Tursunova Nilufar Mo‘ydinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Phaseolus vulgaris L. turiga mansub duragaylarining fiziologik xususiyatlari va morfoxo‘jalik belgilarining irsiylanishi», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B1264.
Ilmiy rahbarlar: Usmanov Rustam Maxmudovich, biologiya fanlari doktori, professor; Amanov Baxtiyar Xushbakovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.V.82.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matniyazova Hilola Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Nurali Esanpo‘latovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Phaseolus vulgaris L. turiga mansub geografik uzoq navlarida morfoxo‘jalik, fiziologik, biokimyoviy belgilarning namoyon bo‘lishi, bu belgilarning F1-F2 duragaylarida irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi asosida irsiyati boyitilgan yangi genotiplar ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oddiy loviya navlarining va F1 duragaylarida barglardagi xlorofill “a”, ”b” va karotinoid miqdori, umumiy oqsil miqdori bo‘yicha ijobiy va salbiy oraliq hamda o‘ta dominantlik holatlarida irsiylanishi, bunda dominantlik koeffisienti (hp) ota-ona genotiplariga bog‘liqligi aniqlangan;
navlar va F1-F2 duragaylari urug‘i tarkibidagi umumiy oqsil va erkin aminokislotalar miqdori turlicha ekanligi hamda ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha 3 ta klaster guruhga ajralishi aniqlangan;
ota-onalik shakllari va F1-F2 duragaylarida kuchli ijobiy bog‘liqlik bir tup o‘simlikdagi urug‘ vazni bilan 1000 dona urug‘ vazni o‘rtasida (r=0,86), bargdagi umumiy xlorofill miqdori va umumiy suv miqdori o‘rtasida (r=0,79; r=0,85), umumiy xlorofill miqdori va xlorofill “a” o‘rtasida (r=0,93), urug‘ tarkibidagi umumiy oqsil miqdori va transpiratsiya jadalligi o‘rtasida (r=0,81) mavjudligi isbotlangan;
Phaseolus vulgaris L. turiga mansub geografik uzoq navlar va F1 o‘simliklarida umumiy oqsil miqdori, 1000 dona urug‘ vazni, bitta o‘simlikdagi umumiy dukkaklar soni, bitta dukkakdagi urug‘lar soni, bir tup o‘simlikdagi urug‘ soni va vazni belgilari ijobiy va salbiy oraliq hamda o‘ta dominantlik holatlarda irsiylanishi, F2 avlodida keng ko‘lamli transgressiv o‘zgaruvchanlik yuzaga kelishi aniqlangan, rekombinant shakllar genetik-seleksion jarayonda boshlang‘ich manba sifatida foydlanish mumkin ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Phaseolus vulgaris L. turiga mansub duragaylarining fiziologik xususiyatlari va morfoxo‘jalik belgilarining irsiylanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oddiy loviyani morfoxo‘jalik, fiziologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlari va F2 duragaylaridan ajratib olingan rekombinant shakllari O‘zbekistonni turli mintaqalarida qurg‘oqchilikka chidamliligini baholashda foydalanilgan (Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) ning 2024 yil 09 sentyabrdagi 1616-son ma’lumotnomasi). Natijada, oddiy loviya navlari va F2 duragaylaridan ajratib olingan rekombinant shakllarining hosildor, ertapishar va qurg‘oqchilikka chidamli namunalaridan kelgusida seleksion maqsadlarda qo‘llash imkonini bergan;
oddiy loviyani xorijiy namunalari va F1-F2 duragaylari Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-974-son ma’lumotnomasi). Natijada, genofondni boyitish, saqlash va ulardan kelgusida genetika, seleksiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari musassamlashgan namunalarni birlamchi manba sifatida foydalanish va elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish bo‘yicha foydalanish imkonini bergan;
Phaseolus vulgaris L. turiga mansub geografik uzoq navlarni chatishtirish asosida olingan irsiy jihatdan boyitilgan F2 duragaylari Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-974-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yuqori ko‘rsatkichli F2 duragay rekombinant shakllari institutning genofondini boyitish bilan bir qatorda, Respublikamiz “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof mihit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish