Madiyorov Baxtiyor Tashpulotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrisimon bez o‘smalarini jarrohlik davolashda miniinvaziv texnologiyalar», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib206.
Ilmiy rahbar: Krotov Nikolay Fyodorovich,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiy akademiyasi FBXTOTM, Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:miniinvaziv texnologiyalarni qo‘llash yo‘li bilan ayrisimon bez o‘smalarining tashxislash va jarrohlik usulda davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diagnostik torakoskopiya o‘tkazishning xususiyatlariga va uning timomani bosqichi, o‘sma jarayonining tarqalganlik darajasi va rezeksiya qilish imkoniyatini ob’ektiv baholashda verifikatsion ustunligi isbotlangan;
ayrisimon bezning o‘smalari morfologik verifikatsiyasida transtorakal punksion biopsiyaning sezgirligi, spesifikligi va ma’lumot berishi aniqlangan;
o‘sma jarayonining T1N0M0 va T2N0M0 bosqichlarida miniinvaziv timektomiyaning ablastika va antiblastikaning asosiy prinsiplariga javob berishi va yashab qolish ko‘rsatkichlari 100 va 95% bo‘lgan radikal xususiyatga egaligi isbotlangan;
uzoq metastazlanish identifikatsiyasini hisobga olgan holda o‘sma jarayonining bosqichi va tarqalganligiga bog‘liq ravishda ayrisimon bez o‘smalarini kompleks davolashning mezonlari aniqlangan;
ayrisimon bez xavfli o‘smalarining differensiallashgan gistologik tipining umumiy yashab qolish ko‘rsatkichlariga ta’sirining kuchli korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrisimon bezi o‘smasiningtashxisi va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Timus o‘smasini tashxislash va jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-103-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tashxislash va davolash sifatini yaxshilash, o‘rtacha amaliyot ichi qon ketishlarini ishonchli tarzda 186,32±32,8 ml dan 94,2±20,6 ml gacha kamaytirish va plevra bo‘shlig‘ini drenajlash davomiyligini 4,5±0,5 kundan 2,5±0,8 kungacha kamaytirish imkonini bergan;
«Ko‘ks oralig‘i o‘smalarini tashxislash va davolash taktikasini tanlash uchun dastur» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-103-son ma’lumotnomasi). Klinik tashxislash algoritmidan foydalanish har bir alohida holatda optimal davolash usullarini tanlash imkonini bergan;
Ayrisimon bezi o‘smasining diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi torakal onkoxirurgiya bo‘limida, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyat filiallari torakoabdominal xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-d/103-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdan olingan natijalar asosida qilingan takliflar ABO‘li bemorlarda ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam turini kengaytirish, shuningdek davolash sifati va yaxshi natijalar chastotasini 82,7%dan 96,8%gacha, shifoxonada yotish muddatini 16,2±2,8 kundan 10,4±3,2 kungacha qisqartirish, shu bilan davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.