O‘rinov Sherali Xayrullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rik danagini chaqish jarayonini tadqiq qilish va qurilmasini ishlab chiqish”, 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3449.
Ilmiy rahbar: Djuraev Xayrullo Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan: O‘rik danagida yoriq hosil qiluvchi qurilma (IAP 06706).
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rik danagi qobig‘ida yoriq hosil qilish va danak qobig‘ini uzlyuksiz chaqish jarayonini amalga oshirishning energiyatejamkor qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rik danagi qobig‘ining fizik, mexanik xossalarining tahlili asosida, qobiqning 1,01÷2,16mm oraliqdagi qalinliklari bo‘yicha siqilish darajalarining qiymati 0,588÷0,845mm tashkil etishi tajribalar asosida aniqlangan.
o‘rik danagini chaqish uchun sarflanayotgan yuklama miqdori, namunaning namlik darajasiga bog‘liqligi aniqlanib, namlik darajasi 4% bo‘lgan o‘rik danagini chaqish uchun 0,656kN, namligi 6% bo‘lgan o‘rik danagi uchun 0,586kN, hamda namligi 8% bo‘lgan namuna uchun 0,567kN yuklama zarurligi asoslangan;
ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi mexanizm bilan juftlikda ishlovchi, 8 ta yacheykadan tashkil topgan, bir biriga qarama-qarshi aylanma harakat qiluvchi disk yordamida o‘rik danagini ishchi kameraga bir me’yorda uzatilishini ta’minlash orqali danak mag‘zi (yadrosi)ning butunlik darajasi 85-90% tashkil etishi asoslangan.
to‘liq faktorli tajribalar asosida danak qobig‘ini chaqish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning chegaraviy qiymatlari aniqlangan va regressiya tenglamalari olingan.
o‘rik danagi qobig‘ida yoriq hosil qilish va chaqish jarayonini amalga oshirish uchun, gorizontal bo‘ylama yuzasida bortiklar hosil qilingan valga nisbatan o‘tkir burchak ostida gorizontal o‘rnatilgan tekis yuzali tirkama bilan jihozlangan chaqish apparatining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
o‘rik danagining o‘lchamiga mos val hamda o‘tkir burchakli tirkama orasidagi oraliq masofasini o‘zgartirish orqali har xil o‘lchamdagi o‘rik danagi qobig‘ida yoriq hosil qilish va chaqish jarayonini amalga oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rik danagi qobig‘ida yoriq hosil qilish va chaqish qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rik danagi qobig‘iga yoriq hosil qiluvchi va chaqish qurilmasi “Buxoro Agroklaster” MGhJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 2 fevraldagi 02-12/02-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rik danagining to‘la chaqilish darajasi o‘rtacha 88%; qurilmaning ish unumdorligi sutkasiga 300-330kg; energiya sarfi 1,2kVt/soat; danak mag‘zining ezilish darajasi 7-9% tashkil etishi va ish unumdorlikni 10-15 marta oshirish imkonini bergan;
ish unumdorligi sutkasiga 300-330kg bo‘lgan o‘rik danagini chaqish qurilmasi “LIVADIYa-BUKHARA” MGhJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 2 fevraldagi 02-12/02-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu qurilmani MGhJ da hamda mevalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan yakka tartibdagi korxonalarda qo‘llash imkonini bergan.