Abidova Nilufar Zakirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqida kamchiliklarni bartaraf etish texnologiyalari», 13.00.03–Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped254.

Ilmiy rahbar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xadicha Sabirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Dildora Asadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan 5-7 yoshli bolalarning og‘zaki nutqidagi kamchiliklarning bartaraf qilinishi texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqiy faoliyati (mantiqiyligi, ravonligi, izchilligi va aniqligi) va  uning kommunikativ, ekspressiv va impressiv komponentlari predmetli-amaliy harakatlar bilan uyg‘unlashtirilishi asosida rivojlantirilgan;

ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining kamchiliklarini bartaraf etish bosqichlari (tashxis, tashkiliy-tayyorgarlik, ta’limiy, baholovchi) va nutqning rivojlanish darajalari (past, o‘rtadan past, o‘rta, o‘rtadan yuqori, yuqori) logopedik tashxislash va tabaqalashtirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar mazmunini belgilash asosida takomillashtirilgan;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar rivojlanishining xususiyatlarini (fiziologik imkoniyatlari, og‘zaki nutq kamchiliklari tiplari, ko‘rish darajasi va uni himoyalash) hisobga olgan holda, nutq kamchiliklarini bartaraf etish texnologiyalari savod o‘rgatishga tayyorlash va unga differensial yondashuv asosida takomillashtirilgan;

ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqi perseptiv imkoniyatlar, fonetik-fonematik tahlil, lug‘at boyligi, grammatik tushunchalarni va o‘qishni o‘rganish, ularga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqi kamchiliklarini bartaraf qilish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Maxsus pedagogika», «Maxsus psixologiya» fanlarining mazmunini takomillashtirishga oid takliflardan «Pedagogika» ta’lim sohasi 5111900-Defektologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatilgan o‘quv fanlari mazmuni boyitilgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalari defektologiya yo‘nalishi talabalari uchun «Maxsus psixologiya (Tiflopsixologiya)» darsligi va «Maxsus psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida nazariy hamda amaliy material sifatida foydalanilgan. Xususan, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan ta’lim oluvchilarning nutq kamchiliklarini bataraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-77-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning og‘zaki nutqi kamchiliklarini bartaraf etishda unumli pedagogik texnologiyalar sifatida qo‘llanilgan;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tajriba-sinov ishlarining natijalari asosida maktabgacha yoshdagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning og‘zaki nutqi kamchiliklarini bartaraf etish texnologiyasi takomillashtirilgan hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil  21 maydagi 03-02/2-555-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar asosida ta’lim mazmuni takomillashtirilgan va u maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy jihatdan muvaffaqiyatli tayyorlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish