Murtozaev Sardorbek Abdijalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda davlat institutlarining o‘rni», 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3564
Ilmiy rahbar: Sirajiddinov Nishanbay, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03
Rasmiy opponentlar: A’zam Sardor Erkin o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Ismailova Nilufar Sabitdjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda davlat institutlarining o‘rnini tahlil qilish asosida mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar” tushunchasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-sonli Qonunining 3-moddasida berilgan mavjud ta’rifga o‘zgartirish kiritish taklif etildi;
Rivojlanayotgan mamlakatlarning panel ma’lumotlari ekonometrik tahlili asosida davlat institutlari sifatini oshirish TTXI hajmini oshirishda muhim omil ekanligi aniqlandi. Jumladan, Jahon Bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining tartibga solish sifati va huquq ustuvorligi ko‘rsatkichlarining 1 punktga oshishi TTXI oqimining mos ravishda 3,5 va 2,4 %ga oshirishi hisoblab chiqildi;
Xorijiy investisiyalarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish, davlat institutlari samaradorligini oshirish va milliy iqtisodiyotni jozibador investision makon sifatida targ‘ib qilish kabi uchta asosiy yo‘nalishdan iborat to‘rt bosqichli yondashuvga asoslangan “investision muhitni yaxshilash chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilgan;
Xalqaro ilg‘or tajribaga muvofiq Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro investisiyalarni jalb qilish agentligi uchun boshqaruv tuzilmasini mustahkamlash maqsadida strategik masalalarni va operatsion natijalarni nazorat qiluvchi Direktorlar kengashini joriy etish taklif qilindi hamda Agentlikning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi operatsion faoliyatining yangi tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqildi;
TTXIning so‘nggi yillardagi global tendensiya va dinamikasi batafsil tahlili asosida global qiymat zanjiri bilan yuqori darajada integratsiyalashgan avtomobilsozlik va elektrotexnika ishlab chiqarish hamda elektr energiya va gaz ta’minoti va aloqa va axborot xizmatlari tarmoqlari xorijiy investisiyalar uchun jozibador sohalar bo‘layotgani aniqlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar Strategiyasini ishlab chiqishda mazkur tendensiyalarni inobatga olish taklif etildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga TTXIni jalb qilishda davlat institutlarining o‘rnini baholash boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dissertatsiya ishining birinchi ilmiy yangiligidan xorijiy investisiyalar faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02/6-236-sonli ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining ikkinchi ilmiy yangiligidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-sonli Farmoni loyihasi uchun takliflar shakllantirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli qarorining 1-ilovasida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari hamda xorijiy investisiyalar ishtirokida investisiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish orqali jalb etilayotgan xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, investisiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga asoslangan baholash tizimini amalda tatbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02/6-236-sonli ma’lumotnomasi; Toshkent shahar Bektemir tumani hokimiyatining 2024-yil 1-noyabrdagi 05/137-sonli ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining uchinchi ilmiy yangiligidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli Farmoni bilan qabul qilingan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 49-maqsadida belgilangan mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish maqsadi doirasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamda “Toshkent Jan Mone nomidagi Evropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” loyihasi doirasida Evropa mamlakatlarini institusional muhitini yaxshilash bo‘yicha tajribalarini o‘rganish, O‘zbekiston uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ilmiy-tahliliy materiallarni tayyorlashga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02/6-236-sonli ma’lumotnomasi; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2024-yil 26-oktyabrdagi 01/3-2554-sonli ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining to‘rtinchi ilmiy yangiligan Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro investisiyalarni jalb qilish agentligi faoliyati samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli ““O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni 2-ilova 49-maqsadida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamda “Toshkent Jan Mone nomidagi Evropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” loyihasi doirasida tashkillashtirilgan xorijiy va respublika ilmiy amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari materiallari hamda ilmiy-tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02/6-236-sonli ma’lumotnomasi; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2024-yil 26-oktyabrdagi 01/3-2554-sonli ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining beshinchi ilmiy yangilidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 26-maqsadida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda, ya’ni 2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan yaqin hamkorlikda TTXI va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, hududning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investisiyaviy va ilmiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02/6-236-sonli ma’lumotnomasi; Toshkent shahar Bektemir tumani hokimiyatining 2024-yil 1-noyabrdagi 05/137-sonli ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklari hamda ishlab chiqilgan tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi tomonidan PQ-4135, PQ-459, PF-5495, PF-158, PF-37 qaror va farmonlarning ijrosining ta’minlashda, Agentlik faoliyatida belgilangan vazifalarni bajarishda, O‘zbekiston Respublikasi investisiya dasturlarini ishlab chiqish jarayonida yangi yondashuv va mexanizmlarni joriy etishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2024-yil 7-noyabrdagi 329-sonli ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishi xulosasi, ilmiy natijalari va amaliy tavsiyalaridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan xorijiy davlatlar kontekstida jahon iqtisodiyoti, jahon siyosati, xalqaro savdo va investisiyalarni jalb qilishda zamonaviy iqtisodiy diplomatiyaning dolzarb muammolarini va tendensiyalarini o‘rganish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olish borish hamda axborot-tahliliy hujjatlar, ilmiy materiallar va  tavsiyalar tayyorlashda foydalanilgan (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining 2024-yil 30-oktyabrdagi 213-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish