Usmonov Alisher Habibullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Geofiltratsiya va geomigratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish hamda sonli tadqiqi”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4807.
Ilmiy rahbar: Yaxshibaev Doniyor Sultonbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Daliev Sherzod Karshievich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda dispers aralashmali suvlarning harakat jarayonlarini hamda suvlarning sho‘rlanish o‘zgarishini bashorat qilish uchun matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy majmuani ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
grunt zichligi, g‘ovaklilik va ikki tomonlama ochiq chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda kanaldan gruntga sizib o‘tish natijasida hosil bo‘lgan sizot suv sathi o‘zgarish jarayonini matematik modeli shakllantirilgan;
kanaldan gruntga sizib o‘tish natijasida hosil bo‘lgan sizot suv sathi hamda tuz konsentratsiyalari o‘zgarish jarayonlarini tavsiflovchi matematik modellar uchun yuqori tartibli aniqlikga ega sonli algoritmlari ishlab chiqilgan;
kanal va kollektor suvlari aralashuvi diffuziya jarayonining matematik modeli turli zichliklar va ikki tomonlama ochiq chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
kanal suvidagi va kanaldan gruntga sizib o‘tgan suvdagi tuz konsentratsiyalari o‘zgarish jarayonining matematik modeli grunt zichligi, g‘ovaklilik hamda   o‘qi bo‘ylab o‘zaro bog‘langan  shartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er osti suvlarining harakatlarini, geofiltratsiya va geomigratsiya jarayonlarini modellashtirish takomillashtirilgan matematik modellari va samarali sonli hisoblash algoritmlari asosida:
Qashqadaryo viloyati «Hisorakgidroqurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati obektlarida xoʻjaliklararo kanallarni qayta tiklash va kanallardan to‘xtatilgan sug‘oriladigan erlarning suv bilan ta’minlanishini oshirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 8 avgustdagi №4/17-4/4-13708-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarning sho‘rlanish konsentratsiyasi o‘zgarishini bashoratlashda ketadigan vaqtni 5 foizgacha qisqartirish imkonini bergan.
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “ESKI-ANHOR” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli “ESKI-ANHOR” magistral kanalida, ishlab chiqilgan sonli algoritm va dasturlaridan kanal tarmoqlariga o‘rnatilgan nasos quvurlaridan chiqadigan kanal suvlar oqimlarining harakati hamda suv etkazib berilayotgan hududlardagi suvlar sathini o‘zgarishini bashoratlash maqsadida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 8 avgustdagi №4/17-4/4-13708-son ma’lumotnomasi). Natijada kanal filtrlash tizimi quvurlarida filtrlanayotgan muhitdagi bir nuqtada suvning va ifloslantiruvchi moddalarning bosimi turlicha bo‘lishi hamda tuproq menerallashuvi jarayonida er osti suv sathi ko‘tarilishini hisoblashga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 0.25 marta qisqartirish imkoni bergan.
“Qashqadaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati Shahrisabz tuman filiali tasarrufidagi obektlarda oqova suvlarning harakatlanishi, suv tarkibidagi tuz konsentratsiyalari va sathi o‘zgarishini bashorat qilish uchun joriy qilingan etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 8 avgustdagi №4/17-4/4-13708-son ma’lumotnomasi). Natijada kinetik yondashuvning qo‘llanilishi, suv tarkibidagi tuz konsentratsiyasini o‘zgarishini vaqt o‘tishi bilan bashoratlashda texnologiyalarni kiritishdan oldin tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini, muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 2-3 % qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish