Xudayqulov Rustam Fayzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
       

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmi maydonlarga don ekish seyalkasi bunkeri va shnekli ta’minlagichini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4734
Ilmiy rahbar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Asqar Kimsanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Shavkat Ulashovich texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalarini sinash va sertifikatlash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lalmi maydonlarga don ekish seyalkasi bunkeri va shnekli ta’minlagichini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaldagi tekis maydonlarga don ekishga mo‘ljallangan seyalkani va uning texnologik jarayonlarini takomillashtirish orqali tekis va lalmi maydonlar uchun universal don ekish seyalkasi ishlab chiqilgan;
seyalkaning nishabli dalalarda harakatlanishini hisobga olgan holda bunkerni uning qamrov kengligi bo‘yicha o‘rta qismida simmetrik joylashtirib, barqaror turg‘unligi ta’minlangan;
bunker tagligi tuynugi shakli va o‘lchamlarining ekish me’yoriga bog‘liqligi miqdorlash apparatiga tushayotgan donning miqdorini hisobga olgan holda aniqlangan;
shnekli ta’minlagichi va g‘ilofi novli miqdorlash apparatining ustida kengligi o‘zaro teng va unga parallel holatda joylashtirilgan don ekish seyalkasi konstruksiyasi asoslangan;
shnekli ta’minlagich parametrlari lalmi maydonlarda don ekish me’yori va qatorlari bo‘yicha bir xil taqsimlashni hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Lalmi maydonlarga don ekish seyalkasi ishlab chiqish va uning shnekli ta’minlagichi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
lalmi maydonlarga don ekish seyalkasi texnologik jarayonlari bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va seyalka konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-493-son ma’lumotnomasi). Natijada nishabli va tekis dalalarga don ekishni ta’minlayoladigan universal seyalkani ishlab chiqarish  imkoni yaratilgan;
lalmi maydonlarga don ekish seyalkasi tajriba-sanoat nusxasi Ohangaron tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-493-son ma’lumotnomasi). Natijada nishabli dalalarda bug‘doy ekish to‘liqligi 8-15 foizgacha oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish