Achilov Ilmurad Neymatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3197
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sadullaev Ulug‘bek Norqulovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parrandalarni parvarishlash davridagi ozuqa sarfi, uning parranda go‘shti tannarxidagi ulushining samaradorlikka ta’siri asosida parranda go‘shtini etishtirish samaradorligi hamda tuxum olishning intensivlik darajasini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
parrandachilik xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma (mobil) veterinariya laboratoriyalari hamda mahalliy xonaki parranda turlarini boqishga ixtisoslashgan namunaviy xo‘jaliklarini tashkil etish asoslangan;
dehqon xo‘jaliklarida noan’anaviy parrandachilikni rivojlantirish hamda ishlab chiqarilgan tuxumlarni sotib oluvchi sub’ektlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlari taklif etilgan;
dehqon xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni va parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parrandalarni parvarishlash davridagi ozuqa sarfi, uning parranda go‘shti tannarxidagi ulushining samaradorlikka ta’siri asosida parranda go‘shtini etishtirish samaradorligi hamda tuxum olishning intensivlik darajasini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 23 sentyabrdagi 01/03-1432/AP-sonli ma’lumotnoma). Natijada parrandachilik xo‘jaliklarida parranda go‘shtini etishtirish samaradorligi va tuxum yo‘nalishidagi parrandalarning intensivlik darajasini aniqlash imkoniyati yaratiladi;
parrandachilik xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma (mobil) veterinariya laboratoriyalari hamda mahalliy xonaki parranda turlarini boqishga ixtisoslashgan namunaviy xo‘jaliklarini tashkil etish taklifi Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 23 sentyabrdagi 01/03-1432/AP-sonli ma’lumotnoma). Natijada dehqon xo‘jaliklarida parrandalarning kasalliklarini erta aniqlash imkoni yaratiladi va oldi olinadi hamda parvarishlab kelinayotgan mahalliy parranda zotlarini saqlab qolish imkoniyati yaratiladi;
dehqon xo‘jaliklarida noan’anaviy parrandachilikni rivojlantirish hamda ishlab chiqarilgan tuxumlarni sotib oluvchi sub’ektlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 23 sentyabrdagi 01/03-1432/AP-sonli ma’lumotnoma). Natijada, dehqon xo‘jaliklarida parrandalarni parvarishlash hamda etishtirilgan tuxumni sotib oluvchilar davlat tomonidan lizing ajratish, subsidiya berish, kredit stavkasidan chegirma berish orqali rag‘batlantiriladi;
dehqon xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni va parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyatida istiqbolda parrandachilikni rivojlantirishning prognoz parametrlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 23 sentyabrdagi 01/03-1432/AP-sonli ma’lumotnoma). Natijada, 2028 yilga borib, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni 5529,6 ming boshdan ortiqni tashkil etishi, shuningdek 4349,1 mln. donadan ortiq tuxum, 178,4 ming tonnadan ortiq parranda go‘shti etishtirilishi prognoz qilingan.