Raxmonova Nigina Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish imkoniyatlari», 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1858.
Ilmiy rahbar: Mahammadsidiq Amonboev, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston mehmonxonalarida xizmat ko‘rsatishning hozirgi holatini tahlil qilish asosida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini, xizmat ko‘rsatish sifatiga tasir qiluvchi omillarni aniqlash va tegishli amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mehmonxona korxonasida xizmat ko‘rsatish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki xodimning ish samaradorligi, mijozlarni qoniqtirish darajasi, resurslarni tejash va vaqtdan samarali foydalanish ko‘nikmalariga xizmatlarni tez, sifatli va iqtisodiy jihatdan manfaatli tarzda ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashish orqali takomillashtirilgan;
mehmonxonada faoliyat yurituvchi xodimlar salohiyatini oshirish dasturi ishchi-xodimlarning samarali mehnatini rag‘batlantiruvchi mehnatga haq to‘lashdagi “samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari” tizimiga ularda kasbga sadoqat hissini kuchaytiruvchi ta’lim darajasi va shaxsiy kasb kompetensiyalarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston mehmonxonalarida xodimlar kasbiy salohiyatini rivojlantirishga investisiya kiritish (IKS = 0,75) hamda imtiyozlar tizimi (subsidiya)ni qo‘llash (SKS = 0,25) ning maqbul nisbatini ta’minlash orqali kadrlar kasbiy salohiyatini oshirish asoslangan;
O‘zbekistondagi mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar asosiy faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehmonxonada xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki xodimning ish samaradorligi, mijozlarni qoniqtirish darajasi, resurslarni tejash va vaqtdan samarali foydalanish ko‘nikmalariga xizmatlarni tez, sifatli va iqtisodiy jihatdan manfaatli tarzda ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashish orqali takomillashtirishni asoslovchi nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Mehmondo‘stlik industriyasida daromadlarni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktabrdagi 328-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy nuqtai nazarning o‘quv adabiyotida ilmiy asoslanishi natijasida talabalar va ilmiy tadqiqotchilarning “xizmat ko‘rsatish samaradorligi” tushunchasiga oid ilmiy qarashlari yanada kengayishiga imkon yaratilgan;
mehmonxonada faoliyat yurituvchi xodimlar salohiyatini oshirish dasturi ishchi-xodimlarning samarali mehnatini rag‘batlantiruvchi mehnatga haq to‘lashdagi “samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari” tizimiga ularda kasbga sadoqat hissini kuchaytiruvchi ta’lim darajasi va shaxsiy kasb kompetensiyalarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan PQ-238-son qaroriga ilova “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 14-noyabrdagi 03-12-17-8039-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehmonxonada faoliyat yurituvchi kadrlar kasbiy salohiyatini rivojlantirish orqali xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bevosita doimiy mijozlar sonini ortishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston mehmonxonalarida xodimlar kasbiy salohiyatini rivojlantirishga investisiya kiritish (IKS = 0,75) hamda imtiyozlar tizimi (subsidiya)ni qo‘llash (SKS = 0,25) ning maqbul nisbatini ta’minlash orqali kadrlar kasbiy salohiyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan PQ-135-son qarorga ilova “Turizm sohasidagi resurs va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 14-noyabrdagi 03-12-17-8039-sonli ma’lumotnomasi).Ushbu taklifdan foydalanish mehmonxonalarida xodimlar kasbiy salohiyatini rivojlantirishga investisiya kiritish hamda imtiyozlar tizimini qo‘llashning maqbul nisbatini ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan asosiy faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son “Turizm yo‘nalishidagi islohatlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 14-noyabrdagi 03-12-17-8039-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish O‘zbekiston mehmonxonalariga davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar berish natijasida xizmat ko‘rsatish sifatini jahon standartlariga asosan tashkil qilish asosida raqobatbardoshlik ustunliklarini takomillashtirish, sub’ektlar faoliyatini kengayishi va iqtisodiy samaradorlikning oshirilishi o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkonini bergan.