Qalandarov Umarbek Samandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sholi ekin dalalarini oqilona joylashtirishda zamonaviy kartografik-geodezik metodlardan foydalanish (Xorazm viloyati misolida)», 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr235.
Ilmiy rahbar: Avezov Sattarbergan Atabaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, professor; Egamberdiev Asamberdi, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholi ekin dalalarini oqilona joylashtirishni takomillashtirishda masofadan zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalaridan foydalanish hamda kartalar bilan ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofadan zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalari asosida Xorazm viloyatining yirik masshtabli (1:10000) sholichilik kartalari yaratilgan hamda ular tiplari bo‘yicha analitik, kompleks, sintetik guruhlarga ajratilib, dasturi va mazmuni ishlab chiqilgan;
sholi ekin dalalarini lazer nivelirlash usuli bilan tekislash asosida sug‘orishga sarflanadigan suv miqdori 15-20 foizga tejalishi, begona o‘tlar 10-12 foizga kamayishi, hosildorlik 5-10 s/ga oshishi aniqlangan;
Sentinel 2A tasvirlarini qayta ishlab sholi ekin dalalarini Google Earth Engine platformasiga JavaScript yordamida NDVI kodlarini kiritish asosida sholi uchun qulay hududlarni aniqlashning matematik–kartografik modeli ishlab chiqilgan;
kartografik, geoaxborot, masofadan zondlash metodlaridan foydalanib viloyat sholi ekin dalalarini oqilona joylashtirish maqsadida erlarning qulaylik darajasi miqdoriy baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati sholi dalalarini oqilona joylashtirishni zamonaviy kartografik metodlar bilan tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xorazm viloyati sholi ekin dalalarining GAT texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida yaratilgan geoma’lumotlar bazasi hamda tajriba hududlarning yirik (1:10 000) masshtabli sholi ekinlarini joylashtirish kartalari viloyat klasterlari erlarida sholi dalalarini joylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 maydagi 05/06-04-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orishga sarflanadigan suv miqdori 15-20 foizga tejalishi, begona o‘tlar kamayishi, tuproq meliorativ holatini yaxshilash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kartalar yordamida sholi ekinlarni oqilona joylashtirish va erlarni lazer nivelirlash usuli bilan tekislash takliflari er tuzish va sholi dalalarini tekislashda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 maydagi 05/06-04-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sholi ekin dalalarini lazer nivelirli uskunalar bilan tekislash orqali sug‘orish uchun olingan egatlar yoki marzalarga sarf bo‘ladigan maydonni 10 foizga tejab qolish, hosildorlikni 5-10 s/ga oshirish hamda dala o‘lchash, ularni qayta ishlashga sarflanadigan mehnat va vaqtni qisqartirish imkonini bergan;
Xorazm viloyatining sholichilik mavzusida yaratilgan analitik, kompleks, sintetik kartalari er tuzish, erlar monitoringini yuritish va er kadastrining kartografik ta’minoti ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 maydagi 05/06-04-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat ekin dalalaridan sholichilikda samarali foydalanish hamda oqilona hududiy tashkil etish imkoni yaratilgan;
Google Earth Engine platformasida (JavaScript) Sentinel 2A tasvirlaridan foydalangan holda LST, NDVI indekslari va erosti suvlari omillarini baholash asosida ishlab chiqilgan sholi ekin dalalari uchun qulay hududlarni aniqlashning matematik-kartografik modeli suv resurslari tanqis bo‘lgan hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 maydagi 05/06-04-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sholi ekin dalalarini optimal joylashtirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi ekin dalalarida GAT texnologiyalari va masofadan zondlash metodlaridan foydalanish orqali Xorazm viloyati sholi ekin dalalarini oqilona joylashtirish maqsadida erlarning qulaylik darajasi miqdoriy baholash ma’lumotlaridan viloyat qishloq xo‘jaligi ekinlarini rejalashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 maydagi 05/06-04-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda qishloq xo‘jaligi er va suv resurslaridan samarali foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish