Toshmatova Visolaxon Ikrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Pandemiya davrida bemorlarning huquqlarini himoyalashni xalqaro huquqiy jihatdan tartibga solish” 12.00.10 – Xalqaro huquq.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1264.
Ilmiy rahbar: G‘afurova Nozimaxon Eldarovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01
Rasmiy opponentlar: Eshmatova Feruza Farxodovna yuridik fanlar doktori, professor; Toshev Bobokul Norkobilovich yuridik fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pandemiya davrida bemorlar huquqlarini muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy tartibga solinishini kompleks o‘rganish va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: fundamental tadqiqotlar natijasida evtanaziyaning mualliflik ta’rifi taklif etildi va asoslantirildi. Bu ta’rifga ko‘ra, evtanaziya – davolab bo‘lmaydigan bemorning ixtiyoriy roziligi bilan, uning chidab bo‘lmas azob-uqubatlarini bartaraf etish maqsadida, hayotini to‘xtatishga qaratilgan tibbiy aralashuvdir;
pensiya yoshdagilarning ijtimoiy va huquqiy xizmatlardan teng foydalanishi hamda ularning huquqlarini ta’minlash zarurati asoslantirildi. Bu xizmatlar kamsitishni istisno etib, ayniqsa pandemiya va favqulodda vaziyatlar sharoitida, keksalarning himoyasi, mustaqilligi va parvarishlash sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi asoslantirldi;
pensiya yoshdagilar tibbiy xizmatlardan va sharoitlardan teng foydalanish huquqiga ega bo‘lishlari, o‘z huquqlarini amalga oshirish, qadr-qimmatlarini hurmat qilish hamda o‘z parvarishi va hayot sifati to‘g‘risida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerakligi asoslantirildi;
nafaqat kasallangan shaxslarni, balki ular bilan birga yashovchi kishilarni ham sanitariya-epidemiologiya organlari tomonidan belgilangan muddatga uy sharoitida yoki maxsus belgilangan joylarda izolyasiya qilish to‘g‘risidagi me’yorlarni joriy etish zarurati asoslantirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro huquq tizimida bemorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlashning nazariy va amaliy muammolarini ilmiy tadqiq etish natijalariga ko‘ra:
evtanaziya atamasiga muallif tomonidan berilgan ta’rif, shuningdek, uning mazmun-mohiyati va tamoyillarini joriy etish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasining 109-moddasi “Evtanaziyani taqiqlash”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va evtanaziyaning terminologik apparatini boyitish va mohiyatini to‘g‘ri tushunishga, shuningdek, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro pakt (12-modda) va boshqa xalqaro majburiyatlar doirasidagi xalqaro majburiyatlarni samarali bajarishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 19-yanvardagi 7-01/212-17-01-sonli dalolatnomasi);
pensiya yoshidagi insonlarga teng huquqlar va imkoniyatlarni yaratish, jumladan, pandemiya yoki boshqa favqulodda vaziyatlar davrida kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik orqali oila va davlat tomonidan g‘amxo‘rlik va himoyalanish ta’minlanishi kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasining 32-moddasi “Pensiya yoshidagi fuqarolar huquqlari”ni ishlab chiqishda keksalar huquqlarining o‘rni, maqomi va mezonlarini aniq belgilashga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 19-yanvardagi 7-01/212-17-01-sonli dalolatnomasi). Taklifning joriy etilishi natijasida nafaqa yoshidagi shaxslarning huquqlarini tegishli parvarish bilan ta’minlash hamda pandemiya yoki boshqa favqulodda vaziyatlar davrida ularga nisbatan kamsitishlarning oldini olishga xizmat qilgan;
pensiya yoshidagi shaxslarning erkinligini oshirish, himoya va parvarishni ta’minlash, shuningdek, ularga reabilitatsiya va qo‘llab-quvvatlashni xavfsiz sharoitlarda ta’minlaydigan vasiylik muassasalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish uchun ijtimoiy va huquqiy xizmatlarga ega bo‘lish huquqini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasining 32-moddasi “Pensiya yoshidagi fuqarolarning huquqlari”ni ishlab chiqishda hisobga olingan. Mazkur taklifni hisobga olish (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 19 yanvardagi №7-01/212-17-01 xat bilan tasdiqlangan akti) davlatning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 12-moddasi, BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasining №14 Umumiy tartibdagi tavsiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasini amalga oshirishdagi mas’uliyatini kuchaytirdi.
sanitariya-epidemiologiya organlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra izolyasiya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni, shuningdek ular bilan birga yashovchi shaxslarni ham sanitariya-epidemiologiya organlari tomonidan belgilangan muddatga uy sharoitida yoki maxsus belgilangan joylarda izolyasiya qilish to‘g‘risidagi qo‘shimcha qoidalarni kiritish zarurligi haqidagi taklif inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 176-son qarori 3-qismining “b” bandiga kiritildi (3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021 y., 09/21/694/1075-son) (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 12-yanvardagi 12/1-392-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi pandemiya sharoitida insonlarning sog‘lig‘iga bo‘lgan huquqini himoya qilishga xizmat qildi.