Xasanov Azizbek Islambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli texnologiyalarni boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2695.
Ilmiy rahbar: Aliqoriev Olimxon Furqat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.I.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjaboev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminova Nargiza Akramovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli texnologiyalarni samarali boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
«Raqamli egizak» hamda gibrid energiyasi texnologiyasini telekommunikatsiya qurilmalarda qO‘llashga va sun’iy intellektga ko‘ra gibrid energiya ta’minoti manbalarining ishlab chiqaradigan energiyasi va telekommunikatsiya qurilmalari iste'mol quvvatini bashorat qilishga asosan «Yashil iqtisodiyot»ga O‘tish sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari biznes jarayoni samaradorligini oshirish taklif etilgan;
«O‘zbektelekom» AK SDH tipidagi yuqori tezlikdagi uzatish tizimlari transport tarmog‘ini yangi turdagi STM tipiga O‘zgartirish loyihasi doirasida autsorsing, autstaffing, Cloud Optimization (infratuzilma harajatlarini optimallashtirish) hamda jarayonni maksimal avtomatlashtirish iqtisodiy-texnologik elementlarining uyg‘unligini qo‘llash natijasida loyihaning manfaatdor tomonlari resurslarini, vaqtini va harajatlarini tejash mexanizmi takomillashtirilgan;
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi «GOC-UZ» MChJ QKda optik tolali aloqa kabeli ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘ra LIS (localization and import substitution) darajasini oshirish, sohaga oid mahsulotlar importi tarkibini  muvofiqlashtirish va harajatlarni qisqartirish va shunga ko‘ra  «O‘zbektelekom» AK iqtisodiy samaradorligini oshirish asoslanib EoWDM, MPLS, DWDM, SDN dasturiy protokollar kodlari tarmoqqa moslashtirilgan holda qayta yaratilgan;
raqamli texnologiyalarni joriy qilishni baholash yondashuvi optimallashtirish koeffisientlarini aniqlashga qaratilgan VDA (value driven approach) qiymati «O‘zbektelekom» AK misolida samaradorlik koeffisienti qiymati VDA≤2,35 darajasida bo‘lishiga asosan takomillashtirilib, boshqaruv dasturiy ta’minoti hisob-kitob, foydalanuvchi autentifikatsiyasi va monitoring tizimlari hamda Billing tizimi dasturiy ta’minotining bevosita integratsiyalashuviga ko‘ra tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Yashil iqtisodiyot»ga O‘tish sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari biznes jarayoni samaradorligi «Raqamli egizak» hamda gibrid energiyasi texnologiyasini telekommunikatsiya qurilmalarda qO‘llashga va sun’iy intellektga kO‘ra gibrid energiya ta’minoti manbalarining ishlab chiqaradigan energiyasi va telekommunikatsiya qurilmalari iste'mol quvvatini bashorat qilishga asosan joriy etilgan va bir yil davomida sarflanadigan elektr-energiya sarf-harajatlarini 2.8% ga muvofiqlashtirish mumkinligi asoslab berildi. («O‘zbektelekom» AKning ma’lumotnomasi).
«O‘zbektelekom» AK SDH tipidagi yuqori tezlikdagi uzatish tizimlari transport tarmog‘ini yangi turdagi STM tipiga o‘zgartirish loyihasi doirasida ausorsing, austaffing, Cloud Optimization (infratuzilma harajatlarini optimallashtirish) hamda jarayonni maksimal avtomatlashtirish iqtisodiy-texnologik elementlarining uyg‘unligini qo‘llash natijasida loyihaning manfaatdor tomonlari resurslarini, vaqtini va harajatlarini tejash mexanizmi takomillashtirish taklifi «O‘zbektelekom» AKning «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasiga asoslangan yo‘l-haritasini ishlab chiqishda qO‘llanilgan («O‘zbektelekom» AKning ma’lumotnomasi).
 «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi «GOC-UZ» MChJ QKda optik otal ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘ra LIS (localization and import substitution) darajasini oshirish, sohaga oid mahsulotlar importi tarkibini  muvofiqlashtirish va harajatlarni qisqartirish aosida  «O‘zbektelekom» AK iqtisodiy samaradorligini oshirish asoslari Kompaniya tomonidan 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan biznes reja ishlab chiqilishida inobatga olingan(«O‘zbektelekom» AKning ma’lumotnomasi).
raqamli texnologiyalarni joriy qilishni baholash yondashuvi optimallashtirish koeffisientlarini aniqlashga qaratilgan VDA (value driven approach) qiymati «O‘zbektelekom» AK misolida samaradorlik koeffisienti qiymati VDA≤2,35 darajasida bO‘lishiga kO‘ra takomillashtirish taklifi «O‘zbektelekom» AK 2028 yilgacha rivojlantirish startegiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbektelekom» AKning ma’lumotnomasi). mazkur ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida 2023-yilda xizmatlardan foydalanishni to‘xtatish ehtimoli paydo bo‘lgan 17000 nafar mijoz oldindan aniqlanib, bu orqali jamiyat yo‘qotishi mumkin bO‘lgan 714 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar tejab qolinishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish