Fayzullaev Bayram Artikbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli tavsifli ob’ektlar holatlarini tashxislash modellari va algoritmlari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash  (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T40.

Ilmiy rahbar: Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari  ilmiy-innovatsion markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Bekmuratov To‘lqin Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: turli tavsifli ishlab chiqarish ob’ektlarining holatlarini tashhislash modellari va algoritmlarini hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

absorbsiya va karbonizatsiya jarayonlari reaksiyalari oraliq mahsulotlar tarkibini baholash matematik modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;

absorbsiya jarayoni temperatura rejimlarini noravshan-neyron modelga asoslangan identifikatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;

turli tavsifli ishlab chiqarish ob’ektlarida har xil holatlarni tash­xislash hamda ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashning  noravshan-neyron modelga asoslangan tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan;

kal`siylashtirilgan soda ishlab chiqarish asosiy jarayonlarida kelib chiqadigan me’yordan og‘ishishlarni va nosozliklarni bartaraf qilishni mantiqiy-mahsuliy qoidalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tadqiqot jarayonida mahsulotlar tarkibini baholash matematik modeli, identifikatsiyalash va tashxislash algoritmlari va dasturiy majmualari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

turli tavsifli ob’ektlar holatini tashxislash va boshqaruv modellari va algoritmlari bo‘yicha «Kal`siylashtirilgan soda ishlab chiqarishda karbonizatsiya jarayonini modellashtirish» va «Kal`siylashtirilgan soda ishlab chiqarishda absorbsiya texnologik jarayoni temperatura rejimlarini modellashtirish» dasturiy vositalariga «UNICON.UZ» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («UNICON.UZ» DUKning 2018 yil 27 sentyabrdagi xulosasi). Natijada texnologik jarayonlarni tashxislash va boshqaruv  bo‘yicha qarorlar qabul qilish vaqtini qisqartirish va nosozliklarni aniqlash aniqligini oshirish imkonini bergan;

absorbsiya va karbonizatsiya jarayonining oraliq va oxirgi mahsulotlari tarkibini baholash matematik modeli asosida yaratilgan «Kal`siylashtirilgan soda ishlab chiqarishda karbonizatsiya jarayonini modellashtirish» dasturi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» unitar korxonasiga absorbsiya va karbonizatsiya jarayonlarida mahsulot tarkibiy konsentratsiyasini aniqlashda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 15 maydagi 33-8/3451-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida absorbsiya jarayonida komponentlar konsentratsiyasini baholashni 8,96%ga, karbonizatsiya jarayonida 25%ga oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqarish tizimida berilgan me’yorlardan og‘ishish va ishlab chiqarish tizimidagi nosozliklarga bog‘liq holatlarni modellashtirish va identifikatsiyalash algoritmlari «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i» 6-bog‘lamasi filialiga texnologik ob’ekt parametrlarining chegaraviy va me’yoriy qiymatlarini belgilash va ish jarayonida kelib chiqadigan nosozliklarni aniqlashda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 15 maydagi 33-8/3451-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tizimni testdan o‘tkazish jarayonida ishlab chiqarish tizimidagi og‘ishish va nosozliklarga bog‘liq holatlarni modellashtirish va identifikatsiyalash algoritmlari qo‘shib ishlatilganda nosozliklarni aniqlash vaqtini                  1,2 barobarga qisqartirish hamda nosozliklarni aniqlash aniqligini 3%ga oshirish imkonini bergan;

noravshan-neyron va gibrid algoritmlarga asoslangan absorbsiya jarayoni temperatura rejimlarini identifikatsiyalash hamda turli tavsifli ishlab chiqarish ob’ektlarida turli holatlarni tashxislash algoritmlari asosida ishlab chiqilgan «Kal`siylashtirilgan soda ishlab chiqarishda absorbsiya texnologik jarayoni temperatura rejimlarini modellashtirish» dasturiy majmuasi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» unitar korxonasiga absorbsiya va karbonizatsiya jarayonlari holatini tashxislash, berilgan holatdan og‘ishish va nosozliklarni bartaraf qilishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 15 maydagi 33-8/3451-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida 4 ishchi operator joyini qisqartirish va texnologik jarayonlarni boshqarishda 2% ishchi kuchi sarfini kamaytirishga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish