Sultanov Akram Namazbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
“Zamonaviy masjidlar arxiteturasini shakllantirishdagi yetakchi an’analar”, 18.00.01–Arxitetura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va saqlash.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/A104.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti”.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti. PhD.26/26.01.2023.A.109.05
Rasmiy opponentlar: 1) arx.f.d. professor Yusupova Mavlyuda Aminjanovna,
2) a.f.b.f.d (PhD) Boboqandov Otabek Nuriddinovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand shahri xalqaro turizm va madaniy meros universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi tarixiy va zamonaviy masjidlar arxitekturasini shakllantirishdagi ilg‘or an’analarni, masjidlarga qo‘yilgan eng asosiy islomiy talablarni o‘rganish asosida zamonaviy masjidlar tipologiyasi, sig‘imi, undagi ayollar o‘rnini, minoralar sonini, qurilayotgan masjidlar bezaklarini aniqlash, masjidlar qurilishidagi me’moriy qoidalarni takomillashtirish, ular arxitekturasi bo‘yicha nazariy hamda loyihaviy takliflar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy masjidlar tipologiyasi o‘tmishda keng tarqalgan guzar, juma, jome va namozgohlardan farqli ravishda endi ancha qisqargan ko‘rinishda: mahalla va jome masjidlari tarzida shakllanayotgani, avvalgi juma va namozgoh masjidlarining funksiyalari hozirda jome masjidlariga yuklatilgani aniqlangan;
zamonaviy masjidlar arxitekturasi va bezaklarini shakllantirishdagi ilg‘or an’analar aniqlangan: bino arxitekturasidagi salobatlilik, kompozisiyaviy yaxlitlik, bosh fasadning simmetriyada bo‘lishligi; masjid kompozisiyasida ibodat zali, masjid gumbazlari, minoralar arxitekturasining yetakchilik qilishi; ibodat zali inter`eriga xos fazoviylik, mehrob, gumbaz shakli va gumbaz osti echimining me’moriy–badiiy bo‘rttirilishi; masjid bezaklari va naqshlarida girih, islimiy, yozuviy, kundal va muqarnaslarning qo‘llanilishi; binoga kirish eshiklari, bino tarzi va badiiy tugallik shakllarining me’moriy yetakchiligi va uyg‘unligi; masjidlar binosi tarkibiga qo‘shimcha funksiyalar, masalan kutubxona va hadisshunoslik to‘garagi xonalari, kitob do‘koni, qorovulxonalarning kiritilishi aniqlangan;
masjidlarning aholiga xizmat ko‘rsatish radiusi (mahalla masjidlariniki 1,5-2 kilometrgacha, jome masjidlariniki 3-4 kilometrgacha bo‘lishligi) aniqlangan;
masjidlar ibodat zalining maydonini me’yorlashtirish bo‘yicha aniqlik kiritilgan, ya’ni ibodat zalining maydonini bir namozxon uchun 130x60 sm hisobida me’yorlashtirish taklif etilgan;
masjid binosi tarkibi (hududida) namozxon ayollar uchun joy ajratish va uni me’moriy tashkillashtirish masalasi ochiqlangan;
masjidlar hajmiy echimi va arxitekturasida minoralarni tashkillashtirish va sonini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan;
masjidlarda namozxonlarning oyoq kiyimlari o‘rnini me’moriy tashkillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: SuvKSMlarining arxitekturaviy rejalashtirish echimlarini tadqiq etish va ishlab chiqish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston masjidsozligining ilmiy–nazariy va loyihaviy asoslarini takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masjidlar ibodat zalining maydonini bir namozxon uchun 1,30x70 sm hisobida, ya’ni qatorlar orasini 1,30 metr, namozxonlar o‘rnining enini 0,7 metr o‘lchamda me’yorlashtirishni, jome masjidlari asosiy ibodat zalining balandligini 7 metrdan kam bo‘lmasligi, hozirda qurilayotgan jome masjidlarida er maydonining kamchiligi va namozxonlar sonining ko‘pligini hisobga olib, asosiy ibodat zali ostiga qo‘shimcha pastki qavat honaqosini qurish mumkinligini, xonaqoh qiblasi devoriga namozxonlarning imom amru–marufini ko‘rish va eshitish uchun katta monitor o‘rnatish lozimligi, har bir masjid binosi uchun ularni sig‘imiga qarab masjid bosh rejasida namozxonlar avtomobillariga avtoturargohlar rejalashtirish maqsadida 1 ta avtomobil joyining me’yoriy darajasi (35 gradusli ajratish chiziqli avtoturargoxlarda 1 ta avtomobil uchun 2,30x4,50 metr maydon ajratilishi, ya’ni 10,85m2) bo‘lishligi, masjidlarning kamida bitta minorasi bo‘lishligi, masjidlardagi tashqi va ichki bezaklar uyg‘unligining ta’minlanishi zarurligi, gumbazosti qurilmalari va mehroblarni bezashda xoshiya, sharafa, ravoq, kundal va an’anaviy muqarnasli naqshlardan foydalanish zarurligi, masjidlarda tahoratxonalar, xojatxonlarning chetroqqa joylashtirilishi va iloji bo‘lgan hollarda pastki qavatga yoki er ostiga tushirilishi bo‘yicha muallif ishlab chiqqan tavsiyalar Navoi, Samarqand va Jizzax viloyatlari musulmonlar idorasi diniy boshqarmalari tomonidan qurilayotgan zamonaviy masjidlarda qo‘llash uchun foydalanilgan. Mazkur ilmiy va amaliy tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi zamonaviy masjidlar arxitekturasini rivojlantirishga, namozxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga, masjidlarni zamonaviy me’moriy–estetik va islomiy talablarga moslashtirish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilgan;
zamonaviy masjidlar tipologiyasi O‘rta Osiyo mintaqasida o‘tmishda keng tarqalgan guzar, juma, jome va namozgohlardan farqli o‘laroq endi endi ancha qisqargan ko‘rinishda: guzar (mahalla) va jome masjidlari tarzida shakllangani, avvalgi juma va namozgoh masjidlarining funksiyalari hozirda jome masjidlariga yuklatilganligi; zamonaviy masjidlar arxitekturasi milliy mentalitet va yuksak badiiy estetik g‘oyalar asosida yaratilishi, ayni paytda, umuminsoniy me’moriy–badiiy qadriyatlarni hisobga olishi, islom dunyosiga xos ilg‘or zamonaviy me’moriy uslublar taʼsiridan chetda qolmasligi; masjidlarning namozxonlarga xizmat ko‘rsatish radiusi ularning mavqei va sig‘imiga bog‘liq holda, ya’ni guzar masjidlariniki 1,5–2 kilometrgacha, jome masjidlariniki esa namozxonlarning masjidga mashinalarda kelishini hisobga olib 3–4 kilometrgacha bo‘lishligi; masjidlarning shahar rejasida joylashishi shahar kvartallari, mahallalar guzarlarida va bozorlarga yaqin, namozxonlarning kelib–ketishiga qulay, katta ko‘chalarga yaqin joylarda bo‘lishligi; ayollar masjidga erkaklar kirib chiqadigan asosiy eshikdan emas, balki yon eshikdan yoki ular uchun alohida ayollar bloki tarzida joy rejalashtirilishi, ayollar masjidga yon eshikdan kirishi ko‘zda tutilganda ular uchun masjid zalining ikkinchi oshyonidan mehrobli alohida xona ajratilishi; namozxonlar namozdan so‘ng o‘z oyoq kiyimlarini oson topishi va kiyimlarning yog‘ingarchilik kunlari namgarchilikda qolib ketmasligini taʼminlash maqsadida bino eshiklari oldidagi xoll devorlariga odam bo‘yi balandligigacha engil yog‘och konstruksiyali qator tokchalar o‘rnatilishining zarurligiga oid xulosalardan Navoi, Samarqand, Jizzax viloyatlari diniy boshqarmalari, “O‘zbekiston musulmonlari idorasi”ning 2023 yil 23.iyundagi №1863 sonli dalolatnomasi va “O‘zbekiston shaharsozlik loyihalash va ilmiy–tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi tomonidan foydalanilgan (“O‘ZShAHARSOZLIK LITI” DUKning 2023 yil 02 iyuldagi 1-01/889-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi loyihalanayotgan va qurilayotgan masjidlar arxitekturasi sifat darajasining oshishiga xizmat qilgan.