Xidirova Moxiniso Baxromovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘zg‘aluvchan muhitlarni matematik modellashtirish usullari», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T30.
Ilmiy maslahatchi: Ismailov Mirhalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Kabulov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.A. Trapeznikov nomidagi Boshqaruv muammolari instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘zg‘aluvchan muhit faoliyati qonuniyatlarining elementlararo fazoviy-vaqtiy o‘zaro munosabatlarini inobatga olgan holda matematik modellashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta aloqa global mexanizmlarini hisobga olgan holda qo‘zg‘aluvchan muhitda impul`slarni uzatish jarayonlarini sonli tasvirlashning lokal usulini qo‘llab kompleks usulga asoslangan qo‘zg‘aluvchan muhitni matematik modellashtirish usuli yaratilgan;
elementlararo o‘zaro munosabatlarning nochiziqliligi, pirovard mahsulotni ingibirlash va kooperativlikni hisobga oluvchi qayta aloqa asosida biologik qo‘zg‘aluvchan muhit regulyator mexanizmlarini modellashtirish usuli ishlab chiqilgan;
ketma-ket qo‘zg‘alish jarayonlarini fazoviy-vaqtiy tashkil etilishini inobatga olgan holda qo‘zg‘aluvchan muhitning funksional-differensial tenglamalarini qurish usuli ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan muhit funksional-differensial tenglamalarining funksional va diskret tenglama ko‘rinishdagi reduksiya qilingan tizimini tuzish usuli ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan muhit faoliyat mexanizmlarini sonli tadqiq qilish usullari, algoritmlari va dasturlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida qo‘zg‘aluvchan muhitni matematik modellashtirish usuli, anomaliyalarni erta tashxislash algoritmlari va dasturiy majmualari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasalliklar kechuv mexanizmlarini bashoratlash modellari va algoritmlari bo‘yicha «Regulyatorika funksional-differensial tenglamalarining sifatiy tahlili uchun dastur (QUANT-FDE)»,«Bo‘linayotgan hujayralarda apoptoz mexanizmlarini hisobiy tahlil qilish informatsion texnologiya instrumentariyasi (IMITAP)», «Norma va anomal holatlarda yurak, qalqonsimon bez va jigar hujayralari faoliyati regulyatorikasi tenglamalarining xos echimlarini sifatiy tahlil qilish dasturiy ta’minoti (KAUR-1)», «Dinamik xaos va «qora o‘rama» sohalarida tirik tizimlar regulyatorikasini hisobiy tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot (KAUR-2)»,«Organ va to‘qimalarning ko‘p hujayrali organizm darajasida o‘zaro bog‘liq faoliyati regulyatorikasining kompyuter modeli (KVOTUM)», «Norma va kasallanish rejimiga o‘tishda organizm regulyatorikasi holatini baholash uchun dastur» dasturiy vositalaridan «UNICON.UZ» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («UNICON.UZ» DUKning 2018 yil 12 oktyabrdagi xulosasi). Natijada biologik qo‘zg‘aluvchan muhit regulyator mexanizmlarini modellashtirish usuli yordamida yaratilgan dasturiy majmualar asosida ma’lum bir qo‘zg‘aluvchan muhit faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini va regulyator mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;
qayta aloqa global mexanizmlarini hisobga olgan holda qo‘zg‘aluvchan muhitda impul`slarni uzatish jarayonlarini sonli tasvirlashning lokal uslubini qo‘llab kompleks usulga asoslangan qo‘zg‘aluvchan muhitni matematik modellar va dasturiy ta’minotlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi sog‘liqni saqlash amaliyotida, xususan Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti amaliyotida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 33-8/4865-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi virus etiologiyali jigar saratonini erta tashxisi aniqligini 1,5-2 marta oshirish va kasallikni kelib chiqishini avvaldan bashoratlash, davolash taktikasini 35-40%ga optimallashtirish imkonini bergan;
norma va rak holatlarida «yurak-jigar-qalqonsimon bez» qo‘zg‘aluvchan muhit regulyator mexanizmlarining matematik modeli va dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi sog‘liqni saqlash amaliyotida, xususan Onkologiya ilmiy markazi amaliyotida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 33-8/4865-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi rak kasalligi kelib chiqishini avvaldan bashoratlash, bemorlarga tashxis qo‘yishning ishonchliligini oshirish, davolash jarayonida vaqt tejamkorligiga erishish, ilmiy tajribalar o‘tkazish va rejalashtirish jarayonini yaxshilash hamda regulyasiya noeffektiv nuqtalarini aniqlash hisobiga xarajatlarni 10% kamaytirish imkonini bergan;
yurak, qalqonsimon bez, jigar hujayralari o‘zaro faoliyati regulyatorikasining matematik modeli va uning anomaliyalarini bashoratlash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi sog‘liqni saqlash amaliyotida, xususan Toshkent tibbiyot akademiyasi amaliyotida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 33-8/4865-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi tashxis aniqligini oshirish, patogenez xususiyatlarini aniqlash va davo taktikasi samaradorligini oshirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni ta’minlash imkonini bergan;
elementlararo o‘zaro munosabatlarning nochiziqliligi, pirovard mahsulotni ingibirlash va kooperativlikni hisobga oluvchi qayta aloqa asosida biologik qo‘zg‘aluvchan muhit regulyator mexanizmlarining matematik modeli va dasturlar majmuasi “Orzubek shifo servis” MChJda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 33-8/4865-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi rak kasalliklarini kelib chiqishini avvaldan bashoratlash, tashxis qo‘yishning ishonchliligini 1,3 martaga oshirish va davo taktikasi samaradorligini 25%ga oshirish imkonini yaratgan.