Inoyatov Ikrom Shaxrilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv xo‘jaligi bo‘lajak muhandislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishni modellashtirish (Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2023.2.PhD/Ped5043
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Choriev Ruzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich – Chirchiq Davlat pedagogika universiteti professori,pedagogika fanlari doktori (13.00.05).
Matyakubov Baxtiyar Shamurotovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori. (06.01.02).
Yetakchi tashkilot – Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Suv xo‘jaligi bo‘lajak muhandislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishni modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarini metodika nuqtai nazaridan innovatsion yondashuvini pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini shakllantirishning zarurati va ahamiyati isbotlangan;
talabalarning o‘quv-bilish faoliyati tuzilishini tarkibiy qismi sifatida innovatsion yondashuv mazmunini shakllantirish tizimida operatsion muammolarni hal qilish jarayonida aqliy faoliyat (tushunchali, obrazli va amaliy) elementlarining o‘zaro ta’siri talabalarda innovatsion kashfiyotchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda divergent (muammoli) fikrlash usullarini tizimli-tarkibiy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida talabalarda innovatsion tadqiqotchilik qobiliyatini shaklllantirishning erudision omili va talabalar bilan individual ishlashga imkon beradigan mustaqil harakatlanish ko‘nikmalarini “inson-texnika”, “inson-belgi”, “inson-tabiat” asosida integrallashgan tizimni tarkiblashtirishga o‘rgatishning intellektual asosi hamda kognitiv rivojlanishning muhim sharti ekanligi asoslangan;
suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining innovatsion yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini shakllantirish modelini, sohaga doir muammolar, ularning echimiga qaratilgan “Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” mobil ilovasi va innovatsion (“Piktogramma”, “Asisment”, “Muammoli vaziyat yaratish”) ta’lim metodlaridan samarali foydalanish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida innovatsion yondashuvni shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida.
talabalarning o‘quv-bilish faoliyati tuzilishining tarkibiy qismi sifatida innovatsion yondashuv mazmunini rivojlantirish tizimida operatsion muammolarni hal qilish jarayonida aqliy faoliyatli (tushunchali, obrazli va amaliy) elementlarining o‘zaro ta’siri talabalarda kashfiyotchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda divergent fikrlash usullarini tizimli-tarkibiy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar berilgan ( Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 18 oktyabrdagi 02/01-01-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy faoliyatiga tayyorlash jarayonida konvergent fikrlashdan divergent fikrlash darajasiga erishilgan;
kasbiy faoliyatga innovatsion yondashuvni shakllantirishni ta’minlovchi jarayonining tarkibiy-funksional komponentlari(kontentli, texnologik va kommunikatsion)ni individual, kibernetik yondashuv asosida mazmunan takomillashtirish, bo‘lajak muhandislar malaka talablari bilan ilm-fan taraqqiyoti tendensiyalarini integratsiyalash asosida ularning tafakkurini namoyon qiluvchi muhim sifatlar(motivatsion, axborotli va faoliyatli)ning funksional xususiyatlarini optimallashtirishga doir takliflar “Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish” nomli elektron darslik hamda “Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ – 42 son qaroriga asosan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universitetining o‘z grifti asosida o‘quv adabiyotlarini nashr etish bo‘yicha 2023 yil 18 apreldagi “108 a/f”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami 108 a/f -33). Natijada, ta’lim jarayonida talabalarning innovatsion yondashuvini shakllantirishga erishilgan.
“Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” fanini o‘qitishning metodik shart-sharoitlarini loyihaviy faoliyatning texnologik va refleksiv fazalari intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” elektron mobil ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan ( Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 18 oktyabrdagi 02/01-01-93-son ma’lumotnomasi) Natijada, “Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” fanini o‘qitishning elektron-didaktik ta’minotini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.