Zoyirov Tulkin Elnazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endodonto-parodontal zararlanishni davolashni takomillashtirish va oldini olish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib204.
Ilmiy maslahatchi: Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12. 2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Antonova Aleksandra Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori; Xodjimetov Abdugaffar Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat stomatologiya universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: parodont to‘qimalari va pul`paning funksional holatini baholash asosida endodont-parodontal zararlanishni tashxislash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor endonto-parodontal zararlanishi, darajasini ekspert xulosasi orqali baholash mezonlari hamda davolashda yangicha yondashuv tizimi asoslangan;
endonto-parodontal zararlanishda parodont va ildiz pul`pasi qon tomirlari aylanishi tizimi va sitokinlar profilining buzilishining yallig‘lanish patogenezida o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
kasallikni klinik og‘irlik darajasi pul`po-parodontal to‘qimalarining tuzilmalaridagi lipidlarning perikisli oksidlanishi va antioksidant tizimining funksional holatining tizimli ravishda o‘zgarishlari isbotlangan;
parodontitni an’anaviy davolashdan so‘ng pul`pa to‘qimalaridagi o‘zgarishlar kasallikni rivojlanishida parodont va pul`pa to‘qimalarining shikastlanishi bilan patogenetik aloqodorligi isbotlangan;
endodonto-parodontal zararlanish jarayonida tish kariesga uchragan va tishlar joylashuviga ko‘ra tish pul`pa to‘qimalarini funksional holatiga elektroodontometriya va lazer doplerometriya orqali davolash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: endodonto-parodantal zararlanishni davolashni takomillashtirish va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Vital tishlar pul`pasining funksional holatini baholash natijasida endodont-parodontal zararlanishni erta tashxislash, davolash va oldini olishga uslubiy yondoshuv» uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 martdagi 8n-d/63-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma vital tishlar pul`pasining funksional holatini baholash natijasida endodont-parodontal zaralanishni erta tashxislash va davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
«Endodont-parodontal zararlanishni kompleks davolashda Vektor ul`tratovush tizimidan foydalanish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 8n-r/21-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy qo‘llanma endodont-parodontal zararlanishni davolashda Vektor ul`tratovush foydalanish tartibi va davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
«Endodont-parodontal zararlanishni tarqalishi, klinikasi, qiyosiy tashxisi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 8n-r/20-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma endodont-parodontal zararlanishni epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, qiyosiy tashxislash takomillashtirish imkonini bergan;
endodonto-parodantal zararlanishni davolashni takomillashtirish va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahar 1-stomatologik poliklinikasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi, Samarqand viloyati stomatologik poliklinikasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti stomatologik poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 iyundagi 8n-d/155-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi pul`pa holatini klinik interpretatsiyasiga bog‘liq holda parodont kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish va davolash taktikasini tanlash, funksional holatining buzilishlari, endodont-parodontal zararlanishlarni yuzaga kelish havfini sezilarli darajada kamaytirish, immunogomeostazda, og‘iz bo‘shlig‘i va o‘zak kanallarda POL-AOS tizimida buzilishlarni aniqlash, «Vektor» apparatini va o‘zak kanallarni ozonli elektroforez bilan sanatsiya qilish natijasida o‘zining yuqori klinik samaradorligi, nojo‘ya ta’sirning mavjud emasligi va qo‘llash jarayonida asoratlarning oldini olish imkonini bergan.