Rustamova Feruzaxon Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arxitektura-qurilish yo‘nalishlarida kasbiy leksika o‘qitilishining metodik asoslari(rus tili xorijiy til sifatida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5148.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Chjen Elena Vitalevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxitektura - qurilish yo‘nalishlarida kasbiy leksika o‘qitilishining metodik asoslarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonini tashkil etishning samarali usullari (“Terminokod”, “Infogramma”), diqqatni jamlash va metakognitiv jarayonlar, o‘quv vaziyatlarini tushunish, grammatik, leksik, fonetik, kasbiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan matnlar, asosiy lingvodidaktik va kasbiy leksika bilan ishlash usullari ochib berilgan;
arxitektura-qurilish yo‘nalishi talabalarining bilim qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha intellektual salohiyatni shakllantirishda ko‘nikmalarni birlashtirishga asoslangan simulyasion, transformatsion va kommunikativ mashqlar tizimi takomillashtirilgan;
leksik-didaktik muhit asosida ta’lim mazmunini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan shaxsga xos vazifalarni joriy etish o‘qitishning asosiy texnologik vositalari majmuasidan (turli xil pedagogik vazifalar, kasbiy leksika bilan tizimli ishlash, interfaol pedagogik texnologiyalardan “ Terminokod”, ” Infogramma” usuli va texnologiyalaridan) samarali foydalanish orqali talabalarning umumiy kasbiy malakalarini shakllantirish mexanizmi asoslangan;
arxitektura-qurilish yo‘nalishlarida kasbiy leksika o‘qitilishining metodik asoslari va kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy pedagogik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik OTMlarining arxitektura - qurilish yo‘nalishlarida kasbiy leksikani o‘qitishning uslubiy asoslari bo‘yicha olingan natijalar:
ta’lim jarayonini tashkil etishning samarali usullari (“Terminokod”, “Infogramma”), diqqatni jamlash va metakognitiv jarayonlar, o‘quv vaziyatlarini tushunish, grammatik, leksik, fonetik, kasbiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan matnlar, asosiy lingvodidaktik va kasbiy leksika bilan ishlash usullari ochib berilgan nazariy va amaliy materiallar 2019-2023-yillarda Andijon mashinasozlik institutining “Innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekistonda bakalavriat yo‘nalishi uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” ERASMUS+ 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP loyiha dasturining “Zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida nofilologik yo‘nalishlar bakalavriat ta’limini modernizatsiya qilish” seksiyasi negizida amalga oshirilgan tadqiqotlarda qo‘llanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2023 yil 7 oktyabrdagi 38-05-1192-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til darslarida kasbiy leksikani o‘rgatish bo‘yicha nofilologik yo‘nalish talabalarining pedagogik, metodik va psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi tahliliy xulosalar va nazariy xulosalar asosida dasturlar va o‘quv rejalarini tuzishda foydalanilgan;
arxitektura-qurilish yo‘nalishi talabalarining bilim qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha intellektual salohiyatni shakllantirishda ko‘nikmalarni birlashtirishga asoslangan simulyasion, transformatsion va kommunikativ mashqlar tizimi takomillashtirilgan materiallardan video darsliklar va taqdimotlarni tayyorlashda Janubiy Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi HANG DONG GLOBAL universitetining “HANG DONG UNITWIN FELLOW ShIP” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2023 yil 17 oktyabrdagi 06-4763-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda va nofilologik OTMlarning arxitektura va qurilish yo‘nalishlari talabalarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirishda, shuningdek simulyasiya, integratsiya va transformatsiya asosida dialog mashqlari mexanizmini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan;
leksik-didaktik muhit asosida ta’lim mazmunini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan shaxsga xos vazifalarni joriy etish o‘qitishning asosiy texnologik vositalari majmuasidan (turli xil pedagogik vazifalar, kasbiy leksika bilan tizimli ishlash, interfaol pedagogik texnologiyalardan “ Terminokod”, ” Infogramma” usuli va texnologiyalaridan) samarali foydalanish orqali talabalarning umumiy kasbiy malakalarini shakllantirish mexanizmi asoslangan takliflardan arxitektura-qurilishga oid atamalarning to‘rt tilli “Arxitektura va qurilishga oid atamalarning (terminlarning) o‘zbek-rus-ingliz-nemis tillaridagi izohli hamda rasmli lug‘ati” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 233-0870-son 2022-yil 19 iyuldagi guvohnomasi). Natijada, arxitektura va qurilish yo‘nalishlarining talabalari kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan rus tilidagi bilimlarini rivojlantirishga va terminologik so‘z boyligini oshirishga muvaffaq bo‘lingan;
arxitektura-qurilish yo‘nalishlarida kasbiy leksika o‘qitilishining metodik asoslari va kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy pedagogik modeli ishlab chiqilgan takliflar «Russkiy yazik dlya professional`nix seley» “Kasbiy maqsadlar uchun rus tili” o‘quv qo‘llanmasi (730000 – arxitektura-qurilish yo‘nalishlari uchun) kasbiy so‘z boyligini oshirish, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun arxitektura va qurilish yo‘nalishlarida sinovdan o‘tkazilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-146-son guvohnomasi). Natijada, taqdim etilgan vazifalar va mashqlar tizimi rus tilida o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi;
arxitektura-qurilish yo‘nalishlari nofilologik OTMlari talabalarining kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitilishi tadqiqotlarining natijalari va materiallari “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Ta’lim va taraqqiyot”,”Adabiy jarayon”, “Xorijiy adabiyot” ko‘rsatuvlarida “Madaniy-ma’rifiy va badiiy dasturlar” tahririyati tomonidan namoyish qilib borilgan (“O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-sentyabrdagi 04-36-1386-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar auditoriyasiga nofilologik OTMlarining arxitektura-qurilish yo‘nalishlari talabalarining intellektual salohiyatini shakllantirishda kompleks usullardan foydalanish to‘g‘risida ma’lumot berilgan.