Boltaboev Hamidulla, filologiya fanlari doktori, professor; Sirojiddinov Shuxrat, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi kvantitativlik xususiyatlarini belgilash asosida aruz tizimining evolyusion taraqqiyot yo‘lini aniqlash, aruz nazariyasiga doir Movarounnahr olimlari yozma merosining islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritishdan iborat.  

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

kvantitativ she’r tizimining qadimgi davrlardan bugunchaga bo‘lgan taraqqiyot yo‘lining bosqichlari, tendensiyalari va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash asosida aruz tizimi va aruz nazariyasining rivoji uzluksiz evolyusion jarayondan iborat  ekanligi isbotlangan;

aruz she’r tizimi arab, fors va o‘zbek she’riyatlarining barchasida tashqi ta’sirlarsiz mustaqil vujudga kelgan va zamonaviy davrda shakl va mazmun transformatsiyalariga qodir she’r tuzilishi sifatida baholangan;

islom Uyg‘onish davrida poetik ilmlar yuksak taraqqiy etganligi, ular rivojida Movarounnahr aruzshunos olimlarining yozma merosi va an’analarining islom sivilizatsiyasi ravnaqidagi salmog‘i manbalar asosida dalillangan;

islom Uyg‘onish davridan boshlab XIX asrgacha bo‘lgan davr mobaynida fors aruzi bo‘yicha fors tilida yaratilgan risolalarning tarixiy-xronologik xaritasi ishlab chiqilgan;

aruz tizimining zamonaviy rivojida “yangi she’r” (“شعر نو”,  “شعر سفید”, “الشعر الحور», «الشعر الحدیث») adabiy oqimining vazn (erkin aruz, oq she’r, zina-poyadorlik, sillabo-toniklik) va mazmun transformatsiyalari (modernizm, simvolizm, abstraksionizm, ekzis­ten­sializm, mistisizm, neosufizm)  yoritilgan, “yangi she’r” oqimining janr, obrazlilik, lirik qahramon, shoir va psixolingvistik omillar kabi lingvopoetik xususiyatlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:

fors aruz tizimi va nazariyasining rivojiga oid tarixiy-adabiy ma’lumotlar, fors aruziga oid qo‘lyozma manbalar haqidagi tizimlashti-rilgan axborotlardan Eron Islom respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Eron madaniyati markazida fors-o‘zbek adabiy aloqalari doirasida tashkil etilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirlarda, xususan “O‘zbekiston va Eron adabiy aloqalari: kecha, bugun va ertaga”, “O‘zbek-Eron adabiy aloqalarning imkoniyatlari va vazifalari”, “Fors adabiyoti – O‘zbekistonda” kabilarda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Eron Islom Respublikasi elchixonasi Madaniyat ishlari vakolatxonasining  2018 yil 25 iyuldagi 971301-son ma’lumotnomasi). Natijada Eron va O‘zbekiston mamlakatlarining ikki tomonlama madaniy, ilmiy, ma’naviy-ta’limiy va adabiy munosabatlarini chuqurlashtirishga erishilgan;

islom Uyg‘onish davrida poetik tasavvurlar va badiiy san’atlar rivojiga xissa qo‘shgan movarounnahrlik olimlarning aruz tizimi va aruz nazariyasiga oid ilmiy-nazariy qarashlari A-1-051 raqamli «Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlarimiz diniy-ma’rifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sog‘lom e’tiqodni shakllantirish» (2012–2014) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida tizimli tadqiq etilgan hamda birlamchi manbalar asosida Movarounnahrda islom sivilizatsiyasi tarixini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 7 noyabrdagi 2242-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodda aruzshunoslikka doir movarounnahrlik islom sivilizatsiyasi namoyandalari hayoti va merosi haqida mutanosib tafakkurni shakllantirishga, ularda ajdodlarimiz ilmiy yutuqlaridan g‘urur xis-tuyg‘ularining asosli va turg‘un emotsional kategoriyaga aylanishiga erishilgan;

o‘rta asrlar arab, fors va o‘zbek aruz nazariyalari tarkibidagi juzv (جزو), zihof (زحاف), bahr (بحر), taqti’ (تقطیع), doira (دایره)kabi unsurlar bo‘yicha aruz atamalari va tushunchalari, aruzshunoslik istilohlari lug‘ati, aruzga asoslangan she’riyatning islom ma’naviy-ma’rifiy tafakkurida tutgan o‘rniga doir ma’lumotlardan A-1-041 raqamli “Yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish va uning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan dinshunoslik atamalari qomusini yaratish” (2015–2017) amaliy tadqiqotlar loyihasida aruzshunoslik atamalari mazmuni, atamalar semantik chegaralarini aniqlash, ularni qo‘llashning lingvopoetik asoslari, adabiy an’analar tizimida tutgan mavqeini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 7 noyabrdagi 2242-son ma’lumotnomasi). Natijada poetikaga oid milliy an’analar, uning o‘ziga xos jihatlari, ajdodlarimizning she’rshunoslik bo‘yicha ilmiy-nazariy merosi borasida yoshlarda sog‘lom tafakkurni shakllantirish uchun ilmiy, tarbiyaviy va didaktik-metodologik ta’minot ishlab chiqilgan, tegishli aruzshunoslik istilohlari atamalar qomusiga kiritilgan;

poetika taraqqiyoti, aruz tizimi va nazariyasining kelib chiqishi hamda evolyusiyasi, aruz nazariyasining bir qator Sharq xalqlari adabiyotlariga ta’siri, Movarounnahr aruzshunoslarining arab, fors va o‘zbek aruzlarini rivojlantirishi, aruz bo‘yicha o‘rta asrlarda fors tilida yaratilgan risolalar haqidagi axborotlar adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar mazmunini takomillashtirishga, mumtoz adabiyotda she’r tizimlarining tutgan o‘rniga oid adabiy jarayonlarni ko‘rsatib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 7 noyabrdagi 2242-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz sharq filologiyasi va o‘zbek mumtoz filologiyasi yo‘nalishlarida aruzga doir ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, aruz qo‘lyozmalariga doir yangi ma’lmotlar bilan adabiy-ilmiy jarayonni boyitishga xizmat qilgan;

islom Uyg‘onish davrida poetika yuksak taraqqiy etganligi, poetik ilmlar rivojida movarounnahrlik olimlarning merosi va metrik an’analari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar,arab, fors va o‘zbek aruz nazariyalariga oid o‘rta asrlar qo‘lyozma nusxalari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Davlat adabiyot muzeyining F1-FA-0-55746 raqamli «Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va ularni ilmiy tavsiflab nashrga tayyorlash» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan  (O‘zbekiston Davlat adabiyot muzeyining 2018 yil 26 iyul` 125-son dalolatnomasi). Natijada o‘rta asrlardagi movarounnahrlik olimlarning aruz nazariyasiga oid merosini muqobillik asosida aniq baholash imkoni yaratilgan, dunyo qo‘lyozmalari fondlarida saqlanayotgan aruzga doir qo‘lyozma nusxalar borasidagi ma’lumotlar bilan institut arxiv materiallari boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish