Kaxramonov Boburjon Ro‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kvazi yopiq koaksial elektrodli sistemada vakuumli  yoy razryadi elektrod oldi jarayonlari”, 01.04.04 – Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1099.
    Ilmiy rahbar: Ashurov Xatam Baxronovich, texnika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
    Rasmiy opponentlar:
Raxmanov G‘aniboy Todjievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Zaripov Abdujappar Abdurazakovich, fizika-matematika fanlari PhD., kat.i.x.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vakuum yoy razryadi sharoitida kvazi yopiq koaksial silindrsimon tizimlarda elektrod oldi jarayonlari, plazma oqimi va qoplamalarning shakllanishini optimallashtirish, avtoemissiyadan termoemissiyaga o‘tish hamda nuqtaviy manba sifatida qaralgan katod dog‘larini metall sirtida harakatlanishda harorat o‘zgarishini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-tok zichligining 108A/sm2gacha o‘zgarishi katod oldi elektron va ionlar zich bulutini hosil bo‘lishi va ionlarning katod sirtiga ta’siri tufayli katodda yuqori temperatura yuzaga kelishi tomchi fraksiyasini kamayishi aniqlandi;
-ilk bor, po‘lat katodida vakuum yoyi razryadi natijasida mexanik stresslarni yuzaga kelishiga bu esa martensit va baynit fazalarining namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lishi aniqlandi;
-ilk bor nuqtaviy manbadan 10.3 sm masofada po‘lat namunada bir nechta fazalar paydo bo‘lishi va haroratning 5000K dan oshishi aniqlandi;
-ilk bor, ionlar oqimining zichligi katoddan 15-23 sm masofada eksponensial kamayishi hamda 4 mkm gacha bo‘lgan tomchilar miqdorining ortishi aniqlandi;
-magnetronli changlatish  va vakuum yoy razryadi usullari solishtirilganda vakuum yoy razryadi usulida qatlam o‘sish tezligi yuqoriligi, mikroqattiqlik esa aksincha ignasimon o‘sish hisobiga yaxshiroq ekanligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Kvazi yopiq koaksial elektrodli sistemada vakuumli  yoy razryadi elektrod oldi jarayonlari bo‘yicha tadqiqot natijalari:
Silindrsimon metallarning tashqi sirtiga xromli himoya qoplama qoplashdan oldin vakuum yoy razryadi orqali tozalash jarayonlari va sirt tozaligini baholash maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari «44114-harbiy qismi» bilan hamkorlikda xo‘jalik shartnomasi amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari «44114-harbiy qismi»ning 28.09.2024 yildagi ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari metall sirti tozaligini oshirish, material sarfini kamaytirish va qoplamani yuqori yopishqoqlik bilan ta’minlashga yordam bergan bo‘lib, ushbu shartnoma doirasida umumiy qiymati 27345900 so‘mga teng ishlar bajarilgan.
Bundan tashqari, suvni organik ifloslantiruvchi moddalardan tozalash uchun metall oksidlari asosida fotokatalitik qoplamalar yaratish maqsadida, 2021-2023 yillarda O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan № MRB-2021-520 loyihasi doirasida vakuum yoy razryadi orqali metallarni tozalash jarayonlari samarali natijalar berdi (O‘zbekiston Milliy Universitetining 22.10.2024 yildagi №01/11-9317-sonli ma’lumotnomasi). Loyiha natijalariga ko‘ra, metall elektrodlarni tozalash va fotokatalitik qoplamalarni qoplashdan oldin vakuum yoy razryadi usulidan foydalanish elektrodlar samaradorligini oshirishga va suvni organik ifloslantiruvchi moddalardan samarali tozalashga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish