Raxmonov Akramjon Xujamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘zaga bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarni qo‘llashning samaradorligi”, 06.01.04 – Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx894.
Ilmiy rahbar: Tashkuziev Maruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sanakulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boirov Abdunabi Juraevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili olish, tuproq agrokimyoviy xususiyatlarini hamda biologik faolligini maqbullashtirishda bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
azotli va fosforli o‘g‘itlar tarkibiga yuqori haroratda bentonitning kiritilishi ularga sekin ta’sir qiluvchi xossalarni berishi, o‘g‘it granulalarining erish tezligi va ammiak, nitrat va fosfat ionlarining sug‘orish suvi bilan ajralib chiqish intensivligi 1,5-2,3 marta kamayganligi isbotlangan;
bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarning sekin ta’sir qilish xususiyatlari tuproq ustunlari (kolonkalar) bilan o‘tkazilgan model laboratoriya tajriba asosida o‘g‘it granulalaridan azot va fosforning ajralib chiqish tezligi 1,1-2,5 marta ga kamayishi isbotlangan;
tuproqning agregat tarkibi va uning namlik sig‘imi orasida, kichik agregatlar (<0,5 mm) bilan namlik sig‘imi o‘rtasida bog‘lanish tezligi yuqori to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq (r=0,58-0,8) ekanligi, makroagregatlar (>0,5 mm) bilan namlik sig‘imi o‘rtasida esa teskari bog‘liqlik (r=0,59-0,83) mavjudligi aniqlangan;
bentonit bilan modifikatsiyalangan o‘g‘itlar ta’sirida tuproqdagi oziqa moddalarining mikrobiologik o‘zgarishlarida makroelementlarning minerallashuv jarayoninig ustunligi sababli tuproq organik moddalarining parchalanishini pasaytirish uchun sharoit yaratilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘zaga bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«G‘o‘zaga bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 avgustdagi 04/22-05-4112-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash me’yor va muddatlarni belgilashda, mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshirishda hamda g‘o‘zadan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaga bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash tizimi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani «Shoxrux Agro Tinchlik» f/x 24 ga, «Farodis Xirmoni» f/x 21 ga, jami 45 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 avgustdagi 04/22-05-4112-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta hosili bentoammofosli va bentoammiakli selitra variantlarida nazoratga nisbatan 4,5-6 s/ga qo‘shimcha hosil olingan;
g‘o‘zaga bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash tizimi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining «Choshtepa dala» f/x 10 ga, «Xolbozor Rizaev» f/x 10 ga, jami 20 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 avgust 04/22-05-4112-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta hosili bentoammofosli va bentoammiakli selitra variantlarida nazoratga nisbatan 3,2-4,6 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.