Sayt test rejimida ishlamoqda

Absanov Axmad Abdusattarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molekulyar klasterlardagi molekulalararo ta’sirlar va ularning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishi», 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/FM284
Ilmiy maslahatchi: Jumabaev Abduvahid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Astanov Salix Xusenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Ilyos Arzimuratovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Ytakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab molekulyar klasterlarning shakllanish mexanizmlarini va ulardagi molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning tabiatini tajriba va kvant-kimyoviy hisoblashlar yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagi natijalardan iborat:
ilk bor tajribalarda sirka va propion kislotalari C=O tebranish polosalarining murakkabligi turli molekulyar klasterlarning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, bog‘langan elektron bulutning qayta taqsimlanishi C=O bog‘lanish kuch doimiysining bir-biridan farq qilishi aniqlangan;
hisoblashlarda sirka va propion kislotalarining asetonitril va suv bilan eritmalarida O-H...N va C=O...H ko‘rinishidagi vodorod bog‘lanish hosil bo‘lishi sababli C=O valent tebranish polosalarining maksimumlarida siljish aniqlangan;
ilk bor hisoblashlarda propion kislotasida to‘rt tipdagi dimerlar geometrik tuzilishi va o‘zaro ta’sir energiyalari hamda eng barqaror dimer aniqlangan hamda bunday dimerning shakllanishida molekulalararo vodorod bog‘lanishlar dominant rol o‘ynashi ko‘rsatilgan;
ilk bor hisoblashlarda uchftrotsirka kislotasi suv molekulalari bilan turli xil molekulyar klasterlarni hosil qilib, klasterdagi suv molekulalari sonining oshishi bilan klaster barqarorlashishi aniqlandi. Bunday klasterlar orasida eng barqarori [CF3COOH+(H2O)4] klaster bo‘lib, bisiklik shaklda bo‘ladi. Suv molekulalari soni beshtaga etganda, kislotaning karboksil guruhiga tegishli bitta proton suv molekulasiga o‘tadi va -COO-H2O+ anioni hosil bo‘ladi;
moy kislotasining monomer, dimer, trimerlari hamda uning asetonitril, DMSO, pridin va suv bilan eritmalarida S=O va O-N tebranishlarga mos keladigan spektral chiziqlarning qizil siljishi aniqlandi va bu siljish siklik yopiq dimerlarda eng katta bo‘lib, siklik yopiq dimerning energetik jihatdan barqarorligi aniqlangan;
etanolning suvli eritmalarida etanolning miqdori kamayishi bilan Raman va FTIR spektrlaridagi C-H va O-H valent tebranishlariga mos keladigan polosalarining yuqori chastota tomonga siljishi kuzatilgan, bunda suv molekulalari sonining oshishi bilan O-H···O va C-H···O ko‘rinishidagi vodorod bog‘lanishlar hosil bo‘lishi kuzatilgan;
asetonitril va uning suv bilan eritmasida C-H···O va C≡N···H ko‘rinishidagi noklassik vodorod bog‘lanishlar hosil bo‘lishi natijasida asetonitrilning C≡N va C-H tebranish polosalarining ko‘k siljishi aniqlangan;
asetonitrilning formamid bilan eritmalarida C-H...O va C≡N···H ko‘rinishidagi noklassik vodorod bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi aniqlangan, bu esa asetonitrilning miqdori kamayishi bilan C≡N valent tebranish polosalarining ko‘k siljishiga olib kelishi ko‘rsatilgan;
ilk bor noempirik hisoblashlarda asetonitril, pridin va DMSO molekulalarining galogen molekulalari (Br2, Cl2 va BrCl) bilan o‘zaro ta’sirlari o‘rganilgan. Asetonitrilning galogen molekulalari bilan klasterlarida C≡N valent tebranish polosalarining ko‘k siljishi kuzatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
asetonitril-galogen klasterlarida C≡N guruhi orqali kuchsiz H-bog‘lanishlar orqali nokovalent o‘zaro ta’sirlarni aniqlash natijalari Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi S.U.Umarov nomidagi Fizika-texnika instituti Kvant elektronikasi laboratoriyasida bajarilgan 0121TJ1255 raqamli «Razrabotka texnologii izgotovleniya svetodiodov, injeksionnix lazerov i noveyshix sverxchuvstvitel`nix datchikov na osnove poluprovodnikovix soedineniy» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (TMFA S.U.Umarov nomidagi fizika-texnika institutining 2024-yil 15-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi svetodiodlarning va sezgirligi yuqori bo‘lgan yangi datchiklarning elektrooptik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
sirka va propion kislotalarining asetonitril va suv bilan eritmalarida O-H...N va C=O...H ko‘rinishidagi vodorod bog‘lanish hosil bo‘lishini aniqlash natijalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan IL-4821091628 raqamli “Fotovaltaikada qo‘llanish uchun shaffof o‘tkazuvchan metall oksidlardagi nanostrukturalangan grafenli ploynkalarni shakllantirish va ulardagi zaryad tashuvchilarining ko‘chish jarayonlari mexanizmlari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 11-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sirka va propion kislotalarining asetonitril va suv bilan eritmalarida vodorod bog‘lanish hosil bo‘lish sabablarini aniqlash imkonini bergan;
tadqiqot obektlarining izolyasiyalangan monomer, dimer, trimer hamda uning asetonitril va suv molekulalari bilan molekulyar klasterlarining shakllanish mexanizmlarini aniqlash natijalari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bajarilgan FZ-2020092877 raqamli “Bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitlarda gnomal modda ko‘chishi va suyuqliklar sizishi jarayonlarining matematik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2025-yil 11-yanvardagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi birjinslimas g‘ovak muhitlarda suyuqliklar sizishining asosiy ko‘rsatkichlariga xususan, sizish tezligi, bosim, bosim gradienti maydonlari tarqalishiga, zonalar orasidagi massa almashinuvga suyuqliklarning anomal reologik xususiyatlaridan bog‘liqligini nazariy asoslash sabablarini aniqlash imkonini bergan;
 tadqiqot natijalarining tadbiqi natijalariga Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etilgan 100 ga yaqin tajriba va modellashtirish tadqiqotlarida, shuningdek, sharh maqolalarida iqtibos keltirish orqali ham joriy qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish