Alimujiang Abulizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rosa rugosa barglaridan flavonoidlar saqlagan quruq ekstrakt, uning  tayyor dori shaklini olish texnologiyalarini yaratish va biologik faolliklarini baholash”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4824.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Baxodir Taxirovich,  texnika fanlari doktori, prfessor; Asilbekova Daniya Tolimbekovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rosa rugosa barglaridan kversetin-3-O-soforosid va kemferol-3-O-soforozid flavonoidlarini saqlagan quruq ekstrakt, uning tayyor dori shaklini olish texnologiyalarini ishlab chiqish va biologik faolliklarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bir omilli tajribalar va matematik rejalashtirish usulidan foydalangan holda optimallashtirish asosida R. rugosa barglaridan kversetin-3-O-soforosid va kemferol-3-O-soforozid flavonoidlarini ajratib olishning maqbul sharoitlari belgilangan;
birinchi martda tayyor mahsulotni sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi uglevodlardan R. rugosa barglaridan olingan spirt-suvli ekstraktni adsorbsion qatronlar yordamida tozalash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor R. rugosa barglaridan antioksidant, tinchlantiruvchi va suyak zichligini oshiruvchi ta’sirlarga ega quruq ekstrakt olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
R. rugosa quruq ekstraktining texnologik xossalarini aniqlash natijasida qobiqlangan tabletka shaklidagi BFQ tarkibi tanlangan va maqbul texnologiya ishlab chiqilgan;
R. rugosa quruq ekstrakti va uning asosidagi qobiqlangan tabletkaning sifat va miqdor ko‘rsatgichlari aniqlanib, zarur me’yoriy-texnik hujjatlar tasdiqlangan;
R. rugosa quruq ekstraktining antioksidant, tinchlantiruvchi va suyak zichligini oshiruvchi ta’sirilari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rosa rugosa barglaridan flavonoidlar saqlagan quruq ekstrakt, uning tayyor dori shaklini olish texnologiyalarini ishlab chiqish va biologik faolliklarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Rosa rugosa barglari quruq ekstrakti» nomli TI 03535440-063:2024 texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada O‘simlik moddalari kimyosi institutining «GMP rusumidagi Ilmiy-texnologik markazi»da R. rugosa quruq ekstraktini, «China-Uzbekistan medicine technical park» ma’suliyati cheklangan jamiyatining GMP ishlab chiqarish tizimida uning qobiqlangan tabletkalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
dissertatsiya tadqiqot ma’lumotlari Xitoyning № 2023803001-1 raqamli «Etnik guruhlar uchun kimyoviy standart moddalarini yaratish va keng miqyosda ishlab chiqarish uchun asosiy texnologiyalarni ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining Shinjon etnomedisina muhandislik markazining 15.10.2024yildagi  ma’lumotnomasi). Natijada flavonoidlarni adsorbsion qatronlarda samarali tozalash istiqbolli ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish