Muxitdinov Asror Akobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klaster asosida uzumni qayta ishlash korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini innovatsion rivojlantirish (Toshkent viloyati misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Ilmiy rahbar: Sapaev Dilshod Xushnudovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat itransport universiteti huzuridagi DSc.15/31.12.2020.I.09.04.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Muxtasar Mansurjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Qosimov Saidaxrol Magrupovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster asosidagi uzumchilik korxonalari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga muvofiq uzumchilik korxonalari uchun Toshkent viloyatida uzumchilikni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada aniqroq baholashga qaratilgan klaster tizimidan foydalanishga asoslangan uzum klasterini boshqarishning innovatsion tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqildi;
ishlab chiqarish zanjirining har bir bosqichiga marketing xizmatini joriy etish orqali marketing funksiyalari imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tarmoq marketing xizmati faoliyatining mavjud modeli takomillashtirildi, chunki har bir bosqichdan keyin bozorga etkazib beriladigan mahsulotlar raqobatbardoshligi paydo bo‘ladi;
uzum etishtirishni rejalashtirish va prognozlashning iqtisodiy va statistik modeli ishlab chiqilgan, Toshkent viloyatida uzum navlarini ekishni optimallashtirish, shu jumladan yosh o‘simtalarni ekish orqali uzum etishtirish samaradorligini oshirishni hisoblash imkonini bergan EVIEWS dasturi asosida ishlab chiqilgan;
uzum klasterini strategik rivojlantirishda raqamli iqtisodiyot elementlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, tarmoqni strategik rivojlantirishni yanada rivojlantirishda foydalanishning innovatsion mexanizmi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzum klasterlari faoliyatini rivojlantirishga nisbatan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uzum klasterini boshqarishning innovatsion tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqishga uslubiy yondashuvga muvofiq amalga oshirilgan nazariy va uslubiy taklif va tavsiyalar Toshkent viloyatida uzumchilikni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada aniqroq baholash imkonini berdi (2024- yil 2- iyuldagi 24-8/4357-sonli guvohnoma);
ishlab chiqarish zanjirining har bir bosqichiga marketing xizmatini joriy etish orqali soha mahsulotlari raqobatbardoshligiga mo‘ljallangan marketing funksiyalari imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tarmoq marketing xizmati faoliyatining mavjud modeli takomillashtirildi, chunki har bir bosqichdan keyin bozorga etkazib beriladigan mahsulotlar paydo bo‘ladi (2024- yil 2- iyuldagi 24-8/4357-sonli guvohnoma);
EVIEWS dasturi asosida ishlab chiqilgan uzum etishtirishni rejalashtirish va prognozlashning iqtisodiy-statistik modelini qo‘llash, Toshkent viloyatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, 1 gektardan uzum navlarini ekishni optimallashtirish orqali 50 million so‘mdan ortiq foyda olindi va ishlab chiqarish samaradorligi 20 foizdan ortiq oshirildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududiy boshqaruv tuzilmalariga joriy etish tavsiya etildi (2024- yil 2- iyuldagi 24-8/4357-sonli guvohnoma);
raqamli iqtisodiyot elementlaridan foydalanishning innovatsion mexanizmini yaratish taklifi uzum klasterining rivojlanishida ijobiy natija berdi, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha taklif katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, natija O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan hududlarda sanoatni raqamlashtirish uchun asos sifatida olingan bo‘lib, bu sohani yanada strategik rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (2024- yil 2- iyuldagi 24-8/4357-sonli guvohnoma).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish