Jo‘raev Ilhom Ikromovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polivinilxloridni  fizikaviy va kimyoviy usullarda modifikasiyalash hamda ularning xossalarini tadqiqoti va tasnifi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/K209.
Ilmiy maslahatchilar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich. kimyo fanlari doktori, professor; Maxsumov Abduxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Baxtiyor Ermuxamatovich, kimyo fanlari doktori; Jo‘raqulov Sherzod Niyatqobulovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Fozilov Sadriddin Fayzulloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida termostabiliza- torlarni sintez qilish, yaxshilangan qayta ishlash xususiyatlariga ega termik barqaror PVX kompozisiyalarini ishlab chiqish hamda ularning termik, termomexanik, fizik-mexanik, ekspluatasion va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha tasnifini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sorbin kislotasining propargil efiri bilan hosilalari sintez qilinib, ushbu birikmalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari aniqlangan;
polivinilxloridning alkiloksikarbamat hosilalari va azofenol va azonaftolning propargil hamda allil hosilalari tutgan kompozisiya-larining termik barqarorligi hamda qo‘llanilgan termosta-bilizatorlarning samaradorlik qatori aniqlangan;
termostabilizatorlarning sarflanish tezlik konstantalari aniqlanib, ularning samaradorligi va qo‘llanilgan termostabilizatorlar orasidagi o‘zaro bog‘liqligi ishlab chiqilgan;
polivinilxloridning plastifikasiyalangan namunalarini shisha-lanish va suyuqlanish haroratlari aniqlanib, ishlatilgan plastifikator-larning samaradorligi aniqlangan.
qayta ishlangan kompozisiyalarining fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va boshqa ekspluatasion xususiyatlari hamda ularning qo‘llanilish sohalari aniqlangan.
sintez qilingan birikmalar va ular asosida olingan kompozisiyalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidan tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polivinilxlorid asosidagi modifikasiyalangan kompozision material-larni yaratish hamda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PVX ning modifikatorlar (termostabilizatorlar, plastifikatorlar) bilan modifikasiyalangan kompozisiyalari olish texnologiyasi Navoiyazot AJda amaliyotga joriy etilgan. (“Navoiyazot” AJning 2024 yil 2 dekabrdagi 03-3/6290-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaxshilangan qayta ishlash xossalariga ega, suyuqlanmaning oquvchanlik ko‘rsatkichi PTR=40 ga teng, dastlabki kompozisiyalardan 5 baravar yuqori bo‘lgan PVX kompozisiyalarni olish imkonini bergan;
yuqori sorbsion xususiyatiga ega bo‘lgan sorbentlar asosida oqova va ichimlik suvlarini tozalash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga  joriy etilgan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati”AJning 2024 yil 4 noyabrdagi 23/01-01-07/681-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, Navoiy viloyatining chekka hududlari Konimex va Tomdi tumanidagi ichimlik va oqova suvlari tarkibidagi temir, kobalt va rux ionlarining miqdori 1,5-2 marta kamaytirib, tozalash imkonini bergan;
yuqori selektivlikka ega bo‘lgan PVX asosidagi sorbentlar yordamida  “Olmaliq KMK” AJ texnologik eritmalardan qimmatbaho metallarni ajratib olish jarayoni “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 2 dekabrdagi 01-02-5-XX-24-12-0157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik eritmalardan qimmatbaho metallarni – oltin, kumush, platina va palladiy metallarini mos ravishda 85%, 98%, 90% va 95% unumda ajratib olish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish