Kurbanova Elvira Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati sharoitida Astragalus babatagi va Astragalus xanthomeloides o‘simliklarni etishtirish usullarini ishlab chiqish” 06.01.08- O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1023
Ilmiy rahbar: Zakirova Rano Pulatovna, biologiya fanlari nomzodi, k.i.x.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/14.07.2022.B/Qx.10.06.
Rasmiy opponentlar: Toshkent davlat agrar universiteti professori q/x.f.d., prof. J.B. Xudoykulov, Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash ilmiy ishlab-chiqarish markazi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari b.f.f.d. Ch.A. Xolmurodov.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: flavonoidlar manbai bo‘lgan yuqori sifatli o‘simlik xomashyosini olish uchun Toshkent viloyati sharoitida Astragalus babatagi va Astragalus xanthomeloides o‘simliklarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ish natijalari Astragalus babatagi va Astragalus xanthomeloides ning yuqori moslashuvchanligini ko‘rsatdi, bu ularni yangi hududlarda etishtirish istiqbollarini ochadi. Ishlab chiqilgan etishtirish texnologiyasi endemik turlarni saqlab qolish va tabiiy populyasiyalarga bo‘lgan yukni kamaytirish imkonini beradi.
Astragalus babatagi va Astragalus xanthomeloides o‘simliklarini uch yil davomida o‘stirish asosida ularni Toshkent viloyati sharoitida etishtirishning istiqboli birinchi marta asoslab berildi;
dengiz sathidan 1700 m balandlikda (Hisor tizmasi) o‘sadigan A. babatagi va dengiz sathidan 1500 m gacha balandlikda (Ugam, Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari) o‘sadigan A. xanthomeloides o‘simliklari Toshkent viloyatining tekislik sharoitiga moslashganligi birinchi marta ko‘rsatildil;
birinchi marta Astragalus babatagi va Astragalus xanthomeloides o‘simliklari urug‘larining unib chiqishini oshirish uchun kimyoviy skarifikatsiya qilish usullari ishlab chiqildi va yuqori biomassa hosilini olish uchun urug‘larni ekishning maqbul muddatlari aniqlandi;
ikki turning mavsumiy rivojlanish ritmlari birinchi marta tasvirlangan, o‘simliklarning fenologik fazalaridan o‘tish jarayonini tezlashtirish va fitomassa va urug‘ mahsuldorligini oshirish uchun biostimulyatorlarni qo‘llash imkoniyati ko‘rsatildi;
tabiiy yashash joyidan farq qiladigan sharoitlarda asosiy metabolitlarni sintez qilish qobiliyatining saqlanib qolishi bu turlarning yuqori genetik va fiziologik barqarorligidan dalolat beradi;
Toshkent viloyatining tuproq-iqlim sharoitida etishtiriladigan o‘simlik xomashyosidan flavonoidlar olish imkoniyati ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent shaxridagi F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘ining Dorivor o‘simliklar laboratoriyasi hududiga 2021 yilda Astragalus babatagi va Astragalus xanthomeloides o‘simliklarining urug‘lari ekilgan. Etishtirilgan o‘simliklar urug‘lari Botanika bog‘ining Dorivor o‘simliklar laboratoriyasi urug‘ namunalari kolleksiyasini boyitish uchun taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 14 apreldagi 4/1255-801-son guvohnomasi). Mazkur dorivor o‘simliklarning urug‘ namunalari ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi izlanuvchilar uchun boshlang‘ich ashyo bo‘lib xizmat qilishi hamda ulardan donor urug‘liklar sifatida foydalanish mumkinligi alohida ahamiyatga ega.
Astragalus babatagi va Astragalus xanthomeloides dorivor o‘simliklarini Toshkent viloyatining dala sharoitida ekib etishtirish tadqiqotlari Quyi-Chirchiq dorivorchilikka ixtisoslashtirilgan O‘rmon xo‘jaligida olib borilgan va 2023 yil 1 avgustdagi 03-03/3-3415-sonli dalolatnomada qayd etilgan. Natijada, Toshkent viloyatida etishtirilgan dorivor o‘simlik astragalning ikki turi xom ashyolaridan farmasevtika sanoati uchun biologik faol moddalar ajratib olishga erishilgan.