Abdiev Elbek Murodkosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Presbiakuzisli bemorlarga surdologik yordam ko‘rsatish, tashxislash va davolashni optimallashtirish», 14.00.04 - Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1863.
Ilmiy raxbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Panaxian Vafo Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: I.K. Axunbaev nomidagi Qirgiziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirgiziston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda davolash va tashxisot tadbirlari kompleksini takomillashtirish orqali tibbiy yordam sifatini, reabilitatsiyaning funksional natijalarini va presbiakuzisli bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor keksa yoshdagi bemorlarning birlamchi sog‘ligini saqlashga qaratilgan eshitish qobiliyatini birlamchi baholash bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘rganilib, “Eshitish qobiliyatini birlamchi baholashning avtomatlashtirilgan tizimi” veb-ilovasi ishlab chiqilgan;
Presbiakuzis bilan og‘rigan bemorlarda "Revi Audio" tizimining eshitish mashg‘ulotlari sinab ko‘rilganda, ChNT bilan og‘rigan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilish dinamikasida, shu jumladan, uning ta’siri sog‘likni bashorat qilish mezonlari asosidagi samaradorligi asoslangan;
reabilitatsiya tadbirlari fonida elektroakustik tuzatish majmuasini o‘z ichiga olgan davolashga qaratilgan chora-tadbirlar algoritmi ishlab chiqilgan;
bemor shikoyatlaridagi ifodalar bilan uning eshitish qobiliyatini yo‘qotish darajasi o‘rtasidagi tafovutni tonal eshitish chegaralarini o‘lchash asosida aniqlash markaziy eshitish organi faoliyati buzilishining dastlabki belgilaridan biri bo‘lishi mumkinligi “Eshitish qobiliyatini birlamchi baholashning avtomatlashtirilgan tizimi” veb-ilovasidan foydalangan holda chuqur audiologik tekshiruv orqali tashxis qo‘yishg asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 sentyabrdagi 6–son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ilk bor, keksa yoshdagi bemorlarning  eshitish qobiliyatini birlamchi baholash  ma’lumotlari asosida, “Eshitish qobiliyatini birlamchi baholashning avtomatlashtirilgan tizimi” veb-ilovasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Dissertatsiya tadqiqotlari davomida olingan natijalar keksa yoshda eshitish qobiliyatining nutqli, fazoviy va sifat tavsiflarini baholashni o‘z ichiga olgan eshitish funksiyasining klinik va funksional xususiyatlari haqidagi qarashlarni sezilarli darajada kengaytiradi, ijtimoiy va emotsional muammolarning ifodalanganlik darajasini hisobga olgan holda eshitish qobiliyatini differensial baholashda kognitiv buzilishlar va komorbid patologiyaning roli to‘g‘risidagi bilimlarni yaxshiroq tushunishga qaratilgan yana bir qadamdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shaxar markaziy shifoxonasi,  buyruq (31.07.2024 y.; №2661-7-107-TV/2024 son), Andijon davlat tibbiyot instituti,  buyruq (12.08.2024 y.; №87-N), klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan veb-ilova yordamida eshitish qobiliyatini birlamchi baholash imkoniyati 24/7 tibbiy maslahat olish imkoniyatini potensial tarzda kengaytiradi, test natijalarini malakali baholashga imkon beradi va bemorni reabilitatsiyaga undaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Presbiakuzisli bemorlarni eshitish mashg‘ulotlari bilan davolashning ishlab chiqilgan usuli 75% ga yaxshilanadi, ishlab chiqilgan usulda eshitish mashg‘uloti o‘tkazilgan bemorlarning eshitish qobiliyatini yaxshilanishi bilan tavsiflanadi va davolash - profilaktikasi samaradorligini oshiradi. Xulosa: Tonal busaga audiometriya urtasidagi urtacha eshitish chegaralardagi farkning minimal kiymatlari veb-ilovadan foydalanishni tavsiya etishga imkon beradi. Eshitish kobiliyatini tabakalashtirilgan baxolash uchun 25dB dan ortik va 40 dB dan ortik eshitish kobiliyati buzilgan bemorlarning sub`ektiv  xissiyotlarinibaxolash imkonini beradi. Minimal`nie znacheniya raznisi v pokazatelyax srednix porogov sluxa mejdu tonal`noy porogovoy audiometriey pozvolyayut rekomendovat` ispol`zovanie veb-prilojeniya Dlya differensirovannoy otsenki sluxa daet vozmojnost` provodit` differensirovannuyu otsenku sub’ektivnix oshhushheniy patsientov, stradayushhix tugouxost`yu pri narushenii sluxa bolee 25 dB i bolee 40 dB. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Presbiakuzis bemorlarda surdologik yordam va tashxislash xamda davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 14 sentyabrdagi 9359-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Presbiakuzis bilan og‘rigan bemorlarda "Revi Audio" tizimining eshitish mashg‘ulotlari utkazilganda, ChNT bilan og‘rigan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilish dinamikasida, shu jumladan, uning ta’siri sog‘likni bashorat qilish mezonlari asosidagi samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Dixotik test ma’lumotlariga ko‘ra, barcha bemorlarda ovozli signalni aniqlashda o‘ng quloq yetakchilik qilgan. Mashg‘ulotning boshlanishi va tugashi paytida ushbu guruhdagi nutq xususiyatlarining o‘rtacha qiymati. Mashg‘ulotning samaradorligi 7-kundayoq qayd etilgan. Dixotik tinglash testini o‘tkazish davomida maqsadli so‘zlarni tanib olish 12,9% ga, asosan, yaxshiroq eshitadigan quloq tomonidan oshganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shaxar markaziy shifoxonasi,  buyruq (31.07.2024 y.; №2661-7-107-TV/2024 son), Andijon davlat tibbiyot instituti,  buyruq (12.08.2024 y.; №87-N), klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan usulda eshitish mashg‘ulotini amalga oshirgan bemorlarning eshitish qobiliyatini o‘z-o‘zini baholash natijalari kurs tugaganidan bir oy o‘tgach, umumiy ballning yaxshilanishi bilan tavsiflanadi, keyingi 6 oy davomida umumiy eshitish balli barqaror bo‘lgan va 6 oydan keyin dastlabki ko‘rsatkichdan kam bo‘lmagan holda yuqoriligicha qolgan (p<0,001). Xulosa: Yangi usulni qo‘llagan holda kompleks reabilitatsiya o‘tkazilgan barcha bemorlarda maqsadli signalga javob berish vaqtini hisobga olish natijalari virtual audiovizual mashg‘ulot ssenariysida turli yo‘nalishlardan uzatiladigan barcha signallarga nisbatan yaxshilanishini (r<0,001) ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Presbiakuzis bemorlarda surdologik yordam va tashxislash xamda davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 14 sentyabrdagi 9359-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilk bor, presbiakusiz bilan ogrigan bemorlarda reabilitatsiya tadbirlari asosida elektroakustik tuzatish majmuasini o‘z ichiga olgan davolash chora-tadbirlar algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Eshitish mashg‘ulotlari samaradorligini baholash bemorning yoshini, uning kognitiv holatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin, vaqt o‘tishi bilan o‘tkazilgan eshitish mashg‘ulotlari ta’sirining barqarorligini baholash uchun esa eshitishning virtual reallik texnologiyasidan foydalanib, olti oy davomida eshitishning nutq va fazoviy xususiyatlarini har 3 oyda baholash lozim. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shaxar markaziy shifoxonasi,  buyruq (31.07.2024 y.; №2661-7-107-TV/2024 son), Andijon davlat tibbiyot instituti,  buyruq (12.08.2024 y.; №87-N), klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali sensonevral og‘irquloqligi bor katta yoshdagi guruh bemorlarini tekshirish protokoli eshitishning fazoviy, nutqli va sifat xususiyatlari, jumladan pragmatik shkalalarni baholash uchun so‘rovnoma bilan to‘ldirilishi kerak. Qari yoshdagi bemorlarda standart testlarga qo‘shimcha ravishda virtual reallik texnologiyasidan foydalangan holda fazoviy eshitishni o‘rganish majburiydir. Surunkali sensonevral og‘irquloqligi bor katta yoshdagi guruh bemorlarining kompleks reabilitatsiyasiga, jumladan eshitishni protezlashdan so‘ng virtual reallik texnologiyasidan foydalangan holda eshitish mashg‘ulotlarini kiritish lozim. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Eshitish mashg‘ulotini bajargan bemorlarning eshitish qobiliyatini o‘z-o‘zini baholash natijalari umumiy ballning 1-oyga kelib, keksa yoshdagi guruhda 4,58%ga, qari yoshdagi guruhda 5,83%ga, asosan "Eshitish sifati" hisobiga mos ravishda 13,97% 6 oy davomida saqlangan holda yaxshilanishi bilan tavsiflanadi. Qari yoshdagi shaxslarda nutqning shovqinda tushunarliligi ko‘rsatkichining mashg‘ulotdan oldingi darajaga 6-oyga kelib pasayishi kuzatilgan, umumiy dixotik tinglashning pasayishi 3-oydayoq aniqlangan. Xulosa: Kognitiv buzilishlari bo‘lgan shaxslar guruhida nutqning shovqinda tushunarliligi va umumiy dixotik tinglash ko‘rsatkichlari ifodalangan darajada pasaygan (r<0,05). Reabilitatsiya kursidan keyin 1 oy o‘tgach, dixotik tinglashni yaxshilash samarasi EA mavjud bemorlar guruhida yuqoriroq bo‘lgan, so‘ngra ko‘rsatkichlar tenglashgan. Eshitish mashg‘ulotlari kursi davomida SSQ-12 bo‘yicha fazoviy eshitish ko‘rsatkichlari EA bo‘lmagan va EA mavjud shaxslarda, shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda qari yoshdagi shaxslarga qaraganda sezilarli darajada va statistik jihatdan ahamiyatli tarzda farq qilgan (r<0,001). Hayot sifati ko‘rsatkichining dinamikasi barqaror bo‘lgan, 1-oy oxiriga kelib yaxshilanish 11,63-11,45% ni tashkil etgan, kognitiv buzilishlari bor bemorlarda o‘sish 10,67% dan iborat bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Presbiakuzis bemorlarda surdologik yordam va tashxislash xamda davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 14 sentyabrdagi 9359-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Bemor shikoyatlaridagi ifodalar bilan uning  eshitish qobiliyatini yo‘qotish darajasi o‘rtasidagi tafovutni tonal eshitish chegaralarini o‘lchash asosida  aniqlash markaziy eshitish organi faoliyati buzilishining dastlabki belgilaridan biri bo‘lishi mumkinligi “Eshitish qobiliyatini birlamchi baholashning avtomatlashtirilgan tizimi”  foydalangan holda  chuqur audiologik tekshiruv orqali tashxis qo‘yish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Eshitish mashg‘ulotlarini qo‘llagan holda surunkali sensonevral og‘irquloqligi bor bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan usul katta yoshdagi bemorlarda eshitish reabilitatsiyasi dasturini to‘ldiradi. Eshitish mashg‘ulotlarining ta’siri birinchi kundan kurs oxirigacha asta-sekin ortib boradi (r<0,001): maqsadli signalga javob vaqti 3-kunda 13-15% ga yaxshilanadi, 7-kunga kelib, qo‘shimcha 6% ga ortadi; lokalizatsiya xatosi 3-kunda 49-54% ga, 7-kunda qo‘shimcha 18-22%ga kamayadi. Eng katta o‘zgarishlar yon tomondagi yo‘nalishdan uzatilgan va foydalanilgan virtual ssenariyda bemordan old tomonga yo‘naltirilgan maqsadli signallarga nisbatan kuzatilgan. Jami yaxshilanish 60-64% ni tashkil etdi (r<0,001). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shaxar markaziy shifoxonasi,  buyruq (31.07.2024 y.; №2661-7-107-TV/2024 son), Andijon davlat tibbiyot instituti,  buyruq (12.08.2024 y.; №87-N), klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xulosa: Reabilitatsiya kursidan keyin 1 oy o‘tgach, dixotik tinglashning yaxshilanish samarasi EA mavjud bemorlar guruhida yuqoriroq bo‘lgan, so‘ngra ko‘rsatkichlar tenglashgan.Eshitish mashg‘ulotlari kursi davomida SSQ-12 bo‘yicha fazoviy eshitish ko‘rsatkichlari eshitish apparati bo‘lmagan va eshitish apparati mavjud shaxslarda, shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda qari yoshdagi shaxslarga qaraganda sezilarli darajada va statistik jihatdan ahamiyatli tarzda farq qilgan (r<0,001). Hayot sifati ko‘rsatkichining dinamikasi barqaror bo‘lgan, 1-oy oxiriga kelib yaxshilanish 11,63-11,45% ni tashkil etgan, kognitiv buzilishlari bor bemorlarda o‘sish 10,67% dan iborat bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Presbiakuzis bemorlarda surdologik yordam va tashxislash xamda davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 14 sentyabrdagi 9359-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish