Sayt test rejimida ishlamoqda

Rustamova Sabogul Mamarejab qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parodont yallig‘lanish kasalliklarini laborator monitoringini biokimyoviy optimallashtirish», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1079.
Ilmiy rahbar: Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo institute, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parodontit va gingivit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz suyuqligining biokimyoviy va metabolik biomarkerlarining informativligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
periodontal patogenlar fonida biriktiruvchi to‘qima (suyaklarga xos molekulalar va metalloproteinazalar) degradatsiyasining yallig‘lanish markerlarining diagnostik informativligi (proteolitik fermentlar, qisqa zanjirli yog‘ kislotalari, sitokinlar) baholandi, bu noinvaziv diagnostika uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi;
biriktiruvchi to‘qima degradatsiyasi, suyak to‘qimasi rezorbsiyasi, yallig‘lanishni chaqiruvchi sitokinlarning molekulyar mahsulotlarini o‘rganish usullarining analitik ishonchliligi baholangan;
biokimyoviy va fizik-kimyoviy tadqiqotlar uchun og‘iz suyuqligidan na’muna tayyorlash uchun optimal sharoitlar aniqlangan;
GX/MSD gaz xromatografi aniqlik, ekspressivlik, ishonchlilik va sezgirlik talablariga javob berishini inobatga olgan holda, ushbu tadqiqot usulini biokimyoviy tadqiqot usullari bilan birgalikda parodont kasalliklarning klinik diagnostikasida qo‘llash imkoniyati ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surunkali tarqalgan parodontit  kasalligining og‘irlik darajasini tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali tarqalgan parodontit va gingivit bilan kasallangan bemorlarda og‘iz suyuqligi biomarkerlarini o‘zgarishini baholashda ishlab chiqilgan tavsiyalar Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasida va Toshkent shahar Sog‘liqni Saqlash bosh boshqarmasi Yangihayot tumani 66-sonli oilaviy poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 15 maydagi 02-28/10367-son ma’lumotnomasi). Natijada, laboratoriya ko‘rsatkichlarini baholashning optimal biokimyoviy usullari asosida parodont yallig‘lanish kasalliklarini erta tashxislash va og‘irlik darajasini baholash imkonini bergan;
parodont kasalliklari bilan kasallangan bemorlar og‘iz suyuqligidagi proteolitik fermentlar, ishqoriy fosfataza, a-amilaza va laktat degidrogenaza faolliklarining o‘zgarishlari bo‘yicha natijalardan «Medical Center at training &research Institute-Jeramba Ilmu Sukses» loyihasida biomarkerlar yordamida parodont kasalliklarining rivojlanish bosqichlarini erta tashhislash va yangi prognozlarini aniqlashda foydalanilgan (Training & research Institute-Jeramba Ilmu Sukses, Indonesia 2024 yil 15 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada kasallikdan aziyat chekayotgan ko‘plab bemorlarda kasallik rivojlanish bosqichlarini erta tashxislash, davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish