Musaeva Nargiza Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aqli zaif o‘quvchilarda verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida rivojlantirish (boshlang‘ich sinflar misolida)», 13.00.03–Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped178.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori; Nazarova Dildora Asadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinflarda aqli zaif o‘quvchilarning verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini aniqlash hamda uni ta’lim jarayonida faollashtirishning ilmiy va metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aqli zaif bolalar bilish faoliyatining turg‘un buzilishi jarayonida ularning verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalari “mening oilam”, “moychechak guli rasmini birgalikda bo‘yash”, “piramidani yig‘ish va ajratish”, “ertak so‘zlab berish”, “rossolimo”, “amaliy topshiriqlar”, “voqeaband rasmlar”dan iborat maxsus metodikalar asosida ularning rivojlanish darajalarini aniqlash takomillashtirilgan;
aqli zaif o‘quvchilarning hayotga ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalari, verbal, paralingvistik hamda noverbal muloqot vositalarining uzviyligi ta’lim jarayonida ularni integratsiyalash asosida rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarining verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalari, faol va passiv lug‘at boyligi didaktik, harakatli va syujetli-rolli o‘yin texnologiyalarini optimallashtirish asosida rivojlantirilgan;
tizimli yondashuv (izchillik, uzviylik va uzluksizlik, individual va differensial, oddiydan murakkabga qarab, nutq va tafakkur bog‘liqligi, faollik va faoliyatlilik tamoyillari) asosida boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarining verbal va noverbal muloqotga kirishishi ko‘nikmalarini korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarda shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarni verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarining verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirishda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 2011 yil 13 sentyabrdagi “Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash xaqida”gi Vazirlar Mahkamasining 256-sonli qaroriga asosan “Nutq o‘stirish”, “Savodga o‘rgatish” darslarida, “Logopedik mashg‘ulot”, “Kuni uzaytirilgan guruh” mashg‘ulotlarida o‘yin texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 7 sentyabrdagi 01-02/1-3-369-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarining verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarining takomillashishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarining verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalari, faol va passiv lug‘at boyligi didaktik, harakatli va syujetli-rolli o‘yin texnologiyalarini optimallashtirish asosida rivojlantirilgan, ularning verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi takomillashtirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 7 sentyabrdagi 01-02/1-3-369-son ma’lumotnomasi). Natijada bakalavr-defektolog mutaxassislarini tayyorlashda maxsus pedagogika fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarining verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalari, faol va passiv lug‘at boyligini rivojlantirishga qaratilgan harakatli va syujetli-rolli o‘yin texnologiyalari mashg‘ulotlarni tashkil etishda amaliyotga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 7 sentyabr` 01-02/1-3-369 sonli ma’lumotnomasi). Natijada maxsus pedagogika fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarining verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida ixtisoslashtirilgan maktab defektolog va tarbiyachilarining malakasini oshirish jarayonida seminar-treninglar o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 7 sentyabrdagi 01-02/1-3-369-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining takomillashtirilgan ta’lim texnologiyalarini foydalanish imkoniyatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.