Miryusupova Gulya Fazlidinovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida ko‘krak bezi saratonining epidemiologik va biologik xususiyatlari», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi mavzusi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «N.N. Petrov nomidagi Onkologiya ilmiy tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet tashkilotining ilmiy kengashi majlisida tasdiqlangan (2015 yil 24 noyabrdagi 11-son bayonnomadan ko‘chirma).
Ilmiy maslahatchi: Semiglazov Vladimir Fyodorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Portnoy Sergey Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori; Xodjaev Abduvaxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafur-Axunov Mirza Alliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi«Radiologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» federal davlat byudjet tashkilotining filiali P.A. Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak bezi saratonining biologik va epidemiologik xususiyatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida uni davolash taktikasi va profilaktika strategiyasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli etnik guruhlardagi ayollar orasida ko‘krak bezi saratonining rivojlanish xavfi va progressivlanishining regional epidemiologik xususiyatlari belgilangan;
ayollarning o‘zbek populyasiyasida ko‘krak bezi saratonining biologik subtiplarini ajratish asosida turli etnik guruhlarda kasallikning komorbidligi tayinlangan;
ayollarning regional populyasiyasida o‘smaning immunogistokimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘krak bezi saratonining biologik geterogenligi aniqlangan;
turli etnik guruhlarda karsinomaning subtipi farqlanganida ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavf omillari xususiyatlari belgilangan;
xalqaro hamkorlik doirasida 5 yillik umumiy va residivsiz yashab qolish ko‘rsatkichlariga ko‘ra ko‘krak bezi saratoni bilan bemorlarda o‘smaning immunogistokimyoviy tahlilini tatbiq etish samaradorligi baholangan;
o‘zbek populyasiyasida epidemiologik ko‘rsatkichlar va o‘smaning immunogistokimyoviy tavsiflari asosida ko‘krak bezi saratonining klinik va biologik xususiyatlari belgilangan;
o‘smaning immunogistokimyoviy tahlili asosida turli etnik guruhlarda ko‘krak bezi saratonini kompleks davolashning bir xil klinik samaradorligi isbotlangan;
ayollarning o‘zbek populyasiyasida xavf guruhi va kasallikning belgisiz kechish guruhida ko‘krak bezi saratonini erta tashxislash usuli takomillashtirilgan;
ko‘krak bezi saratonining biologik geterogenligini o‘rganish va immunogistokimyoviy verifikatsiyasi natijalari asosida cerB2/neu geni amplifikatsiyasi borligini aniqlash uchun FISH-reaksiya (in-situ fluoressent gibridizatsiya) o‘tkazish va yangi avlod genlarini sekvenirlash usulida BRCA1, BRCA2 genlarida mutatsiyalar borligini o‘rganish zarurati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni bilan bemorlarni tashxislash va kompleks davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smaning biologik geterogenligi asosida ko‘krak bezi saratonini kompleks davolash strategiyasiga metodologik yondashuv tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 maydagi 8n-d/92-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan metodologik yondashuv ko‘krak bezi saratoni bilan bemorlarda 5 yillik umumiy va residivsiz yashab qolish ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
ko‘krak bezi saratonining lyuminal Her2/neu-manfiy subtipida Ki67 indeksi darajasi noma’lum bo‘lgan bemorlarda ad’yuvant gormonoterapiyani tanlash metodikasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 sentyabrdagi 8n-d/192-son ma’lumotnomasi). Ko‘krak bezi saratonining ushbu biologik subtipi bilan bemorlarda taklif etilgan taktikani qo‘llash 5 yillik umumiy va residivsiz yashab qolish ko‘rsatkichlarini tegishli ravishda 65,2% va 73,2% gacha yaxshilash imkonini bergan;
«Ko‘krak bezi kasalliklarida tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 sentyabrdagi 8n-d/192-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasida patologiyaning o‘lkaga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ayollarda ko‘krak bezi kasalliklarini erta tashxislash dasturini optimallashtirish, xavf guruhidagi bemorlarni va belgilarsiz kechuvchi bemorlar guruhini aniqlash imkonini bergan;
ko‘krak bezi saratoni bilan bemorlarni tashxislash va kompleks davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, uning Samarqand va Jizzax filiallari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 sentyabrdagi 8n-d/20-son ma’lumotnomasi). Ko‘krak bezi saratoni bilan bemorlarni tashxislash va kompleks davolashga taklif etilgan metodologik yondashuvni qo‘llash o‘smaning III–IV bosqichi bilan birlamchi bemorlarning yuqori ulushiga (34,6%) qaramay, 5 yillik residivsiz yashab qolish ko‘rsatkichini 51,4% gacha, 5 yillik umumiy yashab qolish ko‘rsatkichini 58,3% gacha yaxshilash imkonini bergan.