Orifjonova Gulnoza Qobuljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda o‘sadigan Qo‘ziquloq-Phlomis thapsoides (Bge.) er ustki qismini farmakognostik o‘rganish», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Far91.
Ilmiy rahbar: Mullajonova Manzura Toxirovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘sadigan Phlomis thapsoides Bge. o‘simligini tibbiyot amaliyotida qo‘llash va uning asosida tinchlantiruvchi dori vosita hamda biologik faol qo‘shimchani yaratish imkoniyatini asoslash uchun farmakognostik aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy dorivor o‘simlik Phlomis thapsoides Bge. qo‘ziquloq xomashyosi tarkibidagi biologik faol moddalarining asosiy guruhlari (mono- va polisaxaridlar, aminokislotalar, vitaminlar, organik kislotalar, lipidlar, flavonoidlar va mineral moddalar) va ularning miqdori aniqlangan;
ilk bor xomashyoni standartlash uchun lozim bo‘lgan morfologik-anatomik diagnostik belgilari (epidermis hujayra devorlari to‘lqinsimon, efir moyini ishlab chiqaradigan oddiy, ko‘p hujayrali yulduzsimon va boshchasimon tuklar, parenxima hujayralari dumaloq oval, xlorofill donachalari, efir moyi tomchilari, ko‘p sonli kal`siy oksalat kristallari) va uning sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, shuningdek, ekologik tozaligi va qo‘llashdagi xavfsizligi aniqlangan;
xomashyo tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddasi- flavonoidlarning sifat va miqdoriy tahliliga uslubiy yondashuvlar tavsiya etilgan hamda ularning to‘planish dinamikasi isbotlangan va o‘simlik qiyg‘os gullagan davrida maksimal darajada bo‘lishi aniqlangan;
flavonoidlarning miqdoriy me’yorlari, xomashyoni tayyorlash va saqlashning mo‘’tadil muddatlari hamda xomashyoni tayyorlash jarayonidan boshlab 2,5 yil davomida ishlatish belgilangan.
Phlomis thapsoides Bge. er ustki qismidan olingan quruq ekstrakti va uning asosida olingan «Phlokap» biologik faol qo‘shimchaning chinlik va sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda o‘sadigan Phlomis thapsoides Bge. er ustki qismini farmakognostik aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qo‘ziquloq er ustki qismi» uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun torpshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi»ning 2024 yil 14 avgustdagi 41/11-10866-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi asab kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositasini ishlab chiqish imkonini beradi;
«Phlokap» BFQ uchun Texnik shartlar (Ts 23650019-005:2020) hamda uni ishlab chiqish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 23650019-005:2020) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «Halsica» xususiy korxonasida tinchlantiruvchi ta’sirli asab kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladigan BFQ ishlab chiqish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida Phlomis thapsoides Bge. er ustki qismining tinchlantiruvchi ta’siri hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, samarali tinchlantiruvchi faolikka ega bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.