Abdisaidov Ilyos Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uglerod nanonaychalarini past haroratdagi sintezi uchun nanokatalizatorlar va ularning xossalari”, 01.04.12 - Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1164.
Ilmiy rahbar: Ashurov Xatam Baxronovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar:
Umirzakov Baltoxuja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Maxmanov Urol Kudratovich, fizika-matematika fanlari doktori, kat.i.x.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Zol-gel usulida NiO nanozarrachalarini sintez qilish asosida Ni metall nanokatalizatoriga o‘tkazish hamda bu nanokatalizatorlarning kristall fazaviy xarakteristikasi, shakli, o‘lchami kabi xususiyatlarini o‘rgangan holda, past haroratda UNN ni sintez qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zol-gel usulida 3÷19 nm o‘lchamli NiO nanozarralari sintez qilindi, bunda katalizatorning taglik yuzasiga mustahkam o‘rnashishi va aglomeratsiyasini oldini olish uchun to‘ldiruvchi sifatida polivinil spirt (PVS) dan foydalanildi;
ilk bor NiO nanozarralarining o‘lchami kalsinatsiya haroratiga chiziqli bog‘liqligi aniqlandi;
ilk bor NiO dan Ni metall nanokatalizatorini olish hamda past haroratda UNN ni sintezini amalga oshiradigan CVD qurilmasi yaratildi;
ilk bor 500°S haroratda, tashuvchi gaz ishtirokisiz, bug‘ holatidagi etil spirti va Ni nanokatalizatoridan foydalangan holda, CVD usulida UNN sintezi amalga oshirildi;
ilk bor CVD usuli yordamida, 500°S haroratda, NiO nanokatalizatoridan foydalanib, bir devorli UNN sintez qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zol-gel usulida sintez qilingan NiO nanozarralarini vodorod bilan qaytarilib, Ni metall nanokatalizatorini olish va past haroratda ushbu nanokatalizatorlar qo‘llanilgan holda, UNN ni sintezlovchi CVD qurilmasidan O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida, 2024-2025 yillarda bajarilayotgan AL-7623031231-R1 - “Siklopenta dienil temir dikarbonil dimer asosida uglerodli nanonaylar sintez qilish va ularni fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish” loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA ning 2024-yil 14-noyabrdagi № 1255-2533-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish CVD usulida, har xil haroratlarda, siklopenta dienil temir dikarbonil dimer qo‘llanilgan holda uglerodli nanonaylar sintezini amalga oshirish imkonini bergan.
Ni nanokatalizatoridan foydalangan holda, 500°S haroratda tashuvchi gaz ishtirokisiz UNN sintez qilish hamda NiO nanokatalizatori yordamida, 500°S haroratda, CVD usulida bir devorli UNN sintezi bo‘yicha olingan natijalar “Armatura-Izolyator zavodi (AIZ)” MChJ qo‘shma korxonasida 2021-2023 yillarda olib borilgan “Yuqori kuchlanishli tarmoqlarda qo‘llaniladigan izolyatorlar ishlab chiqarish” amaliy loyihasini bajarishda tadbiq etilgan (“AIZ” Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasining 2024-yil 11-noyabrdagi № 130-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish “P” toifali polimer izolyatorlarning mustahkamligini, mexanik ta’sirlarga chidamliligini oshirish hamda “F” toifali, qovurg‘ali, chiziqli izolyatorlarning yuqori haroratga chidamliligini oshirish imkonini bergan.